Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
1104 - Telegram Web
Telegram Web
Haftalik yugurish rejalarimga interval yugurishni qo'shganimning samarasini sezishni boshlayapman.

Interval yugurish — bu yuqori intensivlikda qisqa masofalar yoki vaqt oralig‘ida yugurib, so‘ngra past intensivlikda dam olish yoki sekinroq yugurish bilan almashinib bajariladigan mashq usuli. Bu usul tezlikni, chidamlilikni va yurak-qon tomir tizimini rivojlantirishga yordam beradi.

Masalan biroz yugurib qizib olgandan so'ng 400 metr 5:30 tempda yugurish (ish fazasi) va 400 metr 8:00 tempda yugurish (tiklanish fazasi). Buni 4-8 martacha qaytarish.

O'tgan haftadagi interval yugurishimning ish fazasida umumiy o'rtacha tempim 5:48 bo'lgan edi va yurak urishim 162 bo'lgan edi. 400 metr ish-400 metr tiklanishdan 6 ta takrorlagan edim.

Bu haftadagi interval yugurishga biroz o'zgartirish kiritdim. ish fazasini 400 metrdan 600 metrga ko'tardim va 5 marta takrorladim. O'rtacha temp 5:38 bo'ldi va yurak urishi 165.

Bu hafta yurak urishim biroz ko'tarildi (katta ehtimol bilan ish fazasi masofasi uzaygani uchun) lekin tempim 10 sekundga yaxshilandi. Bu juda yaxshi.

Xulosa: deyarli o'sha yurak urishi bilan tempim yaxshilanib boryapti. 13-aprel kuni Toshkent marafonida 21.1km masofani bosib o'tish oldidan bu yaxshi ko'rsatkich
👍6🔥2
5-aprel kuni Yangi O'zbekiston bog'ida duatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkaziladi. Men ham ro'yxatdan o'tdim.

Duatlon bu velosport+yugurish. Chempionatda quyidagi masofalar ketma-ket to'xtamasdan bosib o'tilishi kerak:
🏃🏻‍♂️Yugurish - 5km
🚴‍♂️Velik - 20km
🏃🏻‍♂️Yugurish - 3km

Agar siz ham qatnashmoqchi bo'lsangiz ro'yxatdan o'tish: https://triathlon.uz/ru/events/cempionat-uzbekistana-po-duatlonu-age-group/competitors


Upd: 27-aprelga qoldirildi
🔥14
Bugun 1-marta brick session qilib ko'rdim

Brick session bu triatlonchilar uchun eng muhim mashg'ulotlardan biri bo'lib avval velikda uchib darrov yugurishga o'tish tushuniladi. Bu aynan musobaqa paytidagi vaziyatni imitatsiya qilish hisoblanadi va atletni shu jarayonga tayyorlaydi.

Xullas, rejam 20km velik va 5km yugurish edi. Toshkentning nisbatan avtomobil kam yuradigan va tekis asfaltli joyini topdim.

Avval velik haydadim. Boshida yaxshi boshlangan edi. Aksiga olib shamol boshlandi va menga qarshi esishni boshladi. Bu tezligimni tushirdi. 18-kilometrdan keyin yugurishga o'tish kerakligini his qildim 😁

Transition'ga 58 sekund ketdi. Yugurishni boshladim.

4km yugura oldim. Ammo odatdagidan ancha yaxshi tempda. Sekinroq temp kutgandim.

Xullas, natijalar quyidagicha:
Velik - masofa: 18.3km, tezlik: 24.8km/soat, yurak urishi: 159 bpm
Yugurish - masofa: 4km, temp: 6:11min/km, yurak urishi: 163 bpm

Shanba kungi duatlon oldidan yaxshi tayyorgarlik bo'ldi.

@boburjon_mavlonov
🔥5👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har birimiz mashinamiz, lekin kimlardir kir mashina
🤣6
• Bu hafta shanba ― futbol bo'yicha Uzcard turniri ⚽️
• Bu hafta yakshanba ― Toshkent marafoni 🏃‍♂️

• Keyingi hafta shanba ― Chorvoqdan uygacha 100 km lik velotrek 🚴

• Undan keyingi hafta yakshanba ― duatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati (5-aprel kuni bo'lishi kerak edi, qoldirildi) 🏃🚴

• 29-aprel kuni Istanbulga uchib ketamiz ✈️

😎🚀🔥🤩
🔥19🤣1
Toshkent Xalqaro Marafoni

Marafon kechroq boshlandi.

Namlik past, havo quruq va dim edi. Kutilmalarim 6:20-6:30 temp oralig'ida 160-65 o'rtacha puls bilan yugurish edi.

Boshlanish yaxshi boshlandi. 20-25 daqiqalardan keyin quyosh qizdira boshladi. Birinchi 5km lik osonroq o'tdi. Ikkinchi 5 kmlikda qiyinchilik sekin boshlandi.

Uchinchi 5 km likda "nima zaril edi shu narsa menga, uyda yotsam bo'masmidi" degan o'ylar hayolimdan tinimsiz o'tardi. Bir amallab to'rtinchi 5 km likka yetib oldim. 18-km dan keyin oyoqlarim tortishishni boshladi, yugurish tobora qiyinlashar, yagona ilinjim "ha mana hozir 3-4 kmdan keyin tugaydi" degan o'y edi. Oyoqdagi og'riq sekin qo'yvordi. Oxirgi kilometrlarga asragan kuchimni sarflaydigan vaqt kelgan edi. 19-kilometrdan keyin sal qo'shdim. Bor kuchim bilan yugurdim finish chizig'igacha. Finishga kelganimdan so'ng umuman kuchim qolmagan edi.

Yarim marafon masofasini 2 soat, 16 minutda tugatdim. Yaxshi natija. Men o'ylaganimdan qiyinroq bo'ldi. 10/10 kuchimni sarfladim.
🎉8🔥41👍1
Bobur Mavlonov | Blog
Toshkent Xalqaro Marafoni Marafon kechroq boshlandi. Namlik past, havo quruq va dim edi. Kutilmalarim 6:20-6:30 temp oralig'ida 160-65 o'rtacha puls bilan yugurish edi. Boshlanish yaxshi boshlandi. 20-25 daqiqalardan keyin quyosh qizdira boshladi. Birinchi…
Endi buyog'iga asosiy fokus triatlon bo'yicha avgust oyida bo'lib o'tadigan Samarkand Challenge musobaqasi. Sprint masofasiga (750m suzish, 20km velo, 5km yugurish) ro'yxatdan o'tganman. Maqsad 75 daqiqa ichida tugatish. Istovchilar bo'lsa birga tayyorlanardik 😁
👍5🔥4
Bobur Mavlonov | Blog
• Keyingi hafta shanba ― Chorvoqdan uygacha 100 km lik velotrek 🚴
Bugun vanihoyat o'sha kun keldi

Ertalab soat 6:24 da ekspress elektrichkada Janubiy vokzaldan Chinorkent bekatiga yo'l oldim.

Dastlab Chorvoq suv omborini ko'rish uchun yuqoriga ko'tarildim. 362 metr balandlik. Juda qiyin bo'ldi ko'tarilish. Velikdan tushib piyoda ko'p yurdim.

Qaytib tushish juda zo'r bo'ldi. Deyarli pedal aylantirmadim. Nishablik hisobiga o'zi olib tushib qo'ydi. Tezlik 50km/s dan balandga chiqqan paytlar bo'ldi.

Shu bilan keyin bismillo deb uyga haydadim. Tepaga ko'tarilishdagi qiyinchlik yo'l davomida qiynadi. Kamiga shamol ham menga qarshi esdi.

Har 20km da to'xtab yo batonchik yo banan yeb, qo'lbola izotonik va suv ichib yo'lda davom etaverdim.

Qiziq sarguzasht bo'ldi.
🔥11👍3
Uyimiz hojatxonasi ventilyatsiyasi qo’shnimizning oshxonasi ventilyatsiyasi bilan ulangan. Ular oshxonada nimadir pishirsa bizning hojatxonaga hidi keladi. Va teskarisi 😁
🤣32
Veligimning zanjirini yuvib tozaladim, moyladim. Pedal bosilishi 170 grammga yengilladi.

Ko’chaga chiqib 7 km yengil yugurib keldim.

Dushanba yaxshi tugayapti
👍12🔥31
O'tgan yili noyabrda Phuketda bo'lgan Ironman 70.3 musobaqasida hamyurtimiz Andrey Sharipov 2-o'rinni olgan ekan. Qoyil
👍5🔥3
2025/10/15 18:10:13
Back to Top
HTML Embed Code: