❗️Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tasdiqlandi
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq 2025/2026-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 320 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
2025-yil 29-sentyabrdan 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun mazkur bayon bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlariga (talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha) abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi.
Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.
Oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda shakllantirilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
Shuningdek, ushbu tanlovda 2025/2026-oʻquv yiliga davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida ishtirok etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ham to‘plagan ballari bilan fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etish imkoniyati berildi.
👉 @z_amirqulov

❤3👍1🔥1
❗️Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha 700 ta grant va 7 225 ta qo‘shimcha kontrakt o‘rinlari ajratildi #abituriyent
Davlat komissiyasi bayoniga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy taʼlimga qabulda 3 ta qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ldi.
1️⃣ Birinchi imkoniyat:
Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan va kirish imtihonida 68 ball va undan yuqori olgan, davlat oliygohlarining kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlar uchun 500 ta maqsadli grant o‘rni ajratildi.
Ushbu grantga talabgorlar 24–30-sentyabr kunlari my.uzbmb.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Ro‘yxatdan o‘tganlar ballar ketma-ketligiga qarab tanlanadi va natijalar 4-oktyabrgacha oliygohlarga yetkaziladi.
2️⃣ Ikkinchi imkoniyat:
Oʻzbekistondagi xorijiy yoki nodavlat OTMlarga kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan, Qoraqalpog‘istonda doimiy yashovchi hamda u yerdagi maktab, kollej yoki texnikumni tugatgan yoshlar uchun 200 ta maqsadli grant o‘rni ajratildi.
➖ ushbu grant uchun 29-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar (shu kuni ham) roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi;
➖ roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi;
➖ oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlov natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
❗️Ro‘yxatdan o‘tishda PQ–4319 qaroriga muvofiq belgilangan miqdorda (206 000 so‘m) to‘lov undiriladi.
‼️Muhim: 1- va 2-imkoniyat asosida maqsadli grantga qabul qilingan talabalar oliygohni tamomlagach, o‘z hududida 3 yil ishlab berishi shart. Shu bo‘yicha 4 tomonlama shartnoma tuziladi.
3️⃣ Uchinchi imkoniyat:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi murojaatiga asosan, davlat oliygohlariga 7 225 ta qo‘shimcha kontrakt o‘rinlari tasdiqlandi.
📋 Mazkur kvota quyidagi talablarga mos keladigan abituriyentlar hisobidan shakllantirilgan:
➖ davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan;
➖ doimiy yashash hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lgan (ro‘yxatdan o‘tish davrida);
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan;
➖ kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan.
Qo‘shimcha kvota ta’lim yo‘nalishlari va tumanlar kesimida tasdiqlangan bo‘lib, abituriyentlarning tamomlagan ta’lim muassasasi joylashgan hudud asosiy mezon sifatida olingan.
Misol uchun, doimiy yashash hududi Xo‘jayli tumanida bo‘lgan abituriyent Nukus tumanidagi maktabni tamomlagan bo‘lsa, Nukus tumani uchun ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etgan.
Bunda qabul parametrlarining taqsimoti quyidagicha shakllantirildi:
➖ Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat yo‘nalishlari kesimida 1 000 ta;
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat yo‘nalishlari kesimida 2 000 ta;
➖ Respublika viloyatlaridagi OTM va bakalavriat yo‘nalishlari kesimida 4 225ta.
Buning uchun abituriyent hech qayerdan ro‘yxatdan o‘tishi shart emas. Bilimni baholash agentligi tomonidan ushbu toifaga kiradigan abituriyentlar ro‘yxati tegishli OTMlarga yuboriladi.

❤2👍1🔥1
Barchaga hayrli kech!
Bugungi eʼlon qilingan imkoniyatlarni yana ham oddiy tushuntirish va sizlarning savollaringizga javob berish maqsadida ovozli chat o‘tkazamiz.
Chat barcha uchun manfaatli bo‘ladi degan umiddaman.
Ishtirok etish uchun havola: https://www.tgoop.com/z_amirqulov?livestream

❤2
Zafarshoh Amirqulov | Ta’lim eksperti pinned «Barchaga hayrli kech! Bugungi eʼlon qilingan imkoniyatlarni yana ham oddiy tushuntirish va sizlarning savollaringizga javob berish maqsadida ovozli chat o‘tkazamiz. Chat barcha uchun manfaatli bo‘ladi degan umiddaman. Ishtirok etish uchun havola: htt…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vakant o‘rinlari (6-yo‘nalish) uchun tanlovda ishtirok etish bo‘yicha video yo‘riqnoma
✅ JAVOB: ikki xil toifadagi o‘qishga kirolmaganlar:
1-toifa — 2025-yilgi test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo kvota doirasida o‘qishga kirolmagan abituriyentlar.
2-toifa — Roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha (shu kuni ham).
Platforma: my.uzbmb.uz
Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar e’lon qilinadi.
Tez-tez berilgan savollarga javoblar bu yerda
👉https://www.tgoop.com/z_amirqulov/184
👉 @z_amirqulov
❓Kimlar ishtirok etishi mumkin?

❤1👍1🔥1
Kunduzgi 6-yo‘nalish.pdf
770.5 KB
⚡️KVOTA-2025
BAKALAVR. KUNDUZGI. 6-YO‘NALISH
#abituriyent
Jami: 19 279 ta.
2025–2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar haqida ma’lumot bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Kechki 6-yo‘nalish.pdf
335.1 KB
⚡️KVOTA-2025
BAKALAVR. KECHKI. 6-YO‘NALISH
#abituriyent
Jami: 7 058 ta.
2025–2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar haqida ma’lumot bilan quyida tanishishingiz mumkin.

❤2👍2🔥2
Masofaviy 6-yo’nalish.pdf
207.5 KB
⚡️KVOTA-2025
BAKALAVR. MASOFAVIY. 6-YO‘NALISH
#abituriyent
Jami: 2 544 ta.
2025–2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar haqida ma’lumot bilan quyida tanishishingiz mumkin.

👍2🔥2❤1
❗️Muddat uzaytirildi! Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha 30-sentyabrgacha ariza berishlari mumkin
Davlat komissiyasi bayoni bilan, 2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari — mandat tasdiqlandi. Unga ko‘ra,
1️⃣ Umumiy kvota doirasida jami 17 278 nafar:
➖ kunduzgi taʼlim shakliga – 16 286 nafar;
➖ kechki taʼlim shakliga – 657 nafar;
➖ masofaviy taʼlim shakliga – 335 nafar;
2️⃣ Qoʻshimcha imtiyoz bilan jami 998 nafar:
➖ kunduzgi taʼlim shakliga – 987 nafar;
➖ kechki taʼlim shakliga – 7 nafar;
➖ masofaviy taʼlim shakliga – 4 nafar talabgor talabalikka tavsiya etildi.
✅ Tanlov natijasi qaydnomalari uch kun muddatda respublika oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
Shuningdek, ushbu bayon bilan magistraturaga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi yuzasidan oliygoh rektori (yoki filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etish muddati uzaytirildi.
📆 Ariza topshirishning so‘nggi muddati – 2025-yil 30-sentyabr.
ℹ️ Batafsil ma’lumot olish uchun oliygohning Registrator ofisi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

❤4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston siyosati barcha davlatlar bilan hamkorlik qilishga ochiq
🇺🇿🇺🇳Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbaridan nutq so‘zladi.
👉 @z_amirqulov
🇺🇿🇺🇳Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbaridan nutq so‘zladi.
👉 @z_amirqulov
👍2❤1🔥1
❗️Shahrisabz davlat pedagogika instituti birinchilardan bo‘lib super-kontrakt miqdorlarini e’lon qildi
Shahrisabz davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun 56.7 va undan yuqori ball to‘lgan, lekin qabul chizig‘iga 4,05 balldan ko‘p yetmagan abituriyentlarga super-kontraktning miqdorlari belgilandi (rasm).
Eng kami bazaviy kontraktning 3.5 baravari bo‘lsa, eng ko‘pi 6 baravari etib tasdiqlangan.
IZOH: qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025) bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan.
➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
Ma’lumot uchun, 25-sentyabr kuni yakunigacha barcha OTMlar super-kontrakt miqdorlarini e’lon qilishi kerak. Batafsil javob olishingiz uchun super-kontrakt qilmoqchi bo‘lgan oliygoh Telegram sahifasini kuzatib boring.

“TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasiga tayyorgarlik jarayonidan
Keling, suhbatlashing, o‘zingizga munosib ish o‘rinlariga ega bo‘ling!
👉 @z_amirqulov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘qishga kirolmagan abituriyentlarga tez yetkazing!
Bugundan Vakant o‘rinlari uchun 6-yo‘nalishni tanlash boshlandi!
Bu tanlovda 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan quyidagi:
➖o‘qishga kirolmagan yoki
➖testga kirgan-u, OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar ishtirok etadi.
Bunda abituriyent bitta emas, 5 tagacha yo‘nalish tanlashi mumkin. Faqat quyidagi vakant qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha:
👉 Vakant kunduzgi
👉 Vakant kechki
👉 Vakant masofaviy
Tanlash 3-oktyabrgacha davom etadi.
Platforma: my.uzbmb.uz
Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar e’lon qilinadi.
Tez-tez berilgan savollarga javoblar bu yerda
👉https://www.tgoop.com/z_amirqulov/184
👉 @z_amirqulov
Bugundan Vakant o‘rinlari uchun 6-yo‘nalishni tanlash boshlandi!
Bu tanlovda 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan quyidagi:
➖o‘qishga kirolmagan yoki
➖testga kirgan-u, OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar ishtirok etadi.
Bunda abituriyent bitta emas, 5 tagacha yo‘nalish tanlashi mumkin. Faqat quyidagi vakant qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha:
👉 Vakant kunduzgi
👉 Vakant kechki
👉 Vakant masofaviy
Tanlash 3-oktyabrgacha davom etadi.
Platforma: my.uzbmb.uz
Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar e’lon qilinadi.
Tez-tez berilgan savollarga javoblar bu yerda
👉https://www.tgoop.com/z_amirqulov/184
👉 @z_amirqulov
❤1
⚡️Tezkor! Qoraqalpoqlik yoshlar uchun berilgan 7 225 ta qo‘shimcha kontrakt natijalari eʼlon qilina boshlanibdi
Obunachimiz xabar berib, tashakkur yo‘lladi. Tabriklaymiz, qutlug‘ bo‘lsin! Qolganlar ham shaxsiy kabinetingizga kirib, tekshirib ko‘ring-chi, xushxabar kelgandur.
Biz bilan ulashing...