HASANKHOJABLOG Telegram 1551
TIL

1936 yilda Fransiya Jazoirda arab tilini ajnabiy til deb qaror chiqardi. Aslida bu qonun insoniyat tarixidagi eng jirkanch qarorlardan edi. Fransuzlarga Jazoirni egallab olganlari, millionlab insonlarni qatl qilganlari, musulmon ayollarni zo‘rlaganlari, boyliklarini o‘g‘irlaganlari yetarli bo‘lmadi. Endi ular ishni nihoyasiga yetkazib Jazoirliklarning tilidan ham, o‘zligidan ham ayirmoqchi bo‘lishdi.

Arab tilshunoslaridan biri Mutanabbiyning do‘sti ibn Jinniy tilni ta’riflab shunday deydi:
"Til bu har bir xalq o‘z maqsadlarini ifoda qiladigan tovushlardir".

Undan bir necha yuz yillar keyin Ferdinand de Sossyur dunyoga kelib ibn Jinniyning gapini aytdi. U yuqoridagi gapni shundoqligicha tarjima qilganiga qaramasdan insonlar uni rosa ko‘tar-ko‘tar qilishdi.

Til o‘zaro bir-birini tushunish va o‘zaro aloqalar sababchisi bo‘lishdan avval u xalqning o‘zligi va mohiyatidir. O‘z tiliga e’tiborsiz xalq o‘z mavjudligiga e’tiborsiz xalqdir. Hech bir xalq tilsiz xalq bo‘la olmaydi. Bu hech qanday dalilga muhtoj bo‘lmagan oydin haqiqatdir.
Isroil davlati Falastin yerlarida o‘z davlatini tuzishdan oldin o‘lib bo‘lgan tili bo‘lmish ibroniy tilini qaytadan tiriltirdi. Ular bilishar ediki, davlat tashkil qilish uchun qurol bilan yerning o‘zi yetarli emas. Albatta til ham zarur!

Boshqalar tilini bilish albatta go‘zal ish. Biz bu sayyorada yolg‘iz emasmiz. Ammo eng katta musibat ikkita o‘zbek bir-biri bilan gaplashganida biri ruscha so‘zlarni aralashtirib, ikkinchisi esa inglizcha so‘zlarni aralashtirib gapirib, buni faxr va madaniyat deb o‘ylashidir.

O‘lib ketsin bunaqa madaniyat! Bu nafsiy hamda ruhiy mag‘lubiyatdir. Bu tobelikning eng jirkanch ko‘rinishidir!

tgoop.com/hasankhojaBlog/1551
Create:
Last Update:

BY Hasankhoja Muhammad Sodiq

Share with your friend now:
tgoop.com/hasankhojaBlog/1551

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

“Hey degen, are you stressed? Just let it all out,” he wrote, along with a link to join the group. Other crimes that the SUCK Channel incited under Ng’s watch included using corrosive chemicals to make explosives and causing grievous bodily harm with intent. The court also found Ng responsible for calling on people to assist protesters who clashed violently with police at several universities in November 2019. The Standard Channel A Telegram channel is used for various purposes, from sharing helpful content to implementing a business strategy. In addition, you can use your channel to build and improve your company image, boost your sales, make profits, enhance customer loyalty, and more. According to media reports, the privacy watchdog was considering “blacklisting” some online platforms that have repeatedly posted doxxing information, with sources saying most messages were shared on Telegram.
from us

Telegram Hasankhoja Muhammad Sodiq
FROM American