tgoop.com/z_amirqulov/228
Last Update:
❗️Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun xorijiy va nodavlat OTMlariga 200 ta maqsadli kvota uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
2025-yil 11-oktabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
11-oktabr kuni test sinovi bitta smenada o‘tkaziladi.
⏰ 1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
📋 Abituriyentlar test sinoviga 1 ta hujjat olib borishlari lozim:
1️⃣ pasport/ID-karta yoki yangi turdagi haydovchilik guvohnomasi;
❌ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
🚫 Abituriyentlar test sinovi o’tkaziladigan hududga telefon, kalkulyator, quloqchin, soat, lug’at, “shpargalka” va shu kabi turli vositalarni olib kelishi taqiqlanadi.
👉 @z_amirqulov
BY Zafarshoh Amirqulov | Ta’lim eksperti
Share with your friend now:
tgoop.com/z_amirqulov/228