Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kishi bilan aholini farqlang

Oʻzi birlik shaklida boʻlib, mazmunan koʻplikni bildiradigan otlar jamlovchi ot deyiladi. Masalan: xalq, armiya, uyur, guruh va hokazo.

Aholi soʻzi ham jamlovchi ot. Undan oldin hech qanday sanoq son qoʻllanmaydi. U fuqaro, odam, shaxs, kishi soʻzlariga sinonim emas. Lekin buni ayrimlar tan olmaydi:

2024-yilda 5 million aholining bandligiga koʻmaklashish dasturi ishlab chiqildi.

Dehqonchilik qilib daromad topishi uchun 800 ming aholiga 260 ming gektar yer ajratildi
.

Holbuki, bu toʻgʻri emas. Aslida quyidagicha boʻlishi kerak:

2024-yilda 5 million fuqaroning bandligiga koʻmaklashish dasturi ishlab chiqildi.

Dehqonchilik qilib daromad topishi uchun 800 ming kishiga 260 ming gektar yer ajratildi.


Manba:
👉 @tahrir_uz

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Turk tilini 0 dan oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun ajoyib yangilik!

🤩 Oʻz oʻquvchilari uchun jon kuydiradigan, ularning yuqori natijalarga erishishi uchun intiladigan ustozlarimizdan yana biri – Gʻulomjon Sobirov “Hilol Edu” turk tili markazining asoschisi va katta oʻqituvchisi hisoblanadi.

👨‍🏫 Gʻulomjon Hoca faoliyati davomida 5000 dan ortiq oʻquvchiga sifatli taʼlim bergan. Shuningdek, ustozning “Ibrat Farzandlari” loyihasidagi turk tili darslari orqali minglab kishilar turk tilini oʻrgangan.

“Hilol Edu”dagi kuchli ustozlardan tahsil olishni istasangiz, hoziroq kurslarimizga roʻyxatdan oʻting.

📞 Tel: 33-287-88-88
             
33-286-88-88

Taʼlim reklamasi

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
​​Turon va Turkiston

Turon atamasi turli manbalarda turlicha talqin qilingan. Milliy ensiklopediyaga koʻra, tur elati dastlab “Avesto”da tilga olingan. Keyinchalik turlar Markaziy Osiyo dasht va togʻ yerlarida yashovchi chorvador aholi deb tushunilgan. Baʼzi olimlar bu atama sak-massagetlarning dastlabki nomi deb hisoblagan. Sak va massagetlarga oid tarixiy yodgorliklar turli hududlardan topilgani inobatga olinsa, Turon atamasi Oʻrta Osiyodan kengroq hududni anglatadi.

Baʼzi tarixchi va oʻlkashunoslar Turon turklar, turkiy qabilalarning yurti degan maʼnoni bildirganini, keyinchalik Turkiston tushunchasiga aylanganini taʼkidlaydi.

Ayrim tadqiqotchilar fikricha, 565-yili Soʻgʻdni Turk xoqonligi egallagach, turlar yurti maʼnosidagi Turon turklar yurti Turkiston maʼnosida qoʻllana boshlagan.

Markaziy Osiyoni ifodalovchi Turkiston atamasi VI–VII asr yozma manbalarida aks etgan.

Turon va Turkiston atamalari oʻrta asr adabiyotlarida birday ishlatilavergan.

Amir Temurning “Bizkim, maliki Turon, amiri Turkistonmiz! Bizkim, millatlarning eng qadimi va ulugʻi – turkning bosh boʻgʻinimiz!” degan soʻzlari mashhur.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, XIX asr oʻrtalaridagi Turkistonni shartli uch qismga boʻlish mumkin:

Gʻarbiy Turkiston – hozirgi Qozogʻistonning janubiy qismi, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston hududlari. Sharqiy Turkiston – Shinjon-Uygʻur muxtor rayoni. Afgʻon Turkistoni – Afgʻonistonning shimoliy qismi.

Rossiya imperiyasi Gʻarbiy Turkiston hududini bosib olgach, uning oʻrnida Turkiston general-gubernatorligini tuzadi. Tarixchi Shamsiddin Kamoliddinning yozishicha, keyinchalik hokimiyatni egallagan bolsheviklar mustaqil Turkistonni qayta tiklash gʻoyasi tugʻilishidan xavfsirab 1924–1925 yillarda shoshilinch suratda “Turkiston xalqlarining milliy-davlat chegaralanishi” deb atalmish tadbirni oʻtkazgan. Natijada oʻsha paytda siyosiy ahamiyat kasb etgan Turkiston atamasi sunʼiy ravishda isteʼmoldan chiqarilib, oʻrniga rasman Oʻrta Osiyo geografik atamasi joriy qilingan.

Chindan ham, yagona Turkiston jadidlar harakatining gʻoyalaridan edi, Turkiston muxtoriyatining tuzilishi ana shu gʻoya yoʻlidagi katta bir qadam boʻlgan. Sovetlar muxtoriyat bilan birga milliy davlatchilik gʻoyalariga ham zarba bergan.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Axloq yoʻq joyda gunoh ham yoʻq.

Belorus maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
​​Oʻrta Osiyomi yoki Markaziy Osiyo?

Turli adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalarida bu ikki atamaga tez-tez duch kelamiz. Xoʻsh, ularning oʻxshash va farqli jihatlari nimada? Oʻrta Osiyo atamasi nega kam qoʻllanyapti?

Manbalarga koʻra, Oʻrta Osiyo va Markaziy Osiyo atamalari zamonaviy geografiya fani asoschilaridan biri, nemis geografi Fridrix Humbolt asarlari taʼsirida yuzaga kelgan.

Oʻrta Osiyo atamasining ommalashishiga sovet hokimiyati oʻtkazgan milliy-hududiy chegaralanish turtki berdi. Oʻrta Osiyo iqtisodiy rayoni tuzilib, unga Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻistonning janubiy hududlari kiritildi. Qozogʻiston alohida iqtisodiy rayon sanalgani bois Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston birikmasi keng qoʻllandi. Shunday qilib, Oʻrta Osiyo deyilganda mintaqadagi toʻrt mamlakat tushuniladigan boʻldi.

Markaziy Osiyo atamasi turli yondashuvlarga koʻra turlicha hududlarni anglatadi. Masalan, UNESCO talqiniga koʻra, Mongoliya, shimoli-gʻarbiy Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiyaning Osiyo qismidagi sharqiy hududlar, Afgʻoniston, Hindistonning shimoli-gʻarbi, Pokistonning sharqiy qismlari, Eronning shimoli-sharqiy qismlari Markaziy Osiyoni tashkil etadi.

Mashhur “Britannica” ensiklopediyasi esa Oʻrta Osiyo va Markaziy Osiyo atamalarini bir xil maʼnoda sharhlaydi: ularni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Tojikistondan iborat hudud hisoblaydi.

1992-yili Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston atamasi oʻrniga Markaziy Osiyo atamasini ishlatishni ilgari suradi. Chunki bu atamada beshala respublika ham ifodalanar edi. 1993-yili Toshkentda oʻtgan sammitda ushbu taklif maʼqullanadi. Shundan buyon Markaziy Osiyo atamasi keng qoʻllana boshlaydi. Hozir ommaviy axborot vositalarida, siyosatchilar nutqlarida, xalqaro mintaqashunoslikda Markaziy Osiyo besh mamlakatni ifodalash uchun ishlatiladi. Geografiya ilmida esa xuddi UNESCO talqini kabi kengroq hudud nazarda tutiladi.

Chalkashlikning oldini olish uchun tadqiqotchilar keng maʼnodagi Markaziy Osiyo atamasi oʻrnida Ichki Osiyo (Inner Asia) atamasini qoʻllashni taklif qilyapti. Ammo bu atamaning ham turli talqinlari bor.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Orif Tolib
Sinash uchun oʻzim yozgan kodni joʻnatdim, ixchamlashtirib, qulaylashtirib berdi. Kutganimday emas-u, lekin yomonmas.

Turli dasturlarni ishlatishda chiqadigan xatolik haqidagi xabarlarni ham sunʼiy idrok yordamida oson tushunib olsangiz boʻladi.

Skrinshotni matnga aylantirish uchun telegramdagi botlardan foydalanar edim. Lekin ular 3–4 ta urinishdan keyin pulli talqinni sotib olishni talab etadi. Bu funksiya ChatGPTda bor ekan. Rasmning xira-tiniqligi, shriftiga koʻra oʻgirish aniqligi farqlanadi. Orada bir-ikki xato qilishi mumkin. Ammo ayni shu ishga ixtisoslashgan dastur va botlar ham bunday xatolardan xoli emas. ChatGPTning afzalligi bor: u skrinshotni biryoʻla boshqa tilga tarjima qilib bera oladi. Masalan, skrinshotdagi oʻzbekcha matnni ruschaga oʻgirish topshirigʻini berasiz. Ham oʻzbekcha, ham ruscha variant taqdim etiladi. Bu imkoniyat boshqa tillar uchun ham amal qiladi.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kavkazorti qayerda?

Kitob va qoʻllanmalarda Kavkazorti, Kavkazorti mamlakatlari kabi iboralarga koʻzingiz tushgandir.

Kavkaz Yevropa va Osiyo qitʼalari chegarasidagi mintaqadir. Kavkazorti esa Kavkazning Katta Kavkaz tizmasidan janubdagi qismi. Bu hududda Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya joylashgan. Kavkazorti mamlakatlari deganda ayni shu davlatlar tushuniladi.

Kavkazorti toponimi oʻrnida Janubiy Kavkaz, Transkavkaziya kabi atamalar ham ishlatiladi.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
#Amaliyot

Norvegiya toʻliq elektromobillarga oʻtgan dunyodagi birinchi davlatga aylanishi mumkin

Norvegiya dunyoda elektromobillarga toʻliq oʻtgan birinchi davlatga aylanishi mumkin

Norvegiya elektromobillarga toʻliq oʻtgan birinchi davlatga aylanishi mumkin

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Loyiha menejeri: kasb va sohani qanday ifodalagan maʼqul?

Savol:

Loyiha menejeri soʻzi bor. Unga -lik qoʻshimchasini qoʻshib, kasb otini ifodalash toʻgʻrimi?

Masalan:

– Nima ish qilasan?
Loyiha menejerilik bilan shugʻullanaman.


Xuddi direktorlik faoliyati, oʻqituvchilik jarayoni, mentorlik kasbi kabi loyiha menejerilik deb qoʻllasa ham boʻladimi?

Javob:

Kasb nisbatan yangi boʻlgani uchun u bilan bogʻliq atamalar ommalashmagan. Bu esa shu kabi savollarni yuzaga chiqaradi.

“Nima ish qilasan?” savoliga loyiha menejeriman, loyihada menejerman kabi loʻndaroq shakllarda javob berish mumkin.

Soha nomini esa loyiha menejerligi tarzida ifodalash kerak.

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
“Nasim kutub” nashriyotidan hadya keldi. Xursand boʻldim, koʻp rahmat.

Xayrli ishlaringga baraka yogʻilsin.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Qay biri toʻgʻri: murabbiyi yoki murabbiysi?

Shu savol tez-tez soʻraladi. Kecha telegramdagi guruhimizda ham shu mavzu koʻtarilib qoldi.

Imlo qoidalariga koʻra, dohiy kabi y undoshi bilan tugagan soʻzga III shaxsda -si qoʻshiladi: dohiysi. Lekin bu qoida chala. Chunki y bilan tugagan har qanday soʻzga III shaxs egalik qoʻshimchasi -si shaklida qoʻshilmaydi. Masalan: chiroy – chiroyi, kuy – kuyi, boʻy – boʻyi. Bu qoida faqat -iy tovushlar birikmasi bilan tugagan soʻzlar uchun amal qiladi. Yaʼni y tovushidan oldin i tovushi ham boʻlishi kerak:

Vodiy – vodiysi, homiy – homiysi, murabbiy – murabbiysi.

-iy
bilan tugagan, lekin bir boʻgʻindan iborat soʻzlarda bu qoida ishlamaydi:

Biy – ovulning biyi, qiy – qoʻyning qiyi.

Koʻpchilik kirilchadagi xilmaxillikka asoslanib Fargʻona vodiyi shaklida ham, Fargʻona vodiysi shaklida ham yozadi. Ammo lotin imlosida tayansa boʻladigan qoida bor: vodiysi deb yozish kerak. Mantiqan ham shunisi afzal.

Imlo qoidalari qachondir mukammallashtirilsa, bu qoidani ham tuzatib-toʻldirib qoʻyish kerak.

📌 Demak:

Vodiysi, homiysi, murabbiysi, geniysi
Vodiyi, homiyi, murabbiyi, geniyi

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
2025/07/05 02:08:48
Back to Top
HTML Embed Code: