Telegram Web
Bugun doʻstim, taniqli yozuvchi Saʼdullo Quronov doktorlik (DSc) ishini 100 foiz ovoz bilan yoqladi. Havas qilarli natija.

Ilm va ijoddagi muvaffaqiyatlar davomli, barakali boʻlsin.

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
Manguga ajraladi

Suv, Shamol, Olov va Nomus doʻst tutingan edi. Ular hamisha birga yurardi. Lekin ajraladigan, hamma oʻz ishi bilan shugʻullanadigan vaqt keldi. Ketish oldidan keyinchalik bir-birlarini qanday topa olishlari haqida fikrlashishdi.

– Biror oʻsimlik koʻkargan joyda men albatta boʻlaman, – dedi Suv.

– Yaproqlar shivirini eshitsangiz, bilingki, men oʻsha yerdaman, – dedi Shamol.

Olov esa tutun bor joyda boʻlishini aytdi. Birgina Nomus indamay turardi. Doʻstlari undan nimaga belgi-alomatlarini aytmayotganini soʻrashdi.

– Sizlar ajralishingiz va qayta topishishingiz mumkin. Mendan ajralganlar manguga ketadi, men bilan qayta hech qachon birga boʻlolmaydi, – deb javob berdi Nomus.

👉 Ibratli hikoyalardan

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Agar hamyoningizdagi barcha pulni kallangizga joylashtirib olsangiz, uni sizdan hech kim olib qoʻya olmaydi.

Benjamin Franklin

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Savodxonlik testlari

Imlo boʻyicha bilimlarimni sinayman deganlar kanalda eʼlon qilingan testlar bilan tanishishi va yechishi mumkin.

4-qism

🔹 Sogʻliq, sogʻlik
🔹 Bahiya, bahya, baxya
🔹 Mosuvo, mosivo
🔹 Qaytaga, qaytanga
🔹 Oʻrta maxsus taʼlim, oʻrta-maxsus taʼlim
🔹 Raxna, rahna
🔹 Mehnati singgan, mehnati singan
🔹 Rixlat, rihlat
🔹 Tadqiq, tatqiq
🔹 Mavjudod, mavjudot
🔹 Yangidan, yangitdan
🔹 Sunbul, sumbul
🔹 Ansanbl, ansambl
🔹 Istanbul, Istambul
🔹 Sunbula, sumbula

Oldingi qismlari:
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Dunyoni yoshlar boshqaradi – qariganlarida.

Bernard Shou

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Odam maqsadlari kattaygani sari ulgʻayib boradi.

Fridrix Shiller

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Turk tiliga qiziquvchilar uchun

Hilol Edu jamoasining turk tiliga oid sahifalari bitta havolaga joylanibdi. Turk tilini oʻrganayotganlarga foydali boʻladi deb oʻylayman:

👉
Kanallarga ulanish

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Bittagina yozuvchi bor edi...

Tula guberniyasi Yozuvchilar uyushmasining inqilobdan keyingi yigʻilishida soʻz olgan notiq gʻurur bilan bir maʼlumotga urgʻu beradi:

– Inqilobgacha bizda bittagina yozuvchi bor edi. Hozir ular mingdan ortiq!

Shu payt zaldagilardan biri luqma tashlaydi:

– Oʻsha bittagina yozuvchi kim edi?

Bu safar notiqning ovozidagi salobat birdaniga yoʻqoladi:

– Lev Tolstoy...

👉 Mashhurlar hayotidan

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Urfga kirgan nuqsonlar fazilat deb qabul qilina boshlaydi.

Jan Batist Molyer

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Oʻrtacha va keraksiz narsalarni koʻp bilgandan kam boʻlsa ham yaxshi va kerakli bilimga ega boʻlgan afzal.

Lev Tolstoy

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Qay biri toʻgʻri?

Jonga tegar darajada uzluksiz tanbeh berib, tergab turmoq; qistamoq, qistalang qilmoq – ...
Anonymous Quiz
63%
Kutkilamoq
37%
Kutkulamoq
Qay biri toʻgʻri?

Dovdiramoq, oʻzini yoʻqotib qoʻymoq – ...
Anonymous Quiz
83%
Talmovsiramoq
17%
Tolmovsiramoq
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Bugun barchamizning sevimli adabimiz, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon tavallud topgan kun.

Alloh u kishini mag‘firat qilsin!

Asarlarini oʻqing:

1. “0099 raqamli yolgʻonchi”
2. “Meshpolvonning janglari”
3. She’rlar
4. “Oltin yurakli avtobola”
5. “Mittivoymisan, Mittivoymisan?”
6. “Alamazon va uning piyodalari”
2025/07/07 07:24:13
Back to Top
HTML Embed Code: