Orif Tolib
200 ga yaqin ijodiy ishga 39 000 soʻmlik chegirma narx berishibdi. Chegirmasiz 130 ming soʻm boʻladi.
Imtiyozli narx 21:59 gacha amalda edi. Tahririyat @oriftolib sahifasi obunachilari uchun chegirmani ertalabki 8:00 gacha uzaytirdi.
Chegirmadan foydalanish uchun 39 000 soʻm toʻlang va chek bilan birga
👉 Toʻlov qilish yoʻriqnomasi
👉 Chekni yuborish uchun bot
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Imtiyozli narx 21:59 gacha amalda edi. Tahririyat @oriftolib sahifasi obunachilari uchun chegirmani ertalabki 8:00 gacha uzaytirdi.
Chegirmadan foydalanish uchun 39 000 soʻm toʻlang va chek bilan birga
oriftolib
kalit soʻzini joʻnating.👉 Toʻlov qilish yoʻriqnomasi
👉 Chekni yuborish uchun bot
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
41%
Fors koʻrfazi davlatlari
13%
Fors qoʻltigʻi davlatlari
46%
Ikkovi ham toʻgʻri.
oriftolib.uz sayti yangi materiallar bilan boyitildi
Saytga yangi materiallar qoʻshildi. Veb sahifa maqolalarni izlash, bir mavzuga oid turkum materiallar bilan tanishishda telegramga nisbatan ancha qulay.
oriftolib.uz dagi asosiy ruknlar:
🔹 Ijod
🔹 Jurnalistika
🔹 Ilmiy ishlar
🔹 Dars
🔹 Audio, video
🔹 Muallif haqida

Kuchli boshqalarga kuch bagʻishlaydi, kuchsiz boshqalarni ham zaiflashtiradi.
Amhara maqoli
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Amhara maqoli
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
“Buni biz ham qila olamiz!”
Yangi qitʼa kashfiyotchisi Xristofor Kolumbga hasad qiladiganlar koʻp edi. Hasad bor joyda albatta gʻiybat boʻladi. Dengizchi bir gal qovoqxonaga kirsa, bir toʻda alamzadalar yana Kolumbning tomorqasiga tosh otishayotgan ekan:
– Dengizdan suzib oʻtib, quruqlikka borish nima degan gap? Buni biz ham qila olamiz!
Xristofor ular oʻtirgan stol yaqiniga boradi va qovoqxona egasidan bir dona pishmagan tuxum soʻrab oladi.
– Janoblar, sizlar uddaburon va donosizlar. Bunga shubha yoʻq. Qani, mana shu tuxumni tik turgʻazib beringlar-chi!
Gʻiybatchilar guruhi har qancha urinmasin, bu ishni uddalay olmaydi.
– Boʻpti, oʻzing qil-chi! – deyishadi nihoyat.
Kolumb tuxumni oladi-da, tirs etkazib stolga uradi. Tuxumning uch qismi biroz pachoq boʻladi va u tik turib qoladi. Favqulodda holatni kutayotgan gʻiybatchilar birdaniga guvrab yuboradi:
– Eee, shuyam ishmi? Buni biz ham qila olamiz!
– Toʻgʻri, – deb javob beradi mashhur dengizchi. – Faqat Kolumbdan keyin.
👉 Mashhurlar hayotidan

Adabiy kechaga marhamat
Ertaga, 17-yanvar kuni soat 16:00 da Oʻzbekiston milliy kutubxonasining 5-qavatidagi katta zalda marhum shoir Akmal Tosh ijodiga bagʻishlangan adabiy kecha boʻlib oʻtar ekan.
Adabiy kechada shoirning “Xavotir” nomli kitobi taqdimoti ham oʻtkaziladi.
Adabiyot ixlosmandlari, soʻz muxlislari adabiy kechaga taklif etiladi.

Bolqon va Fors koʻrfazi mamlakatlari
Siyosiy xabarlarni oʻqigan-eshitganda bu soʻzlarga duch kelgan boʻlsangiz kerak. Xoʻsh, ular aynan qaysi hududlarni bildiradi?
Bolqon davlatlari deganda Bolqon yarimorolidagi mamlakatlar tushuniladi. Bolqon yarimoroli Janubi-sharqiy Yevropada. Asosan togʻli hududlardan iborat. Bolqon yarimorolida Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Gretsiya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya kabi davlatlar joylashgan. Serbiya, Sloveniya, Turkiya, Xorvatiya, Ruminiya kabi mamlakatlar esa Bolqon yarimorolidan qisman yer olgan. Baʼzan Ruminiya toʻliq shaklda Bolqon yarimoroli tarkibida deb talqin qilinadi.
Fors koʻrfazi yoki Fors qoʻltigʻi – Hind okeanida joylashgan, Eron va Saudiya Arabistoni qirgʻoqlari orasidagi koʻrfazdir. Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn, Kuvayt, Iroq va Eron koʻrfazning qirgʻoqboʻyi mamlakatlaridir.
Qoʻltiq dunyoning juda koʻp tillarida Fors koʻrfazi deb yuritiladi. Arab mamlakatlari uni Arab koʻrfazi deb ataydi, bu nom boshqa tillarga ham koʻchib oʻtgan. Turklar esa unga Basra koʻrfazi deb nom berganlar.

Agar seni birov oʻzingda yoʻq sifatlar bilan maqtayotgan boʻlsa, esingda boʻlsin, u seni oʻzingda yoʻq qusurlar bilan yomonlaydi ham.
Arab maqoli
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Arab maqoli
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toʻgʻrisi yod, xatosi yot boʻlsin | 5️⃣6️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👉 YouTubeʼda koʻrish
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Amir Temurga nisbat beriladigan gap qaysi qatorda toʻgʻri berilgan?
Anonymous Quiz
26%
Bizkim, maliki Turon, amiri Turkistonmiz!
74%
Bizkim, mulki Turon, amiri Turkistonmiz!
Oʻqish-oʻrganishni toʻxtatgan odam qariydi. Yoshi yigirmadami yo saksondami – ahamiyatsiz. Oʻrganishda davom etgan odam yosh boʻlib qolaveradi. Hayotdagi eng muhim narsa – miyani yosh saqlash.
Henri Ford
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Henri Ford
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Qumli choʻl-sahrolarda qum uyurmasi hosil qilib koʻtariladigan quruq issiq shamol – ...
Anonymous Quiz
40%
Musson
50%
Samum
10%
Epkin
Orif Tolib
Menda loyiha boʻyicha baʼzi takliflar bor:
1️⃣ Bu tartib ijtimoiy xavfi nisbatan kichik jinoyatlarni sodir etganlarga qoʻllansa kerak. Shuni hisobga olsak, kitoblar soniga bunday cheklov qoʻymagan maʼqul. Hozirgi holatda koʻpi bilan bir oylik muddatni qisqartirish mumkin. Bu, menimcha, kam. Bir yillik muddatni qisqartirish imkonini beradigan qilish kerak. Shunda kitobxonlikka rosmana targʻib boʻladi va bir yillik muddat katta ragʻbat uygʻotadi. Cheklovni boshqacharoq oʻrnatish mumkin: bir yilda uzogʻi 30 ta kitob boʻyicha imtihon topshiradi, lekin keyingi yili yana shuncha kitob boʻyicha imtihon topshirish imkoni beriladi.
2️⃣ Har bir kitob boʻyicha imtihon olish anchagina vaqt, ishchi kuchi talab etadi. Bu esa mablagʻ sarflanishini anglatadi. Tartibning moliyaviy asosini mustahkam ishlab chiqish zarur. Braziliyadagi kabi imtihonni esse koʻrinishida olsa ham boʻladi.
3️⃣ Kitoblar roʻyxati maʼlum bir mavzudagi risolalar, maqolalar toʻplamlaridan iborat boʻlmasligi kerak. Bunda fikrlashga undaydigan, kishining ongini oʻstiradigan adabiyotlarga eʼtibor qaratilishi zarur. Chunki maqsad jismoniy ozodlikkina emas, tafakkur ozodligi hamdir.
4️⃣ Suiisteʼmolning oldini olish ham muhim. Deylik, bu imkoniyatdan foydalanib jazo muddatini yarim yil yoki bir yilga qisqartgan kishi ozodlikka chiqqach, yana jinoyat sodir etsa, bu imtiyozdan qayta foydalana olmaydi.

Universitetga oʻzbekcha ot qoʻysa ham boʻladi
Oʻzbekistonda Cyber university davlat universiteti tashkil etiladi deb xabar beryapti Kun.uz. Oliy oʻquv yurti kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilyapti.
Universitetda kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Eʼtiborimni tortgan jihat: oliy oʻquv yurti davlatga tegishli va unga inglizcha nom berilgan. Xususiy universitetlarning aksariyati oʻziga inglizcha ot qoʻydi va bunga koʻz oʻrgandi. Endi navbat davlat taʼlim muassasalariga ham kelibdi. Nom inglizcha boʻlsa, daraja koʻtariladimi yo taʼlim yaxshiroq berilib qoladimi?
Yangi tashkil etilayotgan universitet yoʻnalishlaridan kelib chiqib unga oʻzbekcha ot topish muammo emas. Hech iloji boʻlmasa, nomni oʻzbekcha imloda ifodalasa boʻladi.
Variantlar:
🔹 Raqamli texnologiyalar universiteti
🔹 Raqamli dunyo universiteti
🔹 Raqamli tizimlar universiteti
🔹 Kiberxavfsizlik universiteti
Oʻzbekcha nomni-ku topsa boʻladi, lekin xohishni-chi?

Paykalda hoʻkizlar oʻtlab yurgan paytda marzadagi echkini haydashdan ne naf.
Avar maqoli
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Avar maqoli
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube