tgoop.com/z_amirqulov/225
Last Update:
Kimlar ishtirok etishi bo‘yicha qo‘shimcha izoh
Ilova (rasm)da keltirilgan nodavlat OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan quyidagi abituriyentlar:
➖ davlat OTMlariga hujjat topshirmagan va bevosita nodavlat OTM imtihoni asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar — ular test sinovlarida ishtirok etadi (majburiy);
➖ nodavlat OTMdan tashqari davlat OTMlariga ham hujjat topshirib, testdan o‘tgan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar (agar yo‘nalish va fanlar mos kelsa) — ular o‘zlari to‘plagan ballari asosida, fanlar majmuasi va taʼlim tili mos bo‘lsa, tanlovda qatnashadi. Test topshirishi shart emas. Shuningdek, to‘plagan bali bilan tanlovda ishtirok etishni istamasa, ularga qayta test topshirish imkoniyati beriladi.
👉 @z_amirqulov
BY Zafarshoh Amirqulov | Ta’lim eksperti

Share with your friend now:
tgoop.com/z_amirqulov/225