EHTIMOL
Abu Muso Ash’ariy roziyollohu anhuning vafot qilish vaqti yaqinlashgach farzandlariga shunday dedi:
“Ey bolalarim! Non sohibini yodingizdan chiqarmang. U yetmish yil ibodatxonasida ibodat bilan mashg‘ul bo‘ldi. Yilda bir marta insonlarning oldiga tushar edi. Shayton uning ko‘ziga bir ayolni ziynatlab ko‘rsatdi. Yetti kun o‘sha ayol bilan harom ish qildi. So‘ngra obidligi va ibodatxonasi yodiga tushdi. U shahardan chiqib tavba qildi. Ozgina yurib sajda qilar, Allohga zorlanar edi. Kechasi bir joyga yetib bordi. U yerda o‘n ikkita miskin bor edi. U juda ham qattiq charchagan edi. O‘sha kecha miskinlar orasida tunadi. O‘sha yerdagi bir rohib har kecha miskinlar holidan xabar olar, ularning har biriga bittadan non ulashar edi. Rohib tavba qilgan kishini ham miskinlardan biri deb o‘ylab unga ham bitta non berdi. Uning sababidan miskinlardan biri nonsiz qoldi. Non olmagan miskin rohibga dedi:
-Nega menga non bermading?
-Men sening noningni olib qolganim yo‘q. Sheriklaringdan so‘ra, balki birortasiga ikkita non berib yuborgandirman?!
Ular:
- Biz olmadik, deyishdi.
Rohib dedi:
-Men sizning adadingiz miqdoricha non olib kelgan edim!
Shunda tavba qilgan kishi olgan nonini miskinga qaytarib berdi. O‘sha kecha tavba qilgan kishi vafot etdi. Uning yetmish yillik ibodati zino qilgan kechalari bilan mezonda tortildi. Zino qilgan kechalari og‘ir keldi. So‘ngra zino qilgan kechalari miskinga qaytargan noni bilan mezonga qo‘yildi. Non og‘ir keldi!
Abu Muso roziyollohu anhu dedi: “Non sohibini yodingizdan chiqarmang!”.
Allohga eng maqbul amallardan biri ko‘ngil olish, birovlarning hojatini chiqarish, obro‘sini saqlash, xatosini kechirishdir. Bu ishlarni zero Robbimiz yaxshi ko‘radi. Kim bu kabi ishlarni qilsa Alloh undan rozi bo‘ladi va rozi qiladi. Garchi buyuklarga o‘xshashning o‘zi najot bo‘lsada, kishining Allohning bandalariga qilayotgan ezguligini muroqaba qilishi, o‘sha ezgulik kabi ezgulikni qilishga urinishi najotning boshidir!
Biz ertaga mezonda qaysi amalimiz tosh bosishini, qaysi biri to‘zon kabi sochilib ketishini bilmaymiz.
Ehtimol dorisini sotib olishga pul topa olmayotgan bemorga hech kimga ko‘rsatmasdan, yashirincha sotib olib bergan bir necha quti dorimiz mezonda barcha gunohimizdan og‘ir kelar!
Ehtimol erta qiyomat kuni Alloh sizning qarzingizni uzishi uchun, dunyoda qarzga botib qolgan bir bandaning qarzini uzishga yordamlashishingiz sizga kengligi yeru-osmonlarcha bo‘lgan jannatni sotib olib berar!
Qayerdan bilasiz, ehtimol qiyomat kuni Alloh sizni xalq oldida sharmanda qilmasligi uchun dunyoda birovning aybini yashirganingiz sizga u kunda istaganingizni berar va gardaningizni do‘zaxdan ozod qilar!
Ehtimol ishxonangizdagi oddiy bir ishchiga salom berishingiz...
Qobilyatli bolani ta’limiga homiylik qilishingiz...
Ko‘chalarni tozalaydigan farroshlarga kulib qarashingiz...
Ko‘chalarda ozgina narsani sotib o‘tirgan miskin bir sotuvchida ozgina pulingiz qolib ketganini bilmaganga olishingiz...
Va bu ishlarni ularning ko‘nglini olish uchun qilishngiz qiyomatda Alloh sizni xursand qilishiga va farishtalariga: “Bu bandam Men haqimda yaxshi gumonda bo‘ldi, uni jannatga kiritinglar!”, deyishiga sabab bo‘lar!
Qayerdan bilasiz, ehtimol kishilarga Allohni suydirish uchun bir gunohkorga lutf ila nasihat qilganingiz, ochiq yurgan ayolga odob bilan va’z qilganingiz, adashgan bir insonni go‘zal uslub bilan to‘g‘ri yo‘lga solib yuborganingiz Allohning sizga muhabbat qilishiga sabab bo‘lar!
Alloh sevgan insonlar naqadar baxtli insonlardir!

SEZILMAYDIGANI HAVFLISIDIR
Bir kishi Hasan Basriy rohimahullohning huzuriga kelib dedi:
- Mening eshitishimcha, har bir qilingan gunohning jazosi bor. Men Allohga ko‘p martalab gunohlar qildim, ammo U meni jazolamadi-ku?!
Hasan Basriy rohimahulloh dedi:
- Bolam! Alloh seni bir necha bor jazolagan, ammo sen bilmagansan:
1. U sendan munojot qilish halovatini tortib olmadimi?
2. Bir necha kunlar o‘tsada qur'onni Alloh uchun ochib o‘qimading. Bu jazo emasmi?
3. Bir qancha kechalar o‘tsada tahajjudga turmading. Bu jazo emasmi?
4. Alloh seni zikridan to‘sib qo‘ymadimi?
5. Seni molni, obro‘ni va shuhratni yaxshi ko‘radigan qilib qo‘ymadimi?
6. Qalbingga toatni og‘ir bo‘lib qolganini sezmayapsanmi?
7. G‘iybat, chaqimchilik va yolg‘on gapirish senga oson bo‘lib qolmadimi?
8. Alloh senga oxiratni unuttirib, eng katta g‘amingni dunyo qilib qo‘ymadimi?
9. Ramazon, shavvolning olti kuni, zulhijjaning o‘n kuni kabi savob mavsumlari kelganida sen ularni g‘animat bilmading-ku! Shu jazo emasmi?
Allohning jazolarining eng yengili seziladigan, bilinadigan jazolardir. Jazolarning og‘iri sezilmaydiganidir.
Allohning jazosi sezilishdan ancha yuqori turadi. Oxiratni unuttiradigan dunyo ila seni mashg‘ul qilib qo‘yishi Uning iqobidir. Oxirat ilmlarini tark qilish evaziga seni dunyo ilmlari ila mashg‘ul qilib qo‘yishi Uning iqobidir. Senga ko‘p mol-dunyo berib ammo toatning lazzatini bermasligi Uning iqobidir. Robbim biz sezmay turib qancha-qancha jazolar ila jazolaydi. Alloh saqlasin!

Yoshligingizda ota-onagiz sizga qilib berganlari uchun xursand bo’lasiz
Katta bo’lganizda esa, qilib bermaganlari uchun xursand bo’lasiz.
Xulosa larga shoshilmang.

RIZQ.
Hasan Basriy rohimahulloh aytadi:
“Rizqimni mendan o‘zga hech kim olmasligini bilganimdan so‘ng xotirjam bo‘ldim!”.
Imom Shofi’iy rohimahulloh aytadi:
“Kim agar rizq kuch bilan keladi deb o‘ylasa bilsinki, chumchuq burgut bor joyda hech narsa yeya olmas edi”.
Shayx Sha’roviy rohimahulloh aytadi:
“Seniki bo‘lgan narsa zaif bo‘lsangda senga keladi. Seniki bo‘lmagan narsaga kuchli bo‘lsangda erisha olmaysan!”.
Biz rizqning ma’nosini tor olganmiz. Uni faqat molda deb o‘ylaymiz. Bu xatodir va rizq mazmuniga yuzaki qarashdir. Ko‘p rizqlar borki, biz ularni rizq sanamaymiz. Chunki biz faqatgina cho‘ntakka kirgan narsani rizq deb o‘ylab qolganmiz. Go‘yoki boshqa narsa rizq emas.
Olamda qalbi tosh xotinlar ko‘p. Ammo seni uyda kutib o‘tiradigan mehribon umr yo‘ldoshing rizqingdir.
Dunyoda qalbi qattiq erkaklar ko‘p. Agar seni himoya qiladigan suyukli ering bo‘lsa bu sening rizqingdir.
Ota-onasiga oq farzandlar tiqilib yotibdi. Agar sening solih farzandlaring bo‘lsa bu sening rizqingdir.
Buzuq qizlar ko‘p olamda. Agar seni jannatga olib kiradigan soliha qizing bo‘lsa bu sening rizqingdir.
Qancha-qancha ko‘zlar uxlay olmaydi. Agar sen kechasi yaxshi uxlayotgan bo‘lsang bu sening rizqingdir.
Atrofing to‘la bemor. Agar sen sog‘ va salomat bo‘lsang bu sening rizqing.
Dunyoda oyog‘i kesilganlar ko‘p. Sening oyog‘ing butun bo‘lsa bu sening rizqing.
Atrofingda ko‘rlar ko‘p. Sening ko‘zlaring ochiq bo‘lsa bu sening rizqingdir.
Sening mehribon onang bor. Qancha-qancha bolalarning onasi yo‘q. Bu sening rizqingdir.
Yetimlar dunyoni to‘ldirib turganida sening otang bor. Bu sening rizqingdir.
Sayyoraning ko‘p joylarida kishilar ochlikdan o‘lmoqda. Sening esa yeyishga bir necha xil taoming bor. Bu sening rizqingdir.
Atrofingda birodarlaring bor. Olamda esa yolg‘iz insonlar qancha! Bu sening rizqingdir.
Farzandlaringni ko‘ksingga bosayapsan. Qancha-qancha onalar guldek farzandlarini qabrga qo‘yishgan. Bu sening rizqingdir.
Bashariyatning yarmi o‘qishni bilmaydi. Sen esa o‘qishni bilasan. Bu sening rizqingdir.
Senda qanday ovqat tayinlash tanlovi bor. Qancha –qancha ayollar ovqat qilishga masalliq topa olishmaydi. Bu sening rizqingdir.
Farzanding maktabga borganida qaytmasligidan xavotir olib qo‘lingni qalbing ustiga qo‘ymasliging rizqdir.
Qancha-qancha bemorlar ovqat yeyishdan mahrum bo‘lishganda sening ishtaha bilan ovqat yeyishing rizqdir.
Qancha-qancha ayollar bolalariga nonushta topib bera olishmayotgan paytda sen ertalab qahva ichib o‘tirishing rizqdir.
Olamda ko‘p rizqlar borki, ularning qiymatini mol bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Alloh senga taqsim qilib bergan rizqqa rozi bo‘l, ana shunda eng boy inson bo‘lasan.
Boshqalar qo‘lidagi narsalarga boqma, saodatli bo‘lasan!

HASAD
Nabiy sallollohu alayhi va sallam sahobalar bilan masjidda o‘tirgan edilar. Ularga dedilar:
-Hozir sizning huzuringizga jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi chiqadi!
Shu payt ansorlardan bir kishi chiqdi. Uning soqollaridan tahoratining suvlari oqib turar edi.
Ertasi kuni ham Rasululloh sallollohu alayhi va sallam sahobalarga dedilar:

Yana kechagi ansoriy kirib keldi.
Uchinchi kuni bo‘lganda yana Rasululloh sallollohu alayhi va sallam:
-Hozir sizning huzuringizga jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi chiqadi!-dedilar.
Masjidga yana o‘sha ansoriy kirib keldi!
Majlis tarqalgach, Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyollohu anhu o‘sha ansoriydan so‘radi:
-Men otam bilan xusumatlashib qoldim. Uch kecha uning uyiga kirmaslikka qasam ichdim. Shu uch kunda senikida qolsam bo‘ladimi?
Ansoriy:
-Marhabo! Xush kelibsan!-dedi.
Abdulloh uning uyida uch kun turdi. Ansoriy kechasi ham, kunduzi ham biror-bir ortiqcha nafl ibodat qilmadi. Faqatgina kechasi uyg‘onganida Allohni zikr qilib qo‘yar edi. Toki muazzin bomdodga azon aytgunicha ana shu holatda tong ottirdi. So‘ngra turib bomdodni o‘qidi!
Uch kun o‘tganidan so‘ng Abdulloh uning qiladigan amallarini oz deb o‘yladi va ansoriyga dedi:
-Men bilan otam o‘rtasida hech qanday xusumat va kelishmovchilik bo‘lmagan edi. Ammo uch kun Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Hozir sizning huzuringizga jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi kiradi!”, dedilar. O‘sha uch kunda ham sen kirib kelding. Sen bunga nima bilan erishganingni bilmoqchi bo‘ldim!
Ansoriy dedi:
-Ko‘rib turganingdek ortiqcha amalim yo‘q. Ammo menda mo‘min-musulmonlarga nisbatan g‘ash-aldov yo‘q, Alloh ularga bergan narsalarda qalbimda hasad yo‘q!
Abdulloh ibn Amr roziyollohu anhu unga dedi:
-Sen mana shu amaling bilan jannatga erishgansan. Biz toqat qila olmaydigan narsa ana shu!
Qalbingizni isloh qiling. Ana shunda farzlardan boshqa ibodatlar qilmasangiz ham sizga zarar bermaydi. Insonlarning boshiga kelgan narsa qalblarining xarobligidan kelgandir!
“Ammo menda mo‘min-musulmonlarga nisbatan g‘ash-aldov yo‘q!”.
Ya’ni, muomalada rostgo‘ylik, savdoda rostgo‘ylik, maslahatda rostgo‘ylik, nasihatda rostgo‘ylik...
Hadisda keladi: “Kim bizni aldasa bizdan emas!”.
“Alloh ularga bergan narsalarda qalbimda hasad yo‘q!”.
Shirkdan keyin qalbdan joy oladigan eng yomon narsa hasaddir. Hasad Allohga qilingan birinchi gunohdir. Iblisning Odam alayhis salomni yomon ko‘rib qolishiga, Alloh unga Odam alayhis salomga sajda qilishni amr qilganida sajda qilmaganiga sabab hasaddir! O‘shanda u o‘zini Odam alayhis salomdan afzal deb o‘ylagan, bu maqomga o‘zini munosib deb bilgan edi!
Alloh sizga bergan narsaga qanoat qiling, kishilarning eng boyi bo‘lasiz. Boshqalarning qo‘liga qaramang. Agar boshqalarga berilgan ne’matlarga qarayversangiz o‘zingizga berilgan ne’matlarga shukr qilish uchun vaqt topa olmay qolasiz.
Hadisda keladi: “Hasaddan saqlaninglar! Chunki hasad olov o‘tinni yegani kabi yaxshiliklarni yeb bitiradi!”.

🌬️Yurtimizda ob-havo salqinlashishi sababli har yili maktabimizda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan xayriya tadbirlarini bu yil ham o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz!
🙌🏻Agar siz ham ushbu savobli ishda biz bilan hamrohlik qilishni xohlasangiz 25-oktabr sanasigacha kiyish uchun yaroqli bo’lgan:
-erkaklar kiyimi
-ayollar kiyimi
-bolalar kiyimi
-bolalar o’yinchoqlarini maktabimizga olib kelishingiz kerak bo‘ladi.
Sodiq school 15-25 oktabr 09:00-17:00
8600 1402 9089 8619 (Uzcard)
4854 7007 1736 6169
(Visa)
Khasan Nasriddinov
Qilayotgan savobli ishingizning xayr-u barokati ziyoda bo’lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SABABLAR.
Hunayn g‘azoti Nabiy sallollohu alayhi va sallamning g‘azotlari ichida alohida o‘ringa ega. Masofa qisqa edi. Dushmanning soni ham, quroli ham oz edi. O‘sha kuni go‘yo natija oldindan ayon edi. Raqib go‘yo oson yutiladigan taomday, g‘alaba esa faqatgina vaqt edi xolos
Demak g‘alabaning barcha sabablari muhayyo edi. Hatto sahobalar roziyollohu anhum ham: "Shu ozgina qo‘shindan mag‘lub bo‘lamizmi?!", deya ozroq g‘ururga berilishdi.
Ammo sabablarning Robbi bu ummatni tarbiyalashni iroda qildi. U bizga sabablarni olishni o‘rgatdi, ularga suyanishni emas. Zero nusrat Uning qo‘lida edi, qilich va nayzalarda emas.
Ikki qo‘shin to‘qnashdi. Jang avvalida musulmonlar mag‘lub bo‘la boshlashdi. Hatto ba’zilar qocha boshladi. Ana shunda Nabiy sallollohu alayhi va sallam tuyalari bilan shunday deya jangga kirishdilar:
"Men rostdan ham Nabiyman. Abdulmuttolibning zurriyodiman!".
Ana shundan so‘ng musulmonlar uyg‘onib suyukli Nabiylari sallollohu alayhi va sallamning atroflarini o‘rab olishdi. Robbilariga nisbatan niyatlarini isloh qilishdi. Nihoyat g‘alabaga erishishdi.
Hunayn va Badr o‘rtasini yengilgina solishtirish bizga g‘alabaning sirini ochadi.
Badrda barcha kuch-quvvat sabablari quraysh mushriklarida edi. Musulmonlar esa ozchilik bo‘lib barcha umidlarini Robbilariga bog‘lagan edilar. Alloh taologa iltijo qilishgan edi.
Musulmonlarning o‘sha kundagi ahvolini Hamza roziyollohu anhuning quraysh qo‘shiniga qarab aytgan gapi ifodalaydi:
"Oldimizda turganlar meni qo‘rqitmaydi. To‘g‘ri, ular bizdan ko‘p. Ammo biz iymonimiz bilan ulardan kuchlimiz!".
Mana shu Allohga suyanishdir, sabablarga emas. Sabablar mahkam tutiladi, ammo unga suyanilmaydi. Nusratni jalb qilgan narsa shudir. Alloh ularning qalbini sobit qilib farishtalar bilan quvvatladi.
Hunaynda esa urushga nisbatan qarashlar turlicha bo‘ldi. Dushmanni oz hisoblashdi. O‘zlarini katta tutishdi. Alloh ularni o‘z holiga tashlab qo‘ydi. Hatto musibat bo‘lishiga oz qoldi. Ammo musulmonlar Rabboniy odobni yana mahkam tutishgach, darsni tezlik bilan tushunishgach, sabablarga suyanishni tashlab qalblarini Allohga bog‘lagach dushmanlari oldida avvalgi siyratlariga qaytishdi.
Ummatga aytilgan gap yakka shaxslarga ham taalluqlidir. Kim Allohga e’timod qilsa Alloh sabablarni muhayyo qiladi. Ular Allohga bo‘lgan e’tiqodlari samarasini albatta ko‘rishadi.
Kim sabablarga suyansa Alloh uni sabablariga tashlab qo‘yadi. Alloh insonga ikki martta odob beradi:
1. Sabablarga suyanib qolsa.
2. Sabablarni butkul unutsa.
O‘rganing, harakat qiling! Ammo muvaffaqiyat Allohning qo‘lidadir. Imtihonga aqlingizga suyanib kirmang. Allohga suyanib kiring!
Muolaja qiling, davo qidiring! Ammo shifo Allohning huzurida ekanligini unutmang!
Ishlang, tijorat qiling! Ammo Razzoq Allohdan ekanini unutmang! Rizq Allohning huzurida. Ishlash va harakat esa rizqning eshigi xolos!
Inson modomiki "men", "meniki", "mendan", "menda" der ekan Alloh unga albatta uning "men"i qanchalar zaif ekanligini ko‘rsatadi. Bandaning huzuridagi narsalar qanchalar oz, qanchalar kuchsiz ekanligini anglatadi.
Agar banda "bu Allohniki", "men Alloh bilanman", "men Allohga qaytaman" desa Alloh u bilan bo‘ladi.
Alloh bilan bo‘laylik!
Adham Sharqoviy.

HAZIL
"Xotiningiz mag‘rurlanib o‘zidan ketaversa uni birinchi xotin martabasiga ko‘taring!".
Afrika maqoli
------------------
Tag‘in amal qilib qo‘ymang. Bu O‘zbeklarning emas, Afrikaliklarning maqoli!
P/s: Maqollar geografiyasini aralashtirmaylik, Afrikaga qoldiraylik bu qoidani! 🌍

Habata qilmang
Bir kuni Rasululloh sallollohu alayhi va sallam sahobalarga yetti nafar Arshning soyasidan joy oladigan toifa haqida gapirdilar. Ular orasida yashirin sadaqa qiladigan, o‘ng qo‘li bergan sadaqani chap qo‘li bilmaydigan kishi ham borligini aytdilar.
Zaynul Obidin rohimahulloh kechalari faqirlarnikiga sadaqa tashir edilar. Uni faqirlar, bevalar, miskinlarning uylari eshigi oldida qo‘yib ketar, faqirlar uni kim tashlab ketganini bilmasdan qolishar edi. Zaynul Obidin rohimahulloh bu ishlarni o‘zi qilar, bu ishlarga xodim yoki do‘stini jalb qilmas edi. Buni hech kim bilmasligini maqsad qilgan edi. Uzoq yillar shunday bo‘lib qoldi. U zot vafot qilganida uni yuvgan kishilar uning yelkalarida ko‘targan qoplarining izlarini ko‘rishdi. U vafot qilishi bilan haligi faqir, miskin va bevalarnikiga narsa bormay qo‘ydi. Shundan bilishdiki, bu ishlarni Zaynul Obidin qilar ekan.
Yashirin sadaqaga bir necha sabablarga ko‘ra savoblarning eng oliysi beriladi:
1. Uni qilayotgan kishi bu qilayotgan ishini kishilardan yashirishga harakat qiladi. Yolg‘iz Allohning bilishi unga kifoya qiladi. Bu bilan riyodan qutiladi. Allohning roziligi istab qilingan sadaqadan ham o‘tadigan sadaqa bormi?!
2. Bunda insonlarning obro‘sini saqlash ham bor. Birovlarga hojatning tushishi nafsni sindirib qo‘yadi. Ba’zi insonlar ko‘pchilikning oldida sadaqa olishdan iymanishadi. Uning nazdida obro‘si ehtiyojidan muhimroqdir. Yashirin sadaqada ana shu jihatdan ajr ko‘pdir. Bunda sadaqa bor, ko‘ngilni olish bor, obro‘ni saqlash bor.
Avvalgilar xuddi yomonliklarini yashirgan kabi yaxshiliklarini ham yashirishar edi. Ular ibodatlarini kishilar ko‘rishini istashmas edi.
Imom Zahabiy rohimahulloh Dovud ibn Abu Hindning tarjimayi holini zikr qila turib uning qirq yil ro‘za tutganini, buni hatto oilasidagilar ham bilmaganini aytadi. U do‘konga chiqayotganida xotini unga ovqat berib yuborar ekan. Uning ro‘zaligini bilmas ekan. U esa ovqatni faqirlarga sadaqa qilar, kechqurun uyga kelganida oilasi davrasida xuddi ro‘za tutmagandek ular bilan birga kechki ovqatni yer ekan.
Ibnul Javziy rohimahulloh Hasan Basriy rohimahullohdan quyidagi rivoyatni keltiradi:
“Men Abdulloh ibn Muborak bilan birga edim. Biz birga suv ichadigan joyga keldik. Kishilar ko‘p edi. Abdulloh ibn Muborak suv ichish uchun yaqinlashdi. Kishilar uni tanimasdan itarib chiqarib yuborishdi. U qaytib kelib dedi:
“Hayot mana shu. Tanimaganni siylamas!”.
Qanaqa ibodat bo‘lmasin, uni yashirin qilishga qodir bo‘lsang uni oshkor qilma. Sadaqani yashirishga qodir bo‘lsang uni yashir. Amalni riyochalik barbod qiladigan narsa yo‘q. Insonlar ko‘rmagan amal Allohning izni bilan riyodan salomat qoladi. Riyodan salomat qolgan amal qabul qilinadi. Qabul qilingan amal esa seni ufqlarga olib chiqadi!

Forwarded from Maktabda bir kun… (Hasankhoja Muhammad Sodiq)
Maslahat
Tasavvur qiling, bir yaqin insoningiz vafot etgani haqida xabarni eshitdingiz.
Hayolingizga birinchi kelgan holat - bu shu inson bilan bog’liq bo’lgan eng samimiy va yaxshi holatlar, sizga qilgan yaxshiligi, nasihati, birga o’tkazgan vaqtlaridir.
Yuragingizdan bir parcha uzilib tushganday bo’ladi.
Hadislarda ham takidlanadiki, insonlar mayitni yerdagi guvohlaridir.
Sizlarni qanday eslashlari insonlar qalbiga nima ekayotganingizga, xotimangiz qanday bo’lishi esa amallaringizga bog’liqligi esdan chiqmasin.

TIL
1936 yilda Fransiya Jazoirda arab tilini ajnabiy til deb qaror chiqardi. Aslida bu qonun insoniyat tarixidagi eng jirkanch qarorlardan edi. Fransuzlarga Jazoirni egallab olganlari, millionlab insonlarni qatl qilganlari, musulmon ayollarni zo‘rlaganlari, boyliklarini o‘g‘irlaganlari yetarli bo‘lmadi. Endi ular ishni nihoyasiga yetkazib Jazoirliklarning tilidan ham, o‘zligidan ham ayirmoqchi bo‘lishdi.
Arab tilshunoslaridan biri Mutanabbiyning do‘sti ibn Jinniy tilni ta’riflab shunday deydi:
"Til bu har bir xalq o‘z maqsadlarini ifoda qiladigan tovushlardir".
Undan bir necha yuz yillar keyin Ferdinand de Sossyur dunyoga kelib ibn Jinniyning gapini aytdi. U yuqoridagi gapni shundoqligicha tarjima qilganiga qaramasdan insonlar uni rosa ko‘tar-ko‘tar qilishdi.
Til o‘zaro bir-birini tushunish va o‘zaro aloqalar sababchisi bo‘lishdan avval u xalqning o‘zligi va mohiyatidir. O‘z tiliga e’tiborsiz xalq o‘z mavjudligiga e’tiborsiz xalqdir. Hech bir xalq tilsiz xalq bo‘la olmaydi. Bu hech qanday dalilga muhtoj bo‘lmagan oydin haqiqatdir.
Isroil davlati Falastin yerlarida o‘z davlatini tuzishdan oldin o‘lib bo‘lgan tili bo‘lmish ibroniy tilini qaytadan tiriltirdi. Ular bilishar ediki, davlat tashkil qilish uchun qurol bilan yerning o‘zi yetarli emas. Albatta til ham zarur!
Boshqalar tilini bilish albatta go‘zal ish. Biz bu sayyorada yolg‘iz emasmiz. Ammo eng katta musibat ikkita o‘zbek bir-biri bilan gaplashganida biri ruscha so‘zlarni aralashtirib, ikkinchisi esa inglizcha so‘zlarni aralashtirib gapirib, buni faxr va madaniyat deb o‘ylashidir.
O‘lib ketsin bunaqa madaniyat! Bu nafsiy hamda ruhiy mag‘lubiyatdir. Bu tobelikning eng jirkanch ko‘rinishidir!

Farqlang
OMONOTDOR- bu molni yomon ko’radi, degani emas
HALIM- bu qo’rqoq, jahli yo’q, degani emas
DINDOR- bu havoi nafsi yo‘q bir farishta, degani emas.
SAXIY- bu pulni yomon ko‘radi, degani emas.
IBOLI AYOL- bu modadan bexabar, degani emas.
TAHAJJUDDA TURADIGAN KISHI- bu uyquni yomon ko‘radi, degani emas.
JOHIL BILAN BAHSLASHMAGAN KISHI- bu ilmsiz kishi, degani emas.
ULAR- faqatgina havoi nafslariga qarshi chiqa olgan qahramonlardir!

Asta sekin o’lish
Men insonning birdan o‘lishiga ishonmayman. U bo‘linib-bo‘linib o‘ladi…
Har safar yaqinimizdan aldanganimizda bir qismimiz o’lib boradi…
Har safar ishonganlarimizdan hiyonat ko’rganimizda bir qismimiz o’lib boradi…
Har safar bir do‘stimiz ketganida bizning bir qismimiz o‘lib boradi…
Orzularimiz armonga aylanganda bir qismimiz o‘lib boradi…
Katta o‘lim kelganida barcha juzimiz o‘lib bo‘lgan bo‘ladi. U bizni olib ketadi…
Muammo o’lishda emas, ba’lki qancha insonlarning kichik qotili ekanligimizda…

Ishonmayman.
Ko‘chadagi ayolga xushomad qilib, o‘z ayoliga qo‘pol muomala qiladigan erkakning shaxsiyatiga ishonmayman.
Rahbariga kulib, aytganlariga “xo‘p” deb javob berib, ortidan g‘iybat qiladigan xodimning sadoqatiga ishonmayman.
Hurmat qilishingni, ishonishingni, har doim qo‘llab-quvvatlashingni bilib turib, senga xotirjam yolg‘on gapiradigan insonning samimiyatiga ishonmayman.
Do‘stlari bilan ko‘p vaqt o‘tkazadigan, sayohatlarni tark etmaydigan, eng zo‘r restoranlarning manzilini yoddan biladigan, atrofidagilarga doim mehribonlik qiladigan, ammo oilasiga vaqt ajratmaydigan, farzandlariga hadyalar bermaydigan insonning saxovatiga ishonmayman.
“Ishonganlari”ning ishonchiga ishonib qolganlarning ishonchiga ishonmayman.
Men bilan yumshoq muomalada bo‘lib, ofitsiant bilan qo‘pol muomala qiladiganlarning tarbiyasiga ishonmayman.
Ulkan unvonlarga ega insonlarga bosh egib, lekin unga bog‘liq odamlarga yetarlicha hurmat ko‘rsatmaganlarga ishonmayman.
O‘z manfaati uchun boshqalar haqini yeydigan odamning “adolat” haqidagi gaplariga ishonmayman.
Atrofga yordam qo‘lini cho‘zib, lekin yaqinlariga e’tibor bermaydigan insonning saxovatiga ishonmayman.
G‘amxo‘rlik haqida ko‘p gapirib, aslida ehtiyojmandlarga befarq qaraydiganlarning so‘zlariga ishonmayman.
Faqat omadli va yaxshi kunlarda yonimda bo‘lib, qiyin kunlarda yo‘q bo‘lib ketadigan odamning do‘stligiga ishonmayman.
Boshqalarning yutuqlarini kichraytirib, o‘zini “men, men” deb ulug‘ ko‘rsatmoqchi bo‘lganlarning muvaffaqiyatiga ishonmayman.
3-4 ta tilni mukammal o‘rganib, ammo bir bet ham xatm qila olmaydiganlarning yutuqda ekanligiga ishonmayman.

E’lon
Bizda
- IElTS ustozi
(10-15 mln)
(Dush-Juma : 09:00-17:30)
- IELTS yordamchi ustozi
(4-6,5 mln)
(Dush-Juma : 15:00-19:30)
bo’sh ish o’rni mavjud
"Sodiq school"ning ahil jamoasiga qoʻshilish va samimiy muhitda ishlash imkoniyatingiz bor.
Yaxshi ish haqi va muhitdan tashqari quyidagi qoʻshimcha bonuslar ham sizniki:
– bepul tushlik va tolma choy;
– farzandingizning maktabimizdagi ta’limi uchun 50% chegirma;
– bepul treninglar.
Buni to’ldiring

Google Docs
IELTS Mentor Recruitment
Working hours:
Main teacher: 9:00 a.m. - 17:00 p.m.
Support Teacher: 15:00 p.m. - 19:30 p.m.

JOY QOLDIRING!
Imom Buxoriy rohimahullohning "Adabul mufrad" kitobida keladi:
"Umar ibn Xattob roziyollohu anhu aytadi:
"Muhabbating haddan ortiq bo‘lmasin. Nafrating narigi tomonni halok qiladigan darajada qattiq bo‘lmasin!".
Sevsangiz aqlingizdan voz kechar darajada sevmang. Chunki qalb o‘zgaruvchandir.
Ehtiyot bo‘ling! Ko‘pchilik ko‘pincha ishongan va kafolatlangan joylaridan zarba yeydi.
O‘nta barmog‘ini o‘zgalar uchun sham o‘laroq kuydirganlar kelajakda afsusdan tishlash uchun bitta ham barmoq topa olmay qolishlari mumkin!
Birovni yomon ko‘rsangiz sulh uchun joy qoldiring. Chunki holat o‘zgaruvchandir.
Janjallashganda raqibining yo‘llariga tikan sochganlar kuni kelib o‘sha yo‘ldan yalangoyoq o‘tishlariga to‘g‘ri kelib qoladi.
Hamma ko‘prikni buzib tashlamang. Kuni kelib o‘tishga yo‘l topa olmay qolishingiz mumkin.
Devorni baland ko‘tarib yubormang. Kuni kelib uning tepasiga chiqishga majbur bo‘lib qolishingiz mumkin!

AJRATA BILING!
Rajo ibn Hayva masjidda shogirdlari bilan o‘tirgan edi. Ular Allohning ne’matlari haqida suhbatlashishdi. Insonlardan hech kim Allohga Uning ne’matlari haqqicha shukr qila olmasa kerak, deyishdi.
Masjidda boshiga kiyimini tashlab olgan bir kishi o‘tirgan edi. U Rajo ibn Hayvaga dedi:
- Mo‘minlar amiri ham shukr qila olmaydimi?
Rajo dedi:
- Mo‘minlar amiri kim bo‘libdi? U ham hamma qatori odam!
So‘ng biroz o‘tib haligi kishi birdan yo‘qolib qoldi. Shunda Rajo ibn Hayva shogirdlariga dedi:
- Xalifaning qon to‘kishga o‘chligini bilasizlar. Agar sizni chaqirtirib qasam ichtirsa ham inkor qilib turaveringlar!
Sal vaqt o‘tmasdan Rajo bilan shogirdlarini mirshablar xalifaning oldiga olib ketishdi. Ular xalifaning oldiga kirishganda haligi boshiga kiyimini tashlab olgan kishi ham o‘sha yerda edi.
Xalifa Rajo ibn Hayvaga dedi:
- Ey Rajo! Meni gapirasan deb o‘ylamagan edim!
Rajo dedi:
- Bunaqa ish bo‘lmadi ey mo‘minlar amiri!
Xalifa dedi:
- Buning bo‘lmagani haqida qasam ichasanmi?
Rajo dedi:
- Allohga qasamki, bo‘lmadi!
Xalifa boshiga kiyimini tashlab olgan kishini darralashga amr qildi. U xalifaning oldidan og‘riqdan bukilib chiqdi. Eshikdan chiqayotganida Rajo bilan uchrashib qoldi. Unga dedi:
- Musulmonlarning faqihi bo‘laturib yolg‘on gapirasanmi?!
Rajo dedi:
- Musulmonlarning qilich bilan qatl qilinishidan sening orqangga urilgan yetmish darra yaxshiroqdir!
Shundan so‘ng Rajo qachon suhbatga o‘tirsa shogirdlariga: "Boshiga kiyim tashlab olgan kishidan ehtiyot bo‘linglar!", der edi!
Umar roziyollohu anhuning bir gapi bor:
"Yomonlik bilan yaxshilik o‘rtasini ajratadigan kishi oqil emas. Oqil ikki yomonlikdan qaysi biri yaxshi ekanligini ajrata biladigan kishidir!".
Hayot hamma vaqt ham oldimizda oq va qorani qo‘yavermaydi. Bunday bo‘lganida tanlov ancha oson bo‘lar edi.
Afsuski, ba’zida hayot bizning oldimizda aqlga muhtoj bo‘ladigan ranglarni qo‘yadi. Ana shunda tanlash qiyin bo‘ladi, zarari ozini ixtiyor qilish dushvor kechadi.
Rajo ibn Hayva noto‘g‘ri qasam ichganini bilar edi. Ammo o‘zining va birodarlarining qonini saqlashning birgina yo‘li shu edi. Darra yeyishidan afsus qilinmaydigan chaqimchining darralanishi aybsiz insonlarning qatl qilinishidan yaxshiroq edi.
Kishilar orasida kelishmovchilik paydo bo‘lganida doim ham haqiqat aytilavermaydi. Chunki bu narsa nizoni chuqurlashishiga olib borishi, arazlashlar va fitnalar yuzga chiqishi mumkin. Gohida diplomatiya va hikmatga ko‘proq ehtiyoj seziladi. Bu yolg‘on emas, fahmning chuqurligi, chiroyli tadbir, oqibatning hisobini olishdir. Kimga hikmat berilgan bo‘lsa unga ulkan yaxshilik berilibdi!