ORIFTOLIB Telegram 4450
Talabalarga tavsiyalar

Mustaqil oʻrganish – taʼlim olishning eng samarali usuli. Lekin koʻpchilikda yoki intizom, yoki ishtiyoq kamlik qilgani uchun darslarda konspekt qilish va maʼruza eshitish, nari borsa, berilgan uyga vazifani (oʻzi uchunmas, baho uchun) bajarishdan nariga oʻtolmaydi.

Ilm talabida ekansiz, shaxsiy rejani mustaqil tuzing: unda kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yarim yillik, bir yillik va besh yillik maqsadlaringiz aks etsin. Bu maqsadlar shunchaki balandparvoz, havoyi gaplardan (4 yilda 4 ta tilni oʻrganaman, mashina olaman, xullas, yorvoraman va hokazo kabi) iborat boʻlmasin.

Bir kunda necha bet kitob oʻqish, haftasiga necha soat vaqtni til oʻrganishga, qanchasini boshqa koʻnikmalarni rivojlantirishga, qanchasini jamoat ishlarida qatnashish, qanchasini portfolio shakllantirish, qanchasini hordiq chiqarish, qanchasini fikrni jamlash, qanchasini sport va hokazo uchun sarflash kabi unchalik jiddiy tuyulmaydigan, lekin izchillik natijasida muhim yutuqlarga zamin yaratuvchi vazifalarni belgilab oling.

Stipendiyadan stipendiyagacha yoki sessiyadan sessiyagacha “kun oʻtsa boʻldi” rejimida oʻqisangiz, bu oʻqish emas. Bu shunchaki vaqt oʻtkazishdan boʻlak narsa emas.

Odatda professor-oʻqituvchilar maʼruzani boshlashdan oldin mavzu/kursga doir adabiyotlar roʻyxatini beradi. Shu adabiyotlarni shaxsan topib, oʻrganib chiqishga erinmang. Maʼruzalarda nutq orasida qaysidir adabiyot zikr qilinsa, bunday adabiyotlarni ham eʼtibordan chetda qoldirmang. Ularning hammasini boʻlmasa ham, kamida yarmini oʻqib chiqsangiz, universitetga behuda kelib-ketmayotgan boʻlasiz.

Yuqoridagilar kaminaning talaba uka-singillarimiz uchun tavsiyalari edi. Yana kimdadir shu kabi maslahatlar boʻlsa, izohlarda qoldiring, shoyad kimlar uchundir manfaatli boʻlsa.

Manba: Virtual 207

Muallif yoshlarga tushunarliroq boʻlsin deb self-study, motivatsiya, skill, entertainment, meditation, survival, layfhak kabi soʻzlarni ishlatgan. Men ularni oʻzbekchada ifodalashga harakat qildim. Mazmunda oʻzgarish boʻlgan-boʻlmaganini bilish uchun ikki matnni solishtirib koʻrishingiz mumkin.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

tgoop.com/oriftolib/4450
Create:
Last Update:

BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/4450

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

During the meeting with TSE Minister Edson Fachin, Perekopsky also mentioned the TSE channel on the platform as one of the firm's key success stories. Launched as part of the company's commitments to tackle the spread of fake news in Brazil, the verified channel has attracted more than 184,000 members in less than a month. The imprisonment came as Telegram said it was "surprised" by claims that privacy commissioner Ada Chung Lai-ling is seeking to block the messaging app due to doxxing content targeting police and politicians. Concise Your posting frequency depends on the topic of your channel. If you have a news channel, it’s OK to publish new content every day (or even every hour). For other industries, stick with 2-3 large posts a week. 3How to create a Telegram channel?
from us

Telegram Orif Tolib
FROM American