HASANKHOJABLOG Telegram 1543
HASAD

Nabiy sallollohu alayhi va sallam sahobalar bilan masjidda o‘tirgan edilar. Ularga dedilar:
-Hozir sizning huzuringizga jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi chiqadi!
Shu payt ansorlardan bir kishi chiqdi. Uning soqollaridan tahoratining suvlari oqib turar edi.

Ertasi kuni ham Rasululloh sallollohu alayhi va sallam sahobalarga dedilar:

Yana kechagi ansoriy kirib keldi.
Uchinchi kuni bo‘lganda yana Rasululloh sallollohu alayhi va sallam:
-Hozir sizning huzuringizga jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi chiqadi!-dedilar.
Masjidga yana o‘sha ansoriy kirib keldi!

Majlis tarqalgach, Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyollohu anhu o‘sha ansoriydan so‘radi:
-Men otam bilan xusumatlashib qoldim. Uch kecha uning uyiga kirmaslikka qasam ichdim. Shu uch kunda senikida qolsam bo‘ladimi?
Ansoriy:
-Marhabo! Xush kelibsan!-dedi.

Abdulloh uning uyida uch kun turdi. Ansoriy kechasi ham, kunduzi ham biror-bir ortiqcha nafl ibodat qilmadi. Faqatgina kechasi uyg‘onganida Allohni zikr qilib qo‘yar edi. Toki muazzin bomdodga azon aytgunicha ana shu holatda tong ottirdi. So‘ngra turib bomdodni o‘qidi!

Uch kun o‘tganidan so‘ng Abdulloh uning qiladigan amallarini oz deb o‘yladi va ansoriyga dedi:
-Men bilan otam o‘rtasida hech qanday xusumat va kelishmovchilik bo‘lmagan edi. Ammo uch kun Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Hozir sizning huzuringizga jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi kiradi!”, dedilar. O‘sha uch kunda ham sen kirib kelding. Sen bunga nima bilan erishganingni bilmoqchi bo‘ldim!

Ansoriy dedi:
-Ko‘rib turganingdek ortiqcha amalim yo‘q. Ammo menda mo‘min-musulmonlarga nisbatan g‘ash-aldov yo‘q, Alloh ularga bergan narsalarda qalbimda hasad yo‘q!
Abdulloh ibn Amr roziyollohu anhu unga dedi:
-Sen mana shu amaling bilan jannatga erishgansan. Biz toqat qila olmaydigan narsa ana shu!

Qalbingizni isloh qiling. Ana shunda farzlardan boshqa ibodatlar qilmasangiz ham sizga zarar bermaydi. Insonlarning boshiga kelgan narsa qalblarining xarobligidan kelgandir!

“Ammo menda mo‘min-musulmonlarga nisbatan g‘ash-aldov yo‘q!”.
Ya’ni, muomalada rostgo‘ylik, savdoda rostgo‘ylik, maslahatda rostgo‘ylik, nasihatda rostgo‘ylik...
Hadisda keladi: “Kim bizni aldasa bizdan emas!”.
“Alloh ularga bergan narsalarda qalbimda hasad yo‘q!”.

Shirkdan keyin qalbdan joy oladigan eng yomon narsa hasaddir. Hasad Allohga qilingan birinchi gunohdir. Iblisning Odam alayhis salomni yomon ko‘rib qolishiga, Alloh unga Odam alayhis salomga sajda qilishni amr qilganida sajda qilmaganiga sabab hasaddir! O‘shanda u o‘zini Odam alayhis salomdan afzal deb o‘ylagan, bu maqomga o‘zini munosib deb bilgan edi!

Alloh sizga bergan narsaga qanoat qiling, kishilarning eng boyi bo‘lasiz. Boshqalarning qo‘liga qaramang. Agar boshqalarga berilgan ne’matlarga qarayversangiz o‘zingizga berilgan ne’matlarga shukr qilish uchun vaqt topa olmay qolasiz.

Hadisda keladi: “Hasaddan saqlaninglar! Chunki hasad olov o‘tinni yegani kabi yaxshiliklarni yeb bitiradi!”.

tgoop.com/hasankhojaBlog/1543
Create:
Last Update:

BY Hasankhoja Muhammad Sodiq

Share with your friend now:
tgoop.com/hasankhojaBlog/1543

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Each account can create up to 10 public channels Select: Settings – Manage Channel – Administrators – Add administrator. From your list of subscribers, select the correct user. A new window will appear on the screen. Check the rights you’re willing to give to your administrator. End-to-end encryption is an important feature in messaging, as it's the first step in protecting users from surveillance. Telegram has announced a number of measures aiming to tackle the spread of disinformation through its platform in Brazil. These features are part of an agreement between the platform and the country's authorities ahead of the elections in October. Telegram desktop app: In the upper left corner, click the Menu icon (the one with three lines). Select “New Channel” from the drop-down menu.
from us

Telegram Hasankhoja Muhammad Sodiq
FROM American