Notice: file_put_contents(): Write of 18800 bytes failed with errno=28 No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Orif Tolib@oriftolib P.4187
ORIFTOLIB Telegram 4187
Orif Tolib
​​Kitob oʻqigan mahbuslarning jazo muddati qisqartiriladi “Milliy tiklanish” partiyasi maʼlum qilishicha, bir necha yillardan buyon kitobxon mahkumlarning jazo muddatini qisqartirish taklifini ilgari surib kelayotgan ekan. Nihoyat bu boʻyicha qonun loyihasi…
Menda loyiha boʻyicha baʼzi takliflar bor:

1️⃣ Bu tartib ijtimoiy xavfi nisbatan kichik jinoyatlarni sodir etganlarga qoʻllansa kerak. Shuni hisobga olsak, kitoblar soniga bunday cheklov qoʻymagan maʼqul. Hozirgi holatda koʻpi bilan bir oylik muddatni qisqartirish mumkin. Bu, menimcha, kam. Bir yillik muddatni qisqartirish imkonini beradigan qilish kerak. Shunda kitobxonlikka rosmana targʻib boʻladi va bir yillik muddat katta ragʻbat uygʻotadi. Cheklovni boshqacharoq oʻrnatish mumkin: bir yilda uzogʻi 30 ta kitob boʻyicha imtihon topshiradi, lekin keyingi yili yana shuncha kitob boʻyicha imtihon topshirish imkoni beriladi.

2️⃣ Har bir kitob boʻyicha imtihon olish anchagina vaqt, ishchi kuchi talab etadi. Bu esa mablagʻ sarflanishini anglatadi. Tartibning moliyaviy asosini mustahkam ishlab chiqish zarur. Braziliyadagi kabi imtihonni esse koʻrinishida olsa ham boʻladi.

3️⃣ Kitoblar roʻyxati maʼlum bir mavzudagi risolalar, maqolalar toʻplamlaridan iborat boʻlmasligi kerak. Bunda fikrlashga undaydigan, kishining ongini oʻstiradigan adabiyotlarga eʼtibor qaratilishi zarur. Chunki maqsad jismoniy ozodlikkina emas, tafakkur ozodligi hamdir.

4️⃣ Suiisteʼmolning oldini olish ham muhim. Deylik, bu imkoniyatdan foydalanib jazo muddatini yarim yil yoki bir yilga qisqartgan kishi ozodlikka chiqqach, yana jinoyat sodir etsa, bu imtiyozdan qayta foydalana olmaydi.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍54💯10🔥6😱1

tgoop.com/oriftolib/4187
Create:
Last Update:

BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/4187

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

In handing down the sentence yesterday, deputy judge Peter Hui Shiu-keung of the district court said that even if Ng did not post the messages, he cannot shirk responsibility as the owner and administrator of such a big group for allowing these messages that incite illegal behaviors to exist. On June 7, Perekopsky met with Brazilian President Jair Bolsonaro, an avid user of the platform. According to the firm's VP, the main subject of the meeting was "freedom of expression." Polls Ng Man-ho, a 27-year-old computer technician, was convicted last month of seven counts of incitement charges after he made use of the 100,000-member Chinese-language channel that he runs and manages to post "seditious messages," which had been shut down since August 2020. As five out of seven counts were serious, Hui sentenced Ng to six years and six months in jail.
from us

Telegram Orif Tolib
FROM American