tgoop.com/z_amirqulov/224
Last Update:
#qabul2025 #grant #nodavlat
❗️Abituriyentlar uchun eslatma!
Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
➖ Ilova (rasm)da keltirilgan OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar — ular test sinovlarida ishtirok etadi;
➖ davlat OTMlariga hujjat topshirib, testdan o‘tgan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar (agar yo‘nalish va fanlar mos kelsa) — ular o‘zlari to‘plagan ballari asosida, fanlar majmuasi va taʼlim tili mos bo‘lsa, tanlovda qatnashadi. Test topshirmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tish: 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham)
Test sinovlari: 12-oktyabrgacha oʻtkaziladi
Natijalar: 17-oktyabrgacha aniq boʻladi.
Eslatma: ro‘yxatdan o‘tishda testda ishtirok etadigan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2019-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/eduuz/38258
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram