Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Muammoli insonlar baxtli insonlar.

❤️ "Baxtning siri nimada" internettagi eng siyqasi chiqqan savollardan biri bo'lsa kerak. Bu savolga man javob bera olmasligim aniq, lekin shu kungacha qayerdan eng ko'p baxt "garmonini" olganimni aytishim muammo emas. Muammolardan.

🏥 Negadir, butun dunyoda, muammolarga nisbatan negativ fikr shakillangan. Muammolarning ko'pligi ba'zilarga tashvish, keyinchalik esa hattoki deprissaya olib keladi. Ba'zilar hayotta muvaffaqiyatga erisha olmayotganligiga sabab - muammlari ko'pligi, shu muammolar bo'lmaganda, hayoti ancha yaxshi bo'lishini takidlab charchamaydi.

🕺 Lekin o'ylab ko'ring, hayotingizda hech qanday muammo bo'lmaganda, kuningiz qanday ko'rinishda o'tgan bo'lar edi. Ishlashdan ma'no yo'q. Chunki ota-onangiz sizni milliardlab pul bilan ta'minlaydi. O'qishdan ma'no yo'q. Chunki, o'qishdan maqsad - biron sohada chuqur bilimga ega bo'lib, o'sha sohadagi muammolarga yechim topish. Sizda esa u soha bo'yicha hech qanday muammo yo'q.

🌿 Yetarlicha pul, bo'sh vaqt va maqsadsiz hayotda, qayerdandir qo'lingizga narkotika tushadi va hayotingizda maqsad paydo bo'ladi.

💰 Juda ham ko'pchilik millionerlarning farzandlari aynan shu hayot tarzini tanlaganligi hech kimga sirga emas.

🔨"Xo'sh shunday qilib baxtning siri nimada?" Man uchun baxtning "sir"i va hayotning ma'nosi bu oldimdan chiqadigan muammolardan qochish o'rniga ularni hal qilishda.

🎓 "Chet elda o'qish qimmatligi" muammosini, qanchalik qiyin bo'lsada kerakli pulni ishlab topish yoki chet el universitetidan grand yutish bilan hal qilishda.

🇪🇺 "O'qish va ish tufayli O'zbekistonga borolmas ekanman, ota-onamni ko'rolmas ekanman" muammosini, qanchalik qiyin bo'lsada ota-onami yevropaga olib kelib hal qilisha

💸 "Milliarderlar soliq to'lamas ekan, meni esa yarim oyligim soliqqa ketadi. Nohaq hayotta yashayapmiz." degan muammoni, well, milliarder bo'lib hal qilishda.

🛣 Ko'rayapsizmi, har bir holatda, muammoni hal qilishga harakat qilmasdan, shunchaki aybni boshqa bir narsaga to'nkashim mukin edi. Va bu ham ancha oson ham ancha vaqt tejaydigan qaror bo'lardi. Lekin unday qilmaganligim bugungi kundagi baxtimga sababchi.
Fikrlaringizni odamlarga siz o'ylagandek yetkazib berish qiyin. Bitta ortiqcha so'z va kimdir xabaringizni butunlay boshqacha tushunishi mumkin. Mandayam shunaqa fikrlar judayam ko'p. Ulardan ba'zilarini Shaha Dolimov o'zining oxirgi podcastida judayam chiroyli yetkazib beribdi.

15-30 yosh oralig'idagi bo'lsangiz videoni ko'rishni tavsiya qilaman.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
iPhoneingiz bor, lekin Samsung ishlatadigan do’stingizning telefoni qanday ishlashigiga qiziqib ko’rganmisiz?

Samsung TryGalaxy nomli ilovani ishga tushirdi. Ilova sizning telefoningizni Galaxyga aylantiradi va ba’zi bir kerakli dasturlarni sinab ko’rish imkoniyatini beradi.
Forwarded from Nodizayn
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Anthropic tadqiqotchisidan qiziq fikr:

Sun'iy intellekt modellarini yaratishda ular hayvonlar va o'simliklar kabi parvarish qilinadi, dasturlashdan ko'ra. Bu ularning qanday ishlashini tushunishni qiyinlashtiradi. Biz modellarni yaratishda ularga nima qilish kerakligini aniq aytmaymiz.

@nodizayn #ai
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
zokirov.dev
Video message
Bloggerlar tilida aytganda: "Ekrani kir do'stilaga jo'natib qo'yila"
🚪 Eshikka borish va eshikdan o'tish. Xonaga kirish uchun ikkisi ham kerak.

FAANGga ishga kirish uchun, proyektlar qurish va ish tajribasi bu eshikka borish. Algoritmlar esa eshikdan o'tish.

Top universitetga o'qishga kirish uchun, IELTS va SAT bu eshikka borish. Essaylar esa eshikdan o'tish.

Muvaffaqqiyatli startup qurish uchun, yaxshi idiya va produktning bo'lishi bu eshikka borish. Mijozlar topa olish esa eshikdan o'tish.

Yangi narsalarni o'rganish uchun, kerakli kitob va videolardan bilim olish bu eshikka borish. Tajribada sinab ko'rish esa eshikdan o'tish.

Romantik munosabat qurish uchun, tashqi chiroyga ega bo'lish bu eshikka borish. Ichki chiroy esa eshikdan o'tish.

Muvaffaqiyatga erishish uchun, qattiq mehnat qilish bu eshikka borish. Omad kelishi esa eshikdan o'tish.
🐔 O'qigan eng yaxshi tweetim.

"Appleni shu darajada muvaffaqiyatli qilgan va Stiv Jobs chuqur tushungan narsa shuki, juda ko'pchilikning tabi juda ham yomon. Shuning uchun ham ular o'zlarining dizayn tanlovlarini amalga oshirishdan qat'iy cheklanishi kerak."

Albatta, tabi a'lo darajada bo'lgan, o'zi uchun Applening dizaynidan ham qulayroq dizayn yarata oladigan insonlar talaygina. Lekin erkinlik berilganda, telefon xolatini orginalidan ancha yomon xolatga olib keladigan insonlar soni anchagina ko'proq.

Shu sababli ham, iloji bo'lganda professional dizaynerlar ishlab chiqqan mahsulotni ishlatish odatda yaxshi natija ko'rsatadi.

Ko'pchilik frontend dasturchilar, css yoki tailwind tanlashda ikkilanishadi. Tailwindda kod yozish nisbatan ancha tezligidan tashqari, uning eng yaxshi hususiyatlaridan biri, CSS kabi saytingizni juda xunuk holatga kelib qolishiga yo'l qo'ymasligi.

Professionallar tomonidan tanlangan ranglar, shriftlar va hajmlarni xato ishlatsangiz ham, saytingiz nisbatan chiroyliroq ko'rinadi.
Rasmga ko'z sezmaydigan o'zgartirishlar qilib unga yashirin xabar joylash ustida ishlayapman. Hozircha natija yomon emas.
🚢 Yevropadagi eng katta kruiz bo’lgan MSC Europa kemasida bir hafta sayohat qilamiz. Qiziq narsalarni Instagramimga qo’yib boraman.

🇪🇺 Yevropaga sayohat yoki kruizda sayohat qilish kimgadir qiziq bo’lsa kuzatishingiz mumkin.

🔗 Instagram: https://www.instagram.com/jasurb3k.zokirov
Google'dan Offer Oldim

Maqola:
zokirov.com/posts/googledan-offer-oldim
Google'dagi intervyu jarayoni

Ma'qola:
https://www.zokirov.com/posts/googledagi-intervyu-jarayoni

Mavzular:
- Katta kompaniyalarda intervyu qanday ko'rinishda bo'ladi.
- Intervyudan oldin taqdir menga eng yaxshi sovg'ani berganligi, men esa uni rad qilganligim.
- Intervyularda kod yozish darajangiz eng muhimimi?
- Katta kompaniyalarda tanishlarsiz referral'lar olish.
- Ishlay olmagan LeetCode masalamni ishlash .
- Intervyuda yomon javob berdim deb o'ylash ba'zida xatoligi.
Dasturlash tili yoki Ingiliz tili?

Yaqinda oziq-ovqat do’konimizdagi savdo tizimini almashtirdik. Yangi tizim bizdagi tarozilar bilan bog’lana olmadi. Tizimni yozgan dasturchilar bir oydan oshiq vaqt sarflab, yechim topisha olmaganligini va 10dan oshiq tarozilarimizni almashtirishimiz kerakligini aytishdi.

Shundan keyin adam muammoni menga olib keldi. Tarozi rostdan ham juda muammoli ekan. 10 soatdan oshiq vaqt davomida Google, ChatGPT va ishlab chiqaruvchining saytlaridan foydalanib juda ko’p ma’lumotlar o’qib chiqdim. Hamma narsani aniqlashtirib olganimdan keyin, 2 soatda dasturni yozib tugatdim.

Bunday holat tarozidek kichik xolatlardan tortib amazon kabi katta korporatsiyalarda ham kuzatilishi mumkinligini Jahongir aka o’z postlarida aytgandi.

Ya’ni sizning qadringiz (va maoshingiz) kod yoza olish qobilyatingizga qarab emas, muammoni yecha olishingizga qarab o’lchanadi. Muammoni yechish uchun esa soatlab, kunlab, kerak bo’lsa oylab internetdan ma’lumotlar o’qish, bilganlaringizni jamoadoshlaringiz bilan maslahatlashish va qilinayotgan qarorlarni yozma ko’rinishda (dokumentatsiyaga) saqlab qo’yish talab qilinadi.

Bularning hammasi esa insonlar tilida (o’zbek, rus, ingiliz) amalga oshiriliadi, kompyuter tilida (python, js, sql) emas.

Shu sababli, agar ingiliz tilingiz kuchli bo’lmasa, dasturlashga shoshilmay turganingiz yaxshi qaror bo’lishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko'pchilik qilmayotgan ishni qilsangiz, ko'pchilik erishmayotgan natijaga erishasiz. Garchi u yomon natija bo'lsa ham...

Polshada, ko'pchilik, talabalik vaqtida yaxshi ishga joylashib, ishlash huquqini beruvchi tashkilotni Universitetdan ishxonasiga o'zgartirib, keyin o'sha ishidan ketmaydi. Men esa aynan shunday qildim. Afsuski, ko'pchilik bunday qilmaganligi uchun, bunday xolatda davlatdan qaror chqishini kutish kerakligini, Google'dagilar menga ham aytishmagan, o'zlari ham bilishmagan.

Men esa eski kompaniyamga ishdan ketishimni aytib qo'yganligim uchun, orada 2 oy ishsiz qolib kettim va 2-iyunda Google'dagi birinchi ish kunimni boshladim.
Bizga Ninson'lik kerak.

Google'da birinchi kun ishga borib 31 qavatli binoda adashib qoldim. Odamlar ko’p - hamma o’z ishi bilan band. Men esa 100lab xonalar orasidan o’zimga keraklisini topishim kerak.

Kompyuterida ishlab, ovqatlanib o’tirgan bir qizni yoniga borib yordam so’radim. Anovi qiz “nega bu meni ishdan chalg’itti”, “nega ovqatlanishdan chalg’itti” deb o’yladi shekilli, biroz qo’pol javob berdi.

Keyin noogler'ligimni aytdim. Noogler (New + Googler) - yangi qo’shilgan Google xodimi degani. Anovi qizning muomalasi butunlay o’zgarib, tabassum bilan qaysi xonaga borishim kerakligini ko’rsatib, oxirida Google'ga qo’shilganim bilan tabrikladi.

Ovqatlanyapsizmi, kod yozyapsizmi, sport zalda shug’ullanyapsizmi, Noogler'man desangiz - hamma sizga yordam beradi. Shu sababli, qanday bilmagan savolingiz bo’lsa, qanchalik sodda yoki axmoqona bo’lmasin, qo’rqmasdan noogler'man deb so’rayverasiz.

Shunda, bu rivojlanish uchun qanchalik qudratli so’zligini tushunib, nega tashqi hayotda ham, biror ishga birinchi martta qo’l urayotganlar uchun shunday so’z - Ninson (New + Inson) yo’qligini o’ylab qoldim. Ko’p holatlarda sodda va axmoqona savollarimiz juda ko’p. Lekin ularni so’rashdan qo’rqamiz.

Ta’savur qiling-a, men Ninsonman deb barcha savollaringizga javob olish imkoniyati bo’lsa.
🎮 Darajaga asoslangan o'yinlar (skill-based matchmaking)

3 yil davomida Counter Strike, Shaxmat, va DoTA o'yinlarida ELO(darajam)ni ko'tarishga harakat qildim. Google'ga kirib "darajaga asoslangan o'yinlar" (skill-based matchmaking) haqida unutaman deb o'ylab qattiq adashibman.

Google'da stol tennis o'ynash oson emas. Birinchi ro'yxatdan o'tasiz va sizga boshlang'ich 1000 daraja beriladi. Haftada nechta o'yin o'ynamoqchiligingizni va qachon vaqtingiz borligini kiritganingizdan keyin, tizim avtomatik tarzda sizga raqib topib berib, kalendaringizga o’yinlar qo’yishni boshlaydi. Raqibning darajasi siznikiga juda yaqin. Tizim tanlagan vaqtda tennis o'ynaysiz va natijani tizimga kiritasiz. Yutgan odamning darajasi ko'payadi, yutqazganniki kamayadi.

Shunday qilib 3-5ta o'yindan keyin sizning asl darajangiz aniq bo'ladi va hech qaysi o'yinda, raqibingiz sizdan juda kuchli yoki juda kuchsiz bo'lmaydi. Natijada, qanday darajada bo'lishingizdan qat'iy nazar, siz har bitta o'yinni rohatlanib o'ynaysiz.
2025/07/04 04:28:09
Back to Top
HTML Embed Code: