tgoop.com/z_amirqulov/204
Last Update:
❗️Shahrisabz davlat pedagogika instituti birinchilardan bo‘lib super-kontrakt miqdorlarini e’lon qildi
Shahrisabz davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun 56.7 va undan yuqori ball to‘lgan, lekin qabul chizig‘iga 4,05 balldan ko‘p yetmagan abituriyentlarga super-kontraktning miqdorlari belgilandi (rasm).
Eng kami bazaviy kontraktning 3.5 baravari bo‘lsa, eng ko‘pi 6 baravari etib tasdiqlangan.
IZOH: qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025) bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan.
➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
Ma’lumot uchun, 25-sentyabr kuni yakunigacha barcha OTMlar super-kontrakt miqdorlarini e’lon qilishi kerak. Batafsil javob olishingiz uchun super-kontrakt qilmoqchi bo‘lgan oliygoh Telegram sahifasini kuzatib boring.
👉 @z_amirqulov
BY Zafarshoh Amirqulov | Ta’lim eksperti

Share with your friend now:
tgoop.com/z_amirqulov/204