Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
1128 - Telegram Web
Telegram Web
Bobur Mavlonov | Blog
• Undan keyingi hafta yakshanba ― duatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati (5-aprel kuni bo'lishi kerak edi, qoldirildi) 🏃🚴
Vanihoyat bugun umrimda birinchi marta multisport musobaqasida qatnashdim. Duatlon. Uzoq kutilgan duatlon.

Ertaroq borib boshqalarni kuzatdim. Eng arzon velik meniki edi 😁. Humoyun ismli do'st orttirdim 😁. Mendan 2 minut oldin tugatdi.

Birinchi 5 km lik yugurish o'rtachadan sal qiyinroq o'tdi. Tempni ushlashga harakat qildim lekin puls baland bo'ldi. Temp 5:43, puls 174.

Velo qism zo'r bo'ldi. 25km/soat tezlik kutgan edim. 27.4km/soat bo'ldi. Puls 176.

Ikkinchi yugurish qiyin bo'ldi. Ancha qiyin bo'ldi. Piyoda yurishga ham to'g'ri keldi. Temp 6:21, puls 174.

2 ta transition ga 1 minut 22 sekund ketdi

Umumiy vaqt 1 soat 31 minut. Kutganimdan 1 daqiqa ko'p. Lekin zo'r. Birinchisiga bo'ladi.

Endi buyog'iga suzishga ham alohida fokus berishim kerak.
🔥14👍51
Oradan 3-4 kun o'tib vanihoyat Istanbul safari haqida yozishga vaqt topa oldim

Safar nihoyatda zo'r bo'ldi. Men, ayolim va 7 oylik o'g'lim uchalamiz chiqdik. Bola bilan qiyin bo'ladi deb o'ylagan edik, yo'q, Muhammadamin samolyotda ham, shahar aylanish chog'i ham o'zini juda yaxshi tutdi.

Sulton Ahmad, Ayo Sofiya masjidlari, Bosfor bo'g'ozi bo'ylab paromda sayohat (delfinlarni uchratdik), Galata minorasi, Buyukada oroli, Laleli bozori, Misr Chorsusi, O'rtako'y sohili, Istanbul jamoat transporti (metro, avtobus, tramvay), Gulhane bog'i, Uskudar kabi joylarga borishga ulgurdik.

Istanbulning toza havosidan bahramand bo'lib dengiz bo'ylab ikki marta yugurishga ham ulgurdim.

Oziq-ovqatlar Toshkentdan qimmatroq ekan, lekin kiyim-kechak arzonroq ekan. Har qadamda masjid. Rostdan juda ko'p. Turistlar ko'p aylanadigan joylardagi masjid hojatxonalari alohida va pullik (bu to'g'ri deb hisoblayman).

6 kunlik ovqatlanishimizga taxminan $350 atrofida ketdi.

Istanbul bizga juda yoqdi. Toshkentga kelishimiz bilanoq Istanbulni sog'ina boshladik. Shahar havosi, manzarasi, tabiati, dengiz, baliqchilar, masjidlar, hammasi bir bo'lib juda go'zal xotiralar qoldirdi.

Agar bormagan bo'lsangiz Istanbulga albatta oilaviy tashrif buyuring.
👍182🔥2🎉1
15-iyun kuni Zominda treyl yuguramiz. Go
👍7
Yunus, yuribsizda sizam aytishnikman deb
🤣35
Haftani shu tarzda tugatamiz.
🔥13
Tongni 21km velik va 1km+ suzish bilan boshladik
👍15🔥1
Framer Spring Updates.

Funnels. Bironta clickable element (masalan: CTA) ga tracking ID ulaysiz va aynan shu elementga nechta click bo'lganini kuzatish imkoni paydo bo'ldi.

A/B test. Saytingizning ikki xil versiyasini yaratasiz va A/B testni ishga tushirasiz. Framerning o'zi qaysi variantning statistikasi yaxshiligini aniqlab beradi.

• Vector editing. Framerni o'zida vector elementlar bilan ishlash imkoniyati. Turli shakllar chizish, o'zgartirish, animatsiya qilish. Framerga yetishmayotgan narsa edi. Endi Framerni o'zida to'g'ridan-to'g'ri dizayn chizsa bo'ladi.

• Wireframer. Design wireframe'lar tayyorlab beradigan built-in AI tool. Vebsaytning strukturasini qurishga juda yordam beradi.

• Workshop. Custom code component'lar yaratib beruvchi built-in AI. Avval buni ChatGPT orqali qilardim. Endi Framerni o'zida qilsa bo'ladi. Yaxshi tomoni kontekst doim esida qoladi. Framer'ning o'zida yo'q funksiyalarni kod orqali AI yordamida yasash mumkin.

Batafsil

@boburjon_mavlonov
🔥2
Oxirgi ikki haftada yuqori yuklamali mashg'ulotlar ko'payib ketdi. Bular asosan mashg'ulotlar davomida pulsim baland bo'layotganligi natijasida.

Katta ehtimol bilan hali aerobik bazamni kuchaytirishim kerak. Bu uchun haftalik mashg'ulotlar rejamdan tempo va interval yugurishlarni olib tashladim. Bular asosan yugurish tezligini oshirishga yordam beradigan yuqori intevsivlikdagi mashg'ulotlar edi (puls 165 atrofida bo'lardi).

Ularning o'rnini oson yugurish (easy run) lar bilan to'ldiryapman.

Haftadagi 3 martalik velo mashg'ulotlarni ham 2 martaga tushiraman va intensivligini biroz kamaytiraman.

Asosiy fokus suzishga va yugurishda aerobik zonani kengaytirishga qaratilgan bo'ladi. Bu uchun temp sekinroq va puls 140 dan oshmasligi kerak bo'ladi.

1 oydan keyin natijalarni solishtiramiz.

P.S. Pastdagi rasmda o'tgan ikki hafta davomidagi mashg'ulotlar yuklamasi ko'rsatilgan. Ko'rib turganingizdek, yuqori aerobik va anaerobik mashg'ulotlar nisbati juda oshib ketgan.
🔥4🤔1
2025/10/12 20:53:40
Back to Top
HTML Embed Code: