tgoop.com/boburjon_mavlonov/1119
Last Update:
Oradan 3-4 kun o'tib vanihoyat Istanbul safari haqida yozishga vaqt topa oldim
Safar nihoyatda zo'r bo'ldi. Men, ayolim va 7 oylik o'g'lim uchalamiz chiqdik. Bola bilan qiyin bo'ladi deb o'ylagan edik, yo'q, Muhammadamin samolyotda ham, shahar aylanish chog'i ham o'zini juda yaxshi tutdi.
Sulton Ahmad, Ayo Sofiya masjidlari, Bosfor bo'g'ozi bo'ylab paromda sayohat (delfinlarni uchratdik), Galata minorasi, Buyukada oroli, Laleli bozori, Misr Chorsusi, O'rtako'y sohili, Istanbul jamoat transporti (metro, avtobus, tramvay), Gulhane bog'i, Uskudar kabi joylarga borishga ulgurdik.
Istanbulning toza havosidan bahramand bo'lib dengiz bo'ylab ikki marta yugurishga ham ulgurdim.
Oziq-ovqatlar Toshkentdan qimmatroq ekan, lekin kiyim-kechak arzonroq ekan. Har qadamda masjid. Rostdan juda ko'p. Turistlar ko'p aylanadigan joylardagi masjid hojatxonalari alohida va pullik (bu to'g'ri deb hisoblayman).
6 kunlik ovqatlanishimizga taxminan $350 atrofida ketdi.
Istanbul bizga juda yoqdi. Toshkentga kelishimiz bilanoq Istanbulni sog'ina boshladik. Shahar havosi, manzarasi, tabiati, dengiz, baliqchilar, masjidlar, hammasi bir bo'lib juda go'zal xotiralar qoldirdi.
Agar bormagan bo'lsangiz Istanbulga albatta oilaviy tashrif buyuring.
BY Bobur Mavlonov | Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/boburjon_mavlonov/1119