Telegram Web
Soʻzlar

Eri xotiniga ayollar bir kunda qancha soʻz ishlatishi haqidagi maqoladan parcha oʻqidi: “...Erkaklar 15000 ta soʻz ishlatgan bir paytda ayollar 30000 ta soʻzni sarf qilib yuboradi”.

Bu maʼlumot xotinning nafsoniyatiga ozgina tegib oʻtdi. Shu sababli norozilik bildirdi:

– Bekorga bunaqamas-da! Bu erkaklar birorta gapni bitta gapirganda tushunmaydi. Doim takrorlashing kerak.

Er gazetadan bosh koʻtarib, xotiniga qaradi:

– Nima deding?

👉 Ibratli hikoyalardan

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
​​Savodxonlik darslari

“Ibrat farzandlari” loyihasida tayyorlangan videodarslar:

1-dars. Bogʻgami yo boqqa?
2-dars. Qoʻshma ot va qoʻshma sifatlar imlosi
3-dars. -illa va -dir qoʻshimchalari imlosi
4-dars. Takror tovushlar imlosi
5-dars. Juft soʻz va takror soʻzlar imlosi
6-dars. Chiziqcha bilan yozish qoidalari
7-dars. Yuklamalar imlosi
8-dars. Koʻmakchilar imlosi
9-dars. Hammayoq yoki hamma yoq?
10-dars. Timqorami yo tim qora?
11-dars. Toʻgʻridan-toʻgʻrimi yoki toʻgʻridan toʻgʻri?
12-dars. Izofali birikmalar imlosi
13-dars. Joy nomlari imlosi
14-dars. Qisqartma soʻzlar imlosi
15-dars. Sayyora, yulduz va boshqa osmon jismlari nomi imlosi
16-dars. Asarlar, mahsulotlar, bino va inshootlar nomi imlosi
17-dars. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari imlosi
18-dars. Tartib sonlar imlosi
19-dars. Tashkilotlar va mansablar nomi imlosi
20-dars. Unvonlar qanday yoziladi?
21-dars. Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #1
22-dars. Boʻgʻin koʻchirish qoidalari #2
23-dars. Qonun, qaror, farmon, farmoyish nomlari imlosi
24-dars. Mana bu va manavi, ana bu va anavi
25-dars. Fan nomi qanday yoziladi?
26-dars. -yapti, -yabdi, -ayapti
27-dars. Variantdosh soʻzlar imlosi
28-dars. Sulola nomi qanday yoziladi?
29-dars. Oliy oʻquv yurtlari, fakultetlar, yoʻnalishlar va kafedralar nomi imlosi
30-dars. Koʻcha nomlari va uy raqamlari imlosi
31-dars. Maktablar va sinflar nomi qanday yoziladi?
32-dars. -chi: chiziqcha bilan va chiziqchasiz
33-dars. Qanday yozamiz: bosh harfdami yoki kichik?
34-dars. Ism-familiyalar imlosi
35-dars. Tutuq belgisining qiyinchiliklari
36-dars. Kattalik birliklari imlosi (1-qism)
37-dars. Kattalik birliklari imlosi (2-qism)
38-dars. Soʻz va qoʻshimchalar raqamlardan ajratib yoziladi
39-dars. -u, -yu va chiziqcha
40-dars. Takror soʻzlar va takrorlangan soʻzlar imlosi
41-dars. Taqlid soʻzlar va ulardan yasalgan soʻzlar imlosi
42-dars. “Al” va uning imlosi
43-dars. Mavzu nomlari qanday yoziladi?
44-dars. Elektron OAV va portallar nomi qanday yoziladi?
45-dars. Sport musobaqalari nomi imlosi
46-dars. Qoʻsh undoshli oʻzlashmalar imlosi
47-dars. “H” va “X”ni qanday oson farqlash mumkin?
48-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (1-qism)
49-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (2-qism)
50-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (3-qism)
51-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (4-qism)
52-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (5-qism)
53-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (6-qism)
54-dars. Imlosi qiyin soʻzlar (7-qism)
55-dars. Juvonmardni juvonmarg qilmang
56-dars. Toʻgʻrisi yod, xatosi yot boʻlsin
57-dars. Joniga oro kirdimi yo ora kirdi?
58-dars. Ziyolilarni ham adashtiradigan so‘zlar
59-dars. Talaffuzi sabab imlosi qiyinlashgan so‘zlar
60-dars. Ozroq eʼtiborli boʻlsangiz yetadi – xato qilmaysiz

👉 YouTube’da koʻrish

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
​​Halollik yoʻli

2012-yilning dekabr oyida Ispaniyaning Navarra viloyatida yengil atletika boʻyicha muhim musobaqa boʻlib oʻtdi. Yutuqqa katta mukofot qoʻyilgan, poygada dunyoning yetakchi atletlari qatnashardi. Ular orasida Londonda oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining 3000 metrga toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha bronza medali sohibi keniyalik Abul Mutoi ham bor edi. U bu galgi poygada yetakchi boʻldi, hammadan oʻzib ketdi. Biroq marraga oʻn metrcha qolganda toʻxtab qoldi. Keniyalik atlet marra chizigʻini kesib oʻtdim degan yanglish xulosaga kelgandi. Mutoyi tomoshabinlarga qarab qarsak chalar, yutugʻidan xursand edi. Odamlar unga ispanchalab bir nimalar der, oʻn metr nariga ishora qilar, biroq u bulardan hech narsani anglamasdi.

Ikkinchi boʻlib kelgan ispaniyalik poygachi Fernandes Anayya uni bemalol ortda qoldirib oʻtishi va sovrindor boʻlishi mumkin edi. Biroq u raqibining xatosidan foydalanib qolish oʻrniga yelkasidan turtib, olgʻa yurishga chorladi. Oʻn metr naridagi finishni qoʻli bilan koʻrsatib, tushuntirdi. Ispaniyalik sportchi shundoq qoʻlga kiray deb turgan gʻoliblikdan voz kechdi, keniyalik raqibini marragacha olib keldi, undan keyingina chiziqni bosib oʻtdi.

Musobaqadan soʻng Fernandes Anayyani savolga tutishdi:

– Nahotki gʻolib boʻlishni istamadingiz?

5000 metrga yugurish boʻyicha Ispaniya chempioni boʻlgan Anayya shunday javob berdi:

– Yoʻq, men gʻoliblikni juda xohlagandim. Ammo sovringa qoʻshib Ispaniya termasi tarkibida Yevropa chempionatida qatnashish imkonini berganlarida ham, shu yoʻlni tutgan boʻlardim. Men gʻalabaga loyiq darajada yugura olmadim. Agar raqibim xato qilmaganida, unga yeta olmasdim. Men uchun sovrindor boʻlishdan koʻra shaʼnimni saqlab qolish afzal. Odamlar juda koʻp hollarda xato yoʻlni tanlaydi, axloqi tuban ekanini koʻrsatib qoʻyadi. Men bunday yoʻl tutmaganimdan, halollik yoʻlini tanlaganimdan mamnunman.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Mirsaid yigitcha boʻlib, otasi yoniga kirdi. Tirak boʻldi: loy iylab, charx tepdi, yorgʻuchoq tortdi. (Mirmuhsin, Tungi chaqmoqlar.)

Jumladagi “yorgʻuchoq” nimani anglatadi?
Anonymous Quiz
45%
Qoʻltegirmon
21%
Aravacha
33%
Omoch
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Tahrirchi | Tilmoch
30,000 ta belgi

Endi Premium tarifidagi foydalanuvchilar har kuni Sayqalchidan 30,000 ta belgi ishlata oladilar. Oldin bu miqdor 15,000 ta edi, lekin ko‘p takliflar va so‘rovlarga javoban biz bu miqdorni ikki barobarga ko‘paytirishga qaror qildik.

5,000 ta belgi

Bepul tarifdagi foydalanuvchilar ham e’tibordan chetda qolib ketmadi. Ular har kuni 5,000 ta Sayqalchi belgilarini ishlata oladilar, oldin bu 1,000 ta belgi edi.

Fayllar tarjimasini qo‘shishdan oldin cheklov miqdorlarini ko‘paytirishga qaror qildik...

Sinab ko‘ring: tilmoch.ai
Yomon bek unga boʻysungan odamlar oldida bahodirga aylanadi, yomon erkak xotini oldida.

Buryat maqoli

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Zirk va uning qoraqandi

Zirkni koʻpchilik bilsa kerak. Togʻ, choʻl, adir va yonbagʻirlarda yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimlik va uning mevasi shu nom bilan ataladi. Bu rezavor meva dalalarda maxsus yetishtiriladi ham. Yurtimizda qizil va qora zirk tarqalgan. Pishgan mevasi baʼzan nordon, baʼzan shirin boʻladi. Turli ovqatlarga, masalan, oshga solinadi. Tabobatda dorivor sifatida ishlatiladi.

Qora zirkning alohida nomi bor, uning atalishi tusiga mos – qoraqand. Bu nom zirk singari ommalashmagan, uni hamma ham bilavermaydi.

Rang-roʻyi, tovlanishi sabab zirkka nisbatan qizil yoqut degan ibora ham qoʻllanadi.

Zirkni turklar barbaris yoki kizamik, ozarlar zirinj, qozoqlar boʻriqoraqat, qirgʻizlar boʻru qaragʻat kabi nomlar bilan ataydi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amaliyot

Samarqandlik yangi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohiblari

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining samarqandlik yangi sohiblari

Agar ayol-qizlarni taʼkidlab koʻrsatish kerak boʻlsa, sohiba soʻzini ishlatish zarur:

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining samarqandlik yangi sohibalari

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Forwarded from Alisher Sadullaev
Tayyormisizlar? Jamoamiz bilan “ZUKKOTEST” loyihasiga start berdik!

Endi bilimdon yoshlar o‘z bilimini sinab ko‘rish bilan birga qimmatbaho sovg‘alar yutib olishlari ham mumkin. 13-mart kuni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi:

1. “Mutolaa” ilovasidan “Galaktikada bir kun” 1-2 kitob;
2. “Ibrat farzandlari” ingliz tili darsligi;
3. “Ustoz AI” loyihasining matematika darsligi;
4. “Uzchess” loyihasining shaxmat darsligi;
5. “Zakovat” intellektual savollari

Test qanday o‘tadi?
45 ta savol (turli mavzulardan tasodifiy tanlanadi);
• Har bir savolga 1 daqiqa vaqt.

⚡️Mukofotlar:

TOP10 bilimdon: Har biriga 1 million so‘m pul mukofoti;

TOP100 reytingdan o‘rin olganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 3 oylik premium obuna;

70%+ natija: “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50% chegirma;

Ishtirok etish uchun @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting va hozirdan tayyorgarlikni boshlang!
“Oldini olish”dagi xatoning oldini olish

Oldini olish birikmasi bilan tushum kelishigini qoʻllash juda koʻp uchraydi:

Jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyani oldini olish, xatolarni oldini olish, kasallikni oldini olish

Ikki ism soʻzni bogʻlashda tushum emas, qaratqich kelishigi qoʻshimchasi ishlatiladi. Yuqoridagi misollarda jinoyatchilik, korrupsiya, xatolar, kasallik soʻzlari ot soʻz turkumiga mansub, yaʼni ism soʻz. Undan keyingi old soʻzi ham ism soʻz. Demak, bu oʻrinda qaratqich kelishigi qoʻshimchasi -ning ishlatilishi kerak:

Jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaning oldini olish, xatolarning oldini olish, kasallikning oldini olish

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 -ni va -ning qanday farqlanadi?
🔹 Morfologik xatolar
🔹 -ni va majhul nisbat
🔹 Ilk qadam: qoʻshimchalar qanday tahrirlanadi?

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
​​Lev Tolstoy qoidalari

Buyuk yozuvchi Lev Tolstoy 22 yoshida oʻzi uchun hayotiy tartib-qoidalar tuzadi va unga butun umr amal qiladi. Iroda, faollik, xotira va aqliy qobiliyatni rivojlantiradigan bu yoʻriqlar siz-u bizga ham katta foyda berishi aniq.

🔹 Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.
🔹 Iloji boricha kam uxla.
🔹 Har qanday jismoniy mashaqqatga chida, qiynalganingni boshqalarga bildirma.
🔹 Biror ishni boshlasang, oxiriga yetkazmay tashlab ketma.
🔹 Oʻzing bilmagan yoki yoqtirmaydigan odamlarning maqtovini olishga urinma.
🔹 Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham koʻr.
🔹 Boshqalarning fikrini oʻylab oʻtirgandan koʻra oʻz ustingda koʻproq ishla.
🔹 Yaxshi boʻl va sening yaxshi ekaningni hech kim bilmasligiga intil.
🔹 Boshqa odamlarning hamisha yaxshi tomonini izla, yomon tomonini emas.
🔹 Hech qachon hissiyotlaringni oshkor qilma.
🔹 Har tun kunduzi oʻrganganlaringni takrorla.
🔹 Har kun zaifroq biladigan tilingda sheʼr yodla.
🔹 Oʻn barobar boyib ketsang-da, hayot tarzingni oʻzgartirma.
🔹 Ortiqcha narsangni oʻzing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.
🔹 Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.
🔹 Oʻzing uchun iloji boricha koʻp mashgʻulot oʻylab top.
🔹 Qoʻlingdagi mulkning oʻndan birini ehson qil.
🔹 Bir oʻzing yakunlashing mumkin boʻlgan ishga yordamchi talab qilma.
🔹 Sharoit qancha yomon boʻlsa, harakatni shuncha kuchaytir.
🔹 Bor narsalarga qanoat qil.
🔹 Yaxshilik qilishga imkon izla.
🔹 Yaqinlaringning hayoti shirin boʻlishiga hissa qoʻsh.
🔹 Elning muhabbati uchun mayda tuygʻulardan voz kech.
🔹 Hammani birday yaxshi koʻr, bu muhabbatdan oʻzing ham chetda qolma.
🔹 Yaqin kishingni oʻzingday yaxshi koʻr, ikki yaqin kishingni esa oʻzingdan ham koʻproq yaxshi koʻr.

“Yoshlik” jurnalida chop etilgan.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Nafis chayqalayotgan naʼmatak

Oybek domlaning “Nafis chayqaladi bir tup naʼmatak” deb boshlanuvchi mashhur sheʼri bor. Naʼmatak – guli xushboʻy buta. Ana shu buta qizil meva tugadi. Mevasi dorivor, uni hozir kichik dorixonalardan ham bemalol topish mumkin.

Kundalik turmushda naʼmatak soʻzini emas, ruscha nomi – shipovnikni ishlatamiz. Bu oʻsimlikning koʻpchilik bilmaydigan oʻzbekcha nomi bor – itburun. Mevasining tuzilishi it tumshugʻiga oʻxshagani sabab shunday ot qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Qirgʻiz, qozoq, turkman, qirimtatar va tatarlar ham uni shunday ataydi. Turklar esa qushburni deb nomlagan. Itburun atamasi naʼmatakning mevasi choʻzinchoq turiga nisbatan qoʻllanadi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
2025/07/01 09:57:10
Back to Top
HTML Embed Code: