tgoop.com/z_amirqulov/184
Create:
Last Update:
Last Update:
Vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul bo‘yicha tez-tez so‘ralayotgan savollarga javoblar
❓Qo‘shimcha vakant o‘rinlar uchun tanlov - bu hamma aytayotgan “6-yo‘nalishni tanlash”mi?
✅ JAVOB: Ha, bu o‘sha.
❓Nega unda bu “6-yo‘nalishni tanlash” deb nomlanmadi?
✅ JAVOB: Chunki siz bitta emas, fan blokingizga mos 5 tagacha yo‘nalish tanlashingiz mumkin.
❓ Vakant o‘rinlar ro‘yxati qachondan e’lon qilinadi?
✅ JAVOB: Vakant o‘rinlar ro‘yxati 25-sentyabrgacha Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy saytida e’lon qilinadi.
❓Ushbu qabulda imtiyozi bor ammo talabalikka tavsiya etilmaganlar imtiyozi bilan qatnasha oladimi ya’ni imtiyoz o‘tadimi?
✅ JAVOB: Yo‘q, to‘plagan baliga qarab, ketma-ketlikda aniqlanadi. Hech qanday imtiyoz amal qilmaydi.
❓Qo‘shimcha vakant o‘ringa talabalikka tavsiya etilganlar oddiy kontrakt hisobida qabul qilinadimi yoki oshirilgan to‘lov kontraktdami?
✅ JAVOB: Ushbu vakant o‘rinlarga qabul qilinganlar oddiy kontrakt (bazaviy to‘lov-kontrakt) asosida talabalikka tavsiya etiladi.
❓Kimlar ishtirok etishi mumkin?
✅ JAVOB: ikki xil toifadagi o‘qishga kirolmaganlar:
1-toifa — 2025-yilgi test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo kvota doirasida o‘qishga kirolmagan abituriyentlar.
2-toifa — 2025-yilgi test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlar. Ya’ni o‘tgan safar turli sabablarga ko‘ra yo‘nalish tanlashni esdan chiqarib qo‘ygan yoki ulgurmaganlar.
❓Ro‘yxatdan qachon va qayerda o‘tiladi?
✅ JAVOB: 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali.
👉 @z_amirqulov
BY Zafarshoh Amirqulov | Ta’lim eksperti
Share with your friend now:
tgoop.com/z_amirqulov/184