tgoop.com/zokirovdev/402
Last Update:
Dasturlash tili yoki Ingiliz tili?
Yaqinda oziq-ovqat do’konimizdagi savdo tizimini almashtirdik. Yangi tizim bizdagi tarozilar bilan bog’lana olmadi. Tizimni yozgan dasturchilar bir oydan oshiq vaqt sarflab, yechim topisha olmaganligini va 10dan oshiq tarozilarimizni almashtirishimiz kerakligini aytishdi.
Shundan keyin adam muammoni menga olib keldi. Tarozi rostdan ham juda muammoli ekan. 10 soatdan oshiq vaqt davomida Google, ChatGPT va ishlab chiqaruvchining saytlaridan foydalanib juda ko’p ma’lumotlar o’qib chiqdim. Hamma narsani aniqlashtirib olganimdan keyin, 2 soatda dasturni yozib tugatdim.
Bunday holat tarozidek kichik xolatlardan tortib amazon kabi katta korporatsiyalarda ham kuzatilishi mumkinligini Jahongir aka o’z postlarida aytgandi.
Ya’ni sizning qadringiz (va maoshingiz) kod yoza olish qobilyatingizga qarab emas, muammoni yecha olishingizga qarab o’lchanadi. Muammoni yechish uchun esa soatlab, kunlab, kerak bo’lsa oylab internetdan ma’lumotlar o’qish, bilganlaringizni jamoadoshlaringiz bilan maslahatlashish va qilinayotgan qarorlarni yozma ko’rinishda (dokumentatsiyaga) saqlab qo’yish talab qilinadi.
Bularning hammasi esa insonlar tilida (o’zbek, rus, ingiliz) amalga oshiriliadi, kompyuter tilida (python, js, sql) emas.
Shu sababli, agar ingiliz tilingiz kuchli bo’lmasa, dasturlashga shoshilmay turganingiz yaxshi qaror bo’lishi mumkin.
BY zokirov.dev
Share with your friend now:
tgoop.com/zokirovdev/402