ORIFTOLIB Telegram 1045
Taqsir kim?

Taqsir
soʻzi ham boshida kamina soʻzi kabi kamtarlik maʼnosini bildirgan. Keyinchalik maʼnosi va qoʻllanish yoʻsini oʻzgarib ketgan.

Taqsir arabchadan olingan, asliyatda qisqartirish, kamaytirish; kamchilik; sustkashlik, beparvolik maʼnolarini anglatadi. Taqsir va qusur soʻzlarining oʻzagi bir.

Eski tilimizda odamlar oʻzi haqida faqir, qulingiz, taqsiringiz kabi soʻzlarni ishlatgan. Taqsiringiz degani qusurli, aybli, gunohli suhbatdoshingiz, yaʼni men deganidir.

Keyinchalik bu soʻzning maʼnosi teskarisiga oʻzgarib ketgan. Kuzatishlarimga koʻra, XIX asr oxirlaridan boshlab taqsir murojaatda hurmatni bildiruvchi soʻzga aylangan:

Gapingiz nuqul haqiqat, taqsir, – dedi Olchinbek.
K. Yashin, Hamza.

Shahidbek mulla Abdurahmonni soʻzga tortdi:
– Nima lavozimatdalar, taqsirim?
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.

Nahot shunday boʻlsa, taqsir?

@oriftolib
👍8

tgoop.com/oriftolib/1045
Create:
Last Update:

BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/1045

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

With the sharp downturn in the crypto market, yelling has become a coping mechanism for many crypto traders. This screaming therapy became popular after the surge of Goblintown Ethereum NFTs at the end of May or early June. Here, holders made incoherent groaning sounds in late-night Twitter spaces. They also role-played as urine-loving Goblin creatures. 1What is Telegram Channels? Telegram channels enable users to broadcast messages to multiple users simultaneously. Like on social media, users need to subscribe to your channel to get access to your content published by one or more administrators. The best encrypted messaging apps Don’t publish new content at nighttime. Since not all users disable notifications for the night, you risk inadvertently disturbing them.
from us

Telegram Orif Tolib
FROM American