Hoy bolalar, yaxshi ta’lim olinglar, bildimki, dushmanga ishlashingiz uchun xoin bo’lishingiz shart emas, ahmoq bo’lishingiz yetarli;
Otalar, qizlaringiz bilan ko’p suhbat qilib turing, Mehr va e’tiborni ko’chadan qidirmasin. Ularga gul sovg’a qilishni odat qilingki, toki gul orqali ko’ngliga yo’l topishmasin;

Forwarded from Maktabda bir kun… (Hasankhoja Muhammad Sodiq)
Challenge
SAT math bo’yicha bir o’quvchim bilan sinov variantini o’tkazyapman.
Rejaga ko’ra 22 kun mobaynida, to’liq kursni o’tib tugatish va minimum 750+ bal olishimiz kerak.
Har kuni eng kamida 7-8 soat dars o’tmoqdamiz.
O’quvchimga ham oson bo’lmayapti, kuniga 200-300 ta misol uyga vazifa berilmoqda.
Nasib qilsa, oktyabrda imtihon topshiradi. Natijasi haqida xabar berib qo’yaman.
Oktyabr boshida bu kursni tugatib, matematikdan yangi kurs ochishni reja qilganman. Hozircha 50 ga yaqin inson ariza qoldiribdi.
P.s. o’quvchilarimga ham oson emas… ba’zan

Telegram
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Va nihoyat
Uzoq tanaffusdan so'ng Matematikadan yana dars o’tishni reja qilyapman. Faqatgina bitta guruh ochishga imkoni bo’lar ekan.
Darslar “Sodiq school” binosida bo’ladi.
Qatnashish istagida bo'lganlar ushbu forma ni to'ldirishlari kerak bo'ladi

E’tibor
Tug’ilishi do’zahga parda, yaxshi tarbiyalansa jannat kafolati, turmushga chiqsa dinni yarmi, ona bo’lsa jannatni oyog’i ostida bo’lishi va uning rosiligi Jannat kalitini taqdim etgan - bu Islomdir.
E’tibor bering har bir ayolda shunday imkon bor: kamida 4 kishiga kafıl bo’la oladi.
Ayol qadri haqida men bilgan eng balog’atli e’tibor shu, qolgani safsata va plagiat gaplardir.

E’lon
Bizda
- matematika fani ustozi
(10-15 mln)
(Dush-Juma : 09:00-17:30)
- matematika fani yordamchi ustozi
(4-6,5 mln)
(Dush-Juma : 15:00-19:30)
bo’sh ish o’rni mavjud
"Sodiq school"ning ahil jamoasiga qoʻshilish va samimiy muhitda ishlash imkoniyatingiz bor.
Yaxshi ish haqi va muhitdan tashqari quyidagi qoʻshimcha bonuslar ham sizniki:
– bepul tushlik va tolma choy;
– farzandingizning maktabimizdagi ta’limi uchun 50% chegirma;
– bepul treninglar.
Buni to’ldiring

Google Docs
Matematika fanidan ustozlarga
Sodiq school maktabining matematika ustozlari jamoasida ishlash uchun quyida keltirilgan so‘rovnomani to‘ldiring (ustozlik yoki yordamchi ustozlik uchun).
#adashtirmang
Insonning kimligini berayotgan javoblaridan emas, balki berayotgan savollariga qarab bilish olish mumkin.
J. Rumiy aytganlaridek, saviyali savol ilmni yarmidir…

Qadr
Islom o’lchovlariga ko’ra, o’z qadringni bilish - bu xurmatingni talab qilishing emas, balki huquq va majburiyatlaringni bilishingdir.
Jamiyatdagi muammolarga e’tibor bering: er-xotin, rahbar va hodim, ustoz va shogird.
ASL sabab ham aslida shunda. Ko’pchilik o’z huquqini biladi, ammo majburiyatlarini unutadi.
Muammoni inson avval o'zidan qidirishi kerak.
Sizningcha, sizni qadrlashmayapti, balki majburiyatlaringizda oqsayotgandirsiz.
Xulosa: O’z qadr-qimmatingni ikki qariching bilan o’lchama, u shariat tamoyillari bilan asl o’lchamga ega oliy o’lchovdir

Inson yettita sababga ko‘ra yig‘laydi:
1. Quvonganidan.
2. Mahzunligidan.
3. Qo‘rqqanidan.
4. Qiynalganidan.
5. Riyo qilib.
6. Shukur qilib.
7. Allohdan qo‘rqqani uchun.
Faqat Allohdan qo‘rqib to‘kilgan bir tomchi ko‘z yoshgina tog‘lardek jahannam olovini o‘chira oladi.
Yazid ibn Maysara

Niyat > Amal
Makkalik bir kishi Ummu Qays ismli bir ayolni yaxshi ko‘rib qolib unga sovchi qo‘ydi. Ummu Qays muslima edi. U Madinaga hijrat qildi. Sovchi yuborgan kishiga agar Madinaga hijrat qilsa turmushga chiqishini shart qildi. Sovchi qo‘ygan erkak faqatgina Ummu Qaysga erishish uchun hijrat qildi. Madina ahli uni Ummu Qaysning muhojiri deb atashar edi. Mana shu hadis Nabiy sallollohu alayhi va sallamning: "Amallar niyatlarga bog‘liqdir..!", deb boshlanadigan hadislarining aytilishiga sabab bo‘lgan.
Gohida amallar bir xil bo’lishi mumkin. Natijalar orasi yer va osmoncha uzoq bo‘ladi.
Yusuf alayhis salom va Zulayxo eshik tomon yugurishdi. Ularning biri ma’siyatdan qochayotgan edi, boshqasi esa ma’siyatning ortidan yugurar edi. Ammo amal bir xil edi.
Bir qiz Alloh uchun hijobga kiradi. Boshqasi esa turmushga chiqish uchun.
Bir yigit Alloh uchun masjidga boradi. Boshqasi esa o‘zgalar ko‘rishi uchun.
Bir kishi Alloh uchun bir bemorni ko‘rgani boradi. Boshqasi esa qandaydir dunyoviy maqsadni ko‘zlab bemorning ziyoratiga boradi.
Hatto farishtalar ham niyatlarni ko‘ra olishmaydi. Faqatgina Alloh taolo bizni ichimizdan ham ko‘ra oladi va niyatimizga yarasha taqdim qiladi!

Safarga ketgan shogirdlarimga…
1. Niyatni to‘g‘rilash
"Amallar niyatga bog‘liqdir..."
(Muttafaqun 'alayh)
ilmni faqat Alloh uchun va odamlarga foyda yetkazish uchun olish kerak.
2. Allohdan yordam so‘rash
"Allohim, menga foydali ilm ber, rizqingdan halolini nasib qil va amallarimda baraka bergin."
(Sahih Muslim)
3. Sabr va matonat
"Sabrlilarni hisob-kitobsiz mukofotlayman."
(Zumar, 10)
4. O‘qituvchiga hurmat
"Sizlardan hech biringiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodariga ham yaxshi ko‘rmaguncha haqiqiy iymon keltirgan bo‘lmaydi."
(Muttafaqun 'alayh)
Bu hadisda ilmga va ilmni yetkazayotgan o‘qituvchiga hurmat qilish zaruriyati ko‘rsatiladi. Muallimni hurmat qilish va uning maslahatlariga amal qilish ilmning barakasini oshiradi.
5. Yaxshi muomala va odob
"Men chiroyli xulqni to‘kis qilish uchun yuborildim."
(Sahih Muslim)
Ilm olish yo‘lida ham, boshqalarga nisbatan odobli bo‘lish, sabrli va hurmatli bo‘lish har bir musulmonning farzidir. Bu nafaqat ilm olishdagi muvaffaqiyatga yordam beradi, balki musulmon shaxs sifatida qadringizni oshiradi.
6. Ilmni amalda qo‘llash
Ilm olishning maqsadi uni hayotda qo‘llashdir. Ilm amal qilinmasa, faqat bilim yig‘ish bilan cheklanib qoladi.
"Ular (olgan) bilimlari bo‘yicha amallarni qilmaydilar."
(Jumu'a, 5)
Ilm faqat nazariya bo‘lib qolmasligi kerak, uni odamlarga foyda yetkazish va Allohning yo‘lida qo‘llash lozim.
7. Ilmni boshqalar bilan baham ko‘rish
"Kimki biron bir ilmni o‘rgansa va uni boshqalarga ham o‘rgatsa, bu ilm o‘zi vafotidan keyin ham davom etadigan savob manbaidir."
(Sahih Muslim)
Ilmni faqat o‘zingizda saqlab qolmasdan, boshqalar bilan ham bo‘lishish juda savobli amal hisoblanadi.
8. Sog‘liqni saqlash va jismoniy kuch
"Ikki ne’mat bor, ko‘pchilik ular haqida aldangan: sog‘lik va bo‘sh vaqt."
(Buxoriy)
Shuning uchun ilm olish yo‘lida sog‘lom turmush tarziga e’tibor berish va tana quvvatini saqlash ham ilmga xizmat qiladi.
9. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash
Safar va ilm olishda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash zarur. Ilmning barakasi vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va har bir ishni o‘z vaqtida qilish bilan bog‘liq. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) vaqtdan samarali foydalanishni o‘rgatganlar.
10. Safarda duo qilish
"Uch xil duoni Alloh rad qilmaydi: ota-onaning bolasiga qilgan duosi, ro‘zadorning duosi va musofirning duosi."
(Termiziy)
Shuning uchun safarda bo‘lganingizda ko‘proq duo qiling va ilmiy yo‘ldagi muvaffaqiyatni Allohdan so‘rang.
Xulosa:
Ilm olish uchun safarga chiqayotgan shogird har bir bosqichda Allohdan yordam so‘rab, sabrli, odobli, va niyati to‘g‘ri bo‘lishi kerak. O‘z niyati va amallari bilan Allohning roziligini qozonish, ilmni faqat bilim olish uchun emas, balki amalda qo‘llash va odamlarga foyda yetkazish uchun o‘rganish lozim.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha shogirdlar bilan qisqa suhbat qilgandik. Yozib olishibdi…)
E’tibor qilganmisiz, Alloh o’z kitobini “Rob” sıfatı bilan boshlagan. Boshqasi bilan emas.
Sabablari ko’p. Ulardan biri, bu olam ustozga muhtoj. Adashmaslik uchun, o’z vazifasida muqim turishi uchun.
Ustozlar, siz faqatgina bir kasb egasi emassiz. Siz shu “Rob”imizni yordamchilarisiz.
Shuni unutmang.
Sizni sharafli qilgan kuningiz muborak bo’lsin
Ba’zan sizni qadrlashmasligi, ba’zan shogirdlaringiz sizni g’iybat qilishligi, ba’zan to’kis hayot kechirmayotganingiz sizni hafa qilib qo’ymasin.
Siz shunday buyuk ish ustidasizki, buni dunyoviy biror o’lchov bilan ado qilib bo’lmaydi.
Zahmati foniy, mukofoti boqiy bo’lgan yo’ldasiz. Iltimos bu yo’lda toyilmang.
Siz millat muallimlarisiz, siz ummat bo’lajak lashlari qo’mondonlarisiz.

Kecha bir ish qildim. Undan ham hursand bo’ldim, ham hafa.
Ustozimdan xabar oldim. Mani ko’rib ko’zlaridan yosh chiqib ketdi. Eng ta’sir qilgan gaplari esa, “sani kutgandim, kelding-a” deganlari bo’ldi.
Litseyni bitirganimizga 15 yıldan oshibdi. Ustozim esa 66 ga kiribdilar.
Ustozimdan xabar oldim. Mani ko’rib ko’zlaridan yosh chiqib ketdi. Eng ta’sir qilgan gaplari esa, “sani kutgandim, kelding-a” deganlari bo’ldi.
Litseyni bitirganimizga 15 yıldan oshibdi. Ustozim esa 66 ga kiribdilar.
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Challenge SAT math bo’yicha bir o’quvchim bilan sinov variantini o’tkazyapman. Rejaga ko’ra 22 kun mobaynida, to’liq kursni o’tib tugatish va minimum 750+ bal olishimiz kerak. Har kuni eng kamida 7-8 soat dars o’tmoqdamiz. O’quvchimga ham oson bo’lmayapti…
Bu kursimiz tugadi. Ertaga imtihonga kiradi.
7-oktyabrdan esa yangi 2 ta ofline kursga start beriladi.
1. Matematika
(abituriyent + ustoz)
2. Intensive SAT
(math + English + college application)
Vaqti: 17:00
Manzil: Sodiq school
Ro’yhatdan o’tish: 908194444

O’zingni bil…
Borliqqa nisbatan yer sayyorasi okeandagi bir tomchi suvchalik ham emas. Shunday bo‘lsada ana shu kichkina sayyoradagi bir bo‘kkan odamcha kishilarga: "Men sizning oliy robbingizman!", degan edi. Muhimi shuki, ana shu "men sizning robbingizman" degan odamchani bizning oliy Robbimiz dengizning sho‘r suviga bo‘ktirdi. So‘ngra uni insonlarga ibrat bo‘lishi uchun o‘chib qolgan jasad holida qirg‘oqqa uloqtirdi. Allohning biz bandalariga ibrati ko‘p. Ammo undan ibratlanadigan bandalari oz. Hali ham ba’zilar o‘zlarini borliqning markazi deb o‘ylashadi. Hamma go‘yo ularning atrofidan aylanishi shart.
Ulardan bo‘lib qolmaslik uchun doimo quyidagilarni ko‘z o‘ngimizda qo‘yishimiz lozim:
1. Muhabbatga erishmoqchi bo‘lsak uni avvalo o‘zimiz boshqalarga taqdim qilishimiz kerak.
Muhabbatni his qilishimiz uchun uni avvalo o‘zimiz boshqalarga his qildirishimiz lozim. O‘rog‘ing va boshqa asboblaringni ko‘tarib bir dona don tashlamagan, o‘zing ekmagan dalaga borib uyingga ko‘p hosil bilan qaytish uchun uni yig‘ishtirgani borishing ahmoqlikdir. Hosilni yig‘ishtirish uchun avvalo uni ekish kerak.
2. Insonlar doimiy o‘zgarib turadilar.
Oldingi o‘lchovlaring o‘zingniki, ularniki emas.
Sen mohir tikuvchi bo‘lgin. Sen bugun oldingi yildagi kabi emassan. Boshqalarni ham oldingidek deb o‘ylama!
3. Osmondan tushgan vahiyga yer yuzidagi ko‘pchilik unamadi. Vaholanki, u vahiy edi. Shunday ekan, ulardan sen har-bir gapingga qarsak chalishlarini kutma. Fikrlaring qanchalar to‘g‘ri bo‘lmasin, boshqalarning fikrini qabul qilmaganingni esla. Aslida ularning fikri to‘g‘ri bo‘lishi mumkin edi. O‘zing voz kecha olmaydigan haqlarni boshqalardan ham o‘zlashtirma.
4. Sen yurish uchun tanlagan yo‘ling bu sening yo‘lingdir. Bu sayyoradagi hech bir inson sen yurgan yo‘ldan yurishi talab qilinmaydi. To‘g‘ri, inson boshqalar haqida chiroyli gumon qilishi kerak. Ammo chiroyli gumon qilish boshqa narsa, insonlarni chiroyli gumoning ostiga kirishga majburlash boshqa narsa. Odamlarni o‘z qolipingga solishga urinma. Yer yuzida xuddi yolg‘izdek yur.
5. Ibn Xoldun rohimahulloh aytadi:
"Agar ta’m bilish turlicha bo‘lmaganida edi mol buzilar edi!".
Sen uchun muhim bo‘lgan narsalar boshqa shaxslar uchun ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Ular uchun muhim bo‘lgan narsalar esa sen uchun ahamiyatsiz bo‘lishi ham mumkin.
O‘zgalar hayoti ularning shaxsiy mulkidir. Ularni qo‘y, o‘zlari bilgandek yashashsin. Turlicha bo‘lish bu hayotning asosiy qismidir. Bunga o‘zingni moslashtir. Hech narsa hayotga chetdan kelgan emas.
6. Insonlar gohida o‘zlarini tushunishmaydi. Seni qayerdan ham tushunishsin?!
7. Sen suratning bir tomonini ko‘ra olasan. Holbuki, suratning boshqa tomoni ham bor. Ularni sen aniq ko‘ra olmaysan. Xuddi hamma narsani ko‘radigandek qaror chiqarma. Yoshligimda ota-onamga havas qilib: "Ularga mazza! Hech kim ularga ish buyurmaydi!", deb o‘ylar edim. Ota bo‘lganimdan so‘ng farzand bo‘lib qolaverish qanchalar oson ekanligini angladim. Ota bo‘lish qiyin ekan.
O‘quvchilik paytimda: "Muallimlarga mazza. Dars qilmaydi, yodlamaydi. Darsini sharhlab chiqib ketaveradi!", der edim. Katta bo‘lib o‘quvchi bo‘lish mazza ekanligini angladim.
8. Odamlarning aqli turlicha. Sen osongina tushunadigan narsani boshqalar qiyinchilik bilan tushunishadi. Boshqalar osonlik bilan tushungan narsani sen urinib ham tushuna olmasliging mumkin.
Shuning uchun ham Maykrosoftning egasi Bill Geytsdir, sen emassan!
9. Agar sen bir ishga qodir bo‘lsang, bu degani boshqalar ham bunga qodir degani emas. Futbolchilar to‘qson daqiqa maydonda yugurishadi. Sen bilan men esa yarim soatda bo‘larimiz bo‘ladi. Bordiyu sen bunga qodir bo‘lsang aniqki, yer yuzining yuzdan to‘qsoni bunga qodir emas.
10.Suhbatimiz boshida senga aytdimki, baxtli bo‘lmoqchi bo‘lsang eng avvalo baxtni boshqalarga taqdim qil.
Yaxshi, endi eshit:
"Hamma vaqt ham boshqalardan o‘zing qilgan muomalang kabi muomalani kutma!".
(Ustozlardan)

SAODAT
“Today” gazetasi tarixda eng uzoq vaqt davom etgan tadqiqot haqida xabar tarqatdi. Bu tadqiqot 85 yil davom etgan. Tadqiqotni Garvard universiteti olib borgan. Mavzu "haqiqiy baxt nimada?", degan mavzu edi!
Bu tadqiqotda yuzlab tadqiqotchilar ishtirok qilishdi. Minglab kishilarning hayot yo‘lini kuzatishdi. Yuzlab tahqiqlar va solishtirishlar olib borishdi. Ota-o‘g‘illarni, er-xotinlarni, bobo va nabiralarni, boylar va faqirlarni, mashhurlar va oddiy insonlarni o‘rgarishdi. Oxirida xulosa quyidagicha bo‘ldi:
"Saodat rohat va hordiq chiqarishda emas, saodat mol-davlatda emas, saodat ishdagi yutuqda emas ekan. Haqiqiy saodat o‘zaro aloqalarni shakllantirish, rohatbahsh do‘stlik va sevilish va sevishdadir!".
Atrofida ahboblari bo‘lgan kishilar omonlikdadirlar. Modomiki, xonadoningiz muhabbatla iliq ekan, tashqi sovuq aloqalar uni buza olmaydi!
Modomiki, oila mustahkam ekan, tashqaridan uni hech kim vayron qila olmaydi!
Modomiki, uyingiz jannat ekan, tashqi olamning do‘zaxligi unga ta’sir qila olmaydi!
Buning aksi ham bo‘lishi mumkin!
Oilangizda e’tiboringiz bo‘lmasa, butun olam sizni qadrlashining nima foydasi bor?!
Yaxshi shirkatingiz bo‘lsa-yu, uyingiz bir uyum tosh bo‘lsa bundan nima foyda?!
To‘g‘ri, mol juda muhim. Buni aqlli inson inkor qilmaydi. Diplom kerak bo‘ladi. Ishda muvaffaqiyat kerak. Ammo saodat bularga erishishda emas, ularni qanday ishlatishda!
Saodat senga ikki ko‘zini fido qila oladigan ayoling borligidadir!
Saodat tikanning qalbiga kirishiga rozi, ammo sening oyog‘ingga kirishiga rozi bo‘lmagan turmush o‘rtog‘ing borligidadir!
Saodat seni o‘ziga o‘rnak deb biladigan farzandlaring borligidandir!
Saodat senga tayanch bo‘la oladigan, dunyo yuz o‘girganda senga aso bo‘la oladigan do‘stlarning borligidadir!
Saodat bu sendan rozi otang va onangning borligida!
Saodat bu biringiz yurak, boshqa biringiz uning urishi kabi aka-ukalaringizning borligidadir!
Saodat muhabbat asosida jamlanadigan, bir-birining qo‘lidan tutadigan qo‘shnilaringizning borligidadir!
Saodat bu sizni o’z ota-onasidek yaxshi ko’rib, yoningizda yosh boladek turadigan shogirlaringiz borligidadir!
Saodat bu baxtli bo‘lish va baxtli qilishda, sevish va sevilishda, yoqtirish va yoqishda hamda bularning bari Alloh rizosi uchun bo‘lishidadir!