Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
❗️Yuridik universiteti ham o‘zining super-kontrakt miqdorini e’lon qildi

Eng kam miqdor — bazaviy kontraktning 3,5 baravari, eng yuqori miqdor esa 6 baravari etib belgilangan.

Izoh: qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025) bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilanadi.

📋 Quyida super-kontrakt miqdorini e’lon qilgan boshqa oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati bu yerda:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

Termiz davlat universiteti;

Namangan davlat pedagogika instituti;

Andijon davlat universiteti;

Qo‘qon davlat universiteti;

TTA Urganch filiali;

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

TKTI Yangiyer filiali;

Namangan davlat texnika universiteti;

TDTU Olmaliq filiali;

Denov tabdirkorlik va pedagogika instituti.

❗️Eslatma: super-kontrakt bo‘yicha bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat berilgan.

👉 @z_amirqulov
4👎1🔥1
❗️Yana bir nechta OTMda super-kontrakt miqdorlari e'lon qilindi

Jumladan:

Toshkent davlat texnika universiteti;

Namangan davlat universiteti;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali.

🏛️ Boshqa OTMlarning super-kontrakt miqdorlari haqida ma’lumot bu yerda.

1️⃣ Birinchi ro‘yxat: https://www.tgoop.com/z_amirqulov/208

2️⃣ Ikkinchi ro‘yxat: https://www.tgoop.com/z_amirqulov/209

👉 @z_amirqulov
👍31👎1
❗️Endi 56,7 balldan KAM to‘plaganlar davlat OTMlarida o‘qiy olmaydi

2017-yildagi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan (hozirda 56,7 ball) kam ball to‘plagan abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi berilgandi.

Ya’ni o‘tgan yili imtihonda 56,7 dan KAM BALL to‘plagan abituriyentlar ham super kontrakt summasini 2 barobar ko‘p to‘lab o‘qishi mumkin edi. Masalan, super 100 mln so‘m bo‘lsa, shuni 2 barobar qimmati 200 mln so‘m to‘lov qilib o‘qish mumkin edi. Xalq tilida bu “giper kontrakt” yoki “super-muper” kontrakt, deb ham atalardi.

Shu tartib, 2025-yil 13-sentyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori bilan bekor qilindi.

📌 Diqqat! 56.7 va undan YUQORI BALL to‘plaganlar super kontrakt qiloladi. Bu bekor bo‘lgani yo‘q, adashtirmang!

👉 @z_amirqulov
👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmoqda

Ariza berish tartibi quyidagicha:

1️⃣ Avvalo, abituriyent kontrakt.edu.uz platformasiga kirib, onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.

2️⃣ Shundan so‘ng tizimda abituriyent tanlagan 5 tagacha yo‘nalish bo‘yicha super-kontrakt narxlari ro‘yxati shakllanadi.

3️⃣ Abituriyent o‘qishni istagan yo‘nalishni tanlab, ariza yuboradi.

4️⃣ OTM masʼullari arizani ko‘rib chiqib, tasdiqlaganidan keyin shartnoma va hisob raqami shakllanadi.

5️⃣ Shartnomada ko‘rsatilgan summaning kamida 50 foizi 31-oktyabrga qadar to‘langach, abituriyent rasmiy ravishda talaba maqomiga ega bo‘ladi va o‘qishni boshlash huquqiga ega bo‘ladi (qancha ertachi to‘lasi, shuncha tezlashadi jarayon. Ayrim universitetlar istisno tarzida shartnona shakllangandan keyin darsga qo‘yib turishi ham mumkin).

Kimlar super-kontraktga ariza bera oladi?

Hozircha hech bir OTMga qabul qilinmagan va ballari qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar.
Ular uchun super-kontrakt miqdori oddiy kontraktning 1,5 barobaridan 3 barobarigacha belgilanadi.

4,05 balldan ortiq yetmaganlar-chi?

Bunday abituriyentlarning ma’lumotlari bosqichma-bosqich bazaga kiritilmoqda. Narxlar bugun chiqmasa, 1–2 kun ichida ko‘rina boshlaydi.

📹 kontrakt.edu.uz dan ro‘yxatdan o‘tish va ariza yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma videoda 👆

👉 @z_amirqulov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👎2🔥1
Ariza topshirayotganda “ikki tomonlama” va “uch tomonlama” shartnoma chiqyapti. Qaysini tanlash kerak?

Javobi oddiy:

1️⃣ Ikki tomonlama shartnoma — OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Agar kontrakt yoki super-kontraktni o‘zingiz, ota-onangiz yoki bank krediti orqali to‘lamoqchi bo‘lsangiz, shu variantni tanlaysiz.

2️⃣ Uch tomonlama shartnoma — OTM, abituriyent va homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar kontrakt pulini biror tashkilot to‘lab bersa (keyin ishlash sharti bo‘lishi ham mumkin), uch tomonlama variantni tanlash kerak. Bu holda homiy korxona STIR raqamini ham kiritish zarur.

👉 @z_amirqulov
👍3
❗️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ham o‘zining super-kontrakt miqdorini e’lon qildi

Eng kam miqdor — bazaviy kontraktning 3,5 baravari, eng yuqori miqdor esa 6 baravari etib belgilangan.

IZOH: qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025 1-ilova 73-band) bilan tasdiqlangan.

📋 Quyida super-kontrakt miqdorini e’lon qilgan boshqa oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati bu yerda:

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

Guliston davlat universiteti;

Samarqand davlat pedagogika instituti;

Qoraqalpog‘iston tibbiyot universiteti;

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

Samarqand davlat universiteti Urganch filiali;

Urganch davlat pedagogika universiteti;

Chirchiq davlat pedagogika universiteti.

🏛 Boshqa OTMlarning super-kontrakt miqdorlari haqida ma’lumot bu yerda.

1️⃣ Birinchi ro‘yxat: https://www.tgoop.com/z_amirqulov/208

2️⃣ Ikkinchi ro‘yxat: https://www.tgoop.com/z_amirqulov/209

3️⃣ Uchinchi ro‘yxat: https://www.tgoop.com/z_amirqulov/210

❗️Eslatma: super-kontrakt bo‘yicha bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat berilgan.

👉 @z_amirqulov
👍3
Hukumat tomonidan bu yilgi abituriyentlarga qanday imkoniyatlar berildi? Kimlarga, qanday imkoniyatlar bor?

Joriy yilgi bakalavr kirish imtihonlarida qatnashib, 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin:

1. 5 tagacha tanlagan yo‘nalishining birortasiga ham o‘qishga kirolmaganlar uchun:

vakant qolgan yo‘nalishlarga qayta topshirish (6-yo‘nalishni tanlash) imkoniyati;
super-kontraktda o‘qish;
qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota (bu uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas);
xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat grantida ishtirok etish.

2. O‘qishga kirolganlar uchun:

davlat OTMlariga kontraktga kirgan qoraqalpoqlik yoshlar uchun 500 ta davlat granti;
xorijiy yoki nodavlat OTMlariga kontraktga kirgan qoraqalpoqlik yoshlar uchun 200 ta davlat granti;
tanlagan 2-, 3-, 4- yoki 5-yo‘nalishiga kirgan, ammo o‘qishni istamaganlar 1-tanlovdagi yo‘nalishiga super-kontraktda o‘qish imkoniyati.

👉 @z_amirqulov
Forwarded from Edu.uz
#qabul2025

Qo‘shimcha qabul asosida magistraturada o‘qishni istaganlar uchun muhim ma’lumot


2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi va oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud.

Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi.

Qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatma: davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍1
❗️O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti ham o‘zining super-kontrakt miqdorini e’lon qildi

IZOH: qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025 1-ilova 73-band) bilan tasdiqlangan.

📋 Quyida super-kontrakt miqdorini e’lon qilgan boshqa oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati bu yerda:

Namangan davlat texnika universiteti;

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

Jizzax davlat pedagogika universiteti;

Guliston davlat universiteti;

Andijon davlat tibbiyot instituti;

Qarshi davlat universiteti;

Namangan davlat chet tillari instituti;

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

Buxoro davlat tibbiyot instituti.

🏛 Boshqa OTMlarning super-kontrakt miqdorlari haqida ma’lumot bu yerda.

1️⃣ Birinchi ro‘yxat: https://www.tgoop.com/z_amirqulov/208

2️⃣ Ikkinchi ro‘yxat: https://www.tgoop.com/z_amirqulov/209

3️⃣ Uchinchi ro‘yxat: https://www.tgoop.com/z_amirqulov/210

4️⃣ To‘rtinchi ro‘yxat: https://www.tgoop.com/z_amirqulov/215

❗️Eslatma: super-kontrakt bo‘yicha bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat berilgan.

👉 @z_amirqulov
👍31
Ustozingizni tabriklang va iPhone yutib oling

Bobur Mansurov jamoasi bilan yaxshi ishga qoʻl uribdi. Gap shundaki, ustozga hurmat, ularni e’zozlash va qadrlash gʻoyasi asosida video tayyorlab, uni #ustozjon heshtegi bilan Instagramga joylash lozim.

Eng sara 10 ta videoni Bobur Mansurov oʻzining sahifasiga “story” qilib joylaydi. Eng koʻp layk yigʻgan 3 ta video muallifi esa sovgʻalarni qoʻlga kiritadi:

1-o‘rin — iPhone 16 Pro
2-o‘rin — 10 mln so‘m
3-o‘rin — 5 mln so‘m

Videolarni qabul qilishning oxirgi muddati 30-sentabr, soat 00:00 gacha.

Yaxshi tashabbus boʻlibdi. Ustozlarni qadrlash borasida ijtimoiy tarmoqlarda turli kreativ kontentlar koʻpayadi. Rosa talabalarga mos tanlov. Qatnashish kerak.

👉 @z_amirqulov
👍3👎2
Forwarded from Edu.uz
#qabul2025 #grant #nodavlat

❗️Abituriyentlar uchun eslatma!

Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📝 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Ilova (rasm)da keltirilgan OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar — ular test sinovlarida ishtirok etadi;

davlat OTMlariga hujjat topshirib, testdan o‘tgan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar (agar yo‘nalish va fanlar mos kelsa) — ular o‘zlari to‘plagan ballari asosida, fanlar majmuasi va taʼlim tili mos bo‘lsa, tanlovda qatnashadi. Test topshirmaydi.

🗓 Muhim sanalar:

Ro‘yxatdan o‘tish: 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham)

Test sinovlari: 12-oktyabrgacha oʻtkaziladi

Natijalar: 17-oktyabrgacha aniq boʻladi.

Eslatma: ro‘yxatdan o‘tishda testda ishtirok etadigan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2019-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi.

Batafsil: https://www.tgoop.com/eduuz/38258

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Edu.uz
#qabul2025 #grant #nodavlat ❗️Abituriyentlar uchun eslatma! Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 📝 Kimlar ishtirok etishi mumkin?…
Kimlar ishtirok etishi bo‘yicha qo‘shimcha izoh

Ilova (rasm)da keltirilgan nodavlat OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan quyidagi abituriyentlar:

davlat OTMlariga hujjat topshirmagan va bevosita nodavlat OTM imtihoni asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar — ular test sinovlarida ishtirok etadi (majburiy);

nodavlat OTMdan tashqari davlat OTMlariga ham hujjat topshirib, testdan o‘tgan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar (agar yo‘nalish va fanlar mos kelsa) — ular o‘zlari to‘plagan ballari asosida, fanlar majmuasi va taʼlim tili mos bo‘lsa, tanlovda qatnashadi. Test topshirishi shart emas. Shuningdek, to‘plagan bali bilan tanlovda ishtirok etishni istamasa, ularga qayta test topshirish imkoniyati beriladi.

👉 @z_amirqulov
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ertaga 6-yo‘nalish bo‘yicha vakant oʻrinlar uchun roʻyxatdan oʻtish jarayoni yakunlanadi

Bu tanlovda 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan quyidagi ikki toifadagilar:

o‘qishga kirolmagan yoki
testga kirgan-u, OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar ishtirok etadi.

Bunda abituriyent bitta emas, 5 tagacha yo‘nalish tanlashi mumkin. Faqat quyidagi vakant qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha:

👉 Vakant kunduzgi

👉 Vakant kechki

👉 Vakant masofaviy

Tanlash 3-oktyabrgacha davom etadi.

Platforma: my.uzbmb.uz

Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar e’lon qilinadi.

Tez-tez berilgan savollarga javoblar bu yerda
👉https://www.tgoop.com/z_amirqulov/184

👉 @z_amirqulov
1
❗️Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat granti uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2025-yil 11-oktabr (shanba)
kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

11-oktabr kuni test sinovi bitta smenada o‘tkaziladi.

1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga 1 ta hujjat olib borishlari lozim:

1️⃣ pasport/ID-karta yoki yangi turdagi haydovchilik guvohnomasi;

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

🚫 Abituriyentlar test sinovi o’tkaziladigan hududga telefon, kalkulyator, quloqchin, soat, lug’at, “shpargalka” va shu kabi turli vositalarni olib kelishi taqiqlanadi.

👉 @z_amirqulov
❗️Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun xorijiy va nodavlat OTMlariga 200 ta maqsadli kvota uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2025-yil
11-oktabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

11-oktabr kuni test sinovi bitta smenada o‘tkaziladi.

1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga 1 ta hujjat olib borishlari lozim:

1️⃣ pasport/ID-karta yoki yangi turdagi haydovchilik guvohnomasi;

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

🚫 Abituriyentlar test sinovi o’tkaziladigan hududga telefon, kalkulyator, quloqchin, soat, lug’at, “shpargalka” va shu kabi turli vositalarni olib kelishi taqiqlanadi.

👉 @z_amirqulov
⚡️ O‘zbekistondagi 4 ta universitet "THE" top universitetlari ro‘yxatiga kiritildi, ulardan bittasi TOP-1000 da

Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti o‘zining World University Rankings-2026 TOP-1000 oliygohlari reytingini e'lon qildi.

Reytingdan O‘zbekistondagi to‘rtta OTM o‘rin oldi. Bular:

🔹 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (501-600-o‘rin);
🔹 Toshkent davlat texnika universiteti (1001-1200-o‘rin);
🔹 Oʻzbekiston milliy universiteti (1201-1500-o‘rin);
🔹 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (1501-o‘rin).

Bundan tashqari 58 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.

O‘tgan yili (2025) O‘zbekistondan 3 ta universitet “THE” reytingiga kiritilgan bo‘lsa, bu yil (2026) ularning soni 4 taga yetdi. Yangi qo‘shilgan OTM — Toshkent davlat texnika universiteti.

Reytingdagi o‘zgarishlar quyidagicha:

🔹 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti — (601–800 → 501–600)
⬆️ 100 o‘ringa yaqin yuqorilagan, ya’ni eng katta yutuq shu OTMga tegishli.

🔹 O‘zbekiston milliy universiteti(1001–1200 → 1201–1500)
⬇️ Pastlagan, pozitsiyasini saqlay olmadi.

🔹 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)(1501 → 1501)
➡️ Joyini saqlab qoldi, o‘z barqarorligini ko‘rsatdi.

🔹 Toshkent davlat texnika universiteti (Yangi)
🆕 Bu yil ilk bor reytingga kirib, 1001–1200 oralig‘idan joy oldi.

Bundan tashqari, reportyor (da’vogar) maqomidagi OTMlar soni 48 tadan 58 taga ko‘paygan — bu ham mamlakatdagi oliy ta’lim tizimi xalqaro e’tiborga tobora kirib borayotganini ko‘rsatadi.

👉 @z_amirqulov
2👍1
2025/10/15 09:35:49
Back to Top
HTML Embed Code: