tgoop.com/z_amirqulov/229
Last Update:
⚡️ O‘zbekistondagi 4 ta universitet "THE" top universitetlari ro‘yxatiga kiritildi, ulardan bittasi TOP-1000 da
Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti o‘zining World University Rankings-2026 TOP-1000 oliygohlari reytingini e'lon qildi.
Reytingdan O‘zbekistondagi to‘rtta OTM o‘rin oldi. Bular:
🔹 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (501-600-o‘rin);
🔹 Toshkent davlat texnika universiteti (1001-1200-o‘rin);
🔹 Oʻzbekiston milliy universiteti (1201-1500-o‘rin);
🔹 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (1501-o‘rin).
Bundan tashqari 58 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.
O‘tgan yili (2025) O‘zbekistondan 3 ta universitet “THE” reytingiga kiritilgan bo‘lsa, bu yil (2026) ularning soni 4 taga yetdi. Yangi qo‘shilgan OTM — Toshkent davlat texnika universiteti.
Reytingdagi o‘zgarishlar quyidagicha:
🔹 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti — (601–800 → 501–600)
⬆️ 100 o‘ringa yaqin yuqorilagan, ya’ni eng katta yutuq shu OTMga tegishli.
🔹 O‘zbekiston milliy universiteti — (1001–1200 → 1201–1500)
⬇️ Pastlagan, pozitsiyasini saqlay olmadi.
🔹 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) — (1501 → 1501)
➡️ Joyini saqlab qoldi, o‘z barqarorligini ko‘rsatdi.
🔹 Toshkent davlat texnika universiteti — (Yangi)
🆕 Bu yil ilk bor reytingga kirib, 1001–1200 oralig‘idan joy oldi.
Bundan tashqari, reportyor (da’vogar) maqomidagi OTMlar soni 48 tadan 58 taga ko‘paygan — bu ham mamlakatdagi oliy ta’lim tizimi xalqaro e’tiborga tobora kirib borayotganini ko‘rsatadi.
👉 @z_amirqulov
BY Zafarshoh Amirqulov | Ta’lim eksperti
Share with your friend now:
tgoop.com/z_amirqulov/229