tgoop.com/zokirovdev/384
Last Update:
Muammoli insonlar baxtli insonlar.
❤️ "Baxtning siri nimada" internettagi eng siyqasi chiqqan savollardan biri bo'lsa kerak. Bu savolga man javob bera olmasligim aniq, lekin shu kungacha qayerdan eng ko'p baxt "garmonini" olganimni aytishim muammo emas. Muammolardan.
🏥 Negadir, butun dunyoda, muammolarga nisbatan negativ fikr shakillangan. Muammolarning ko'pligi ba'zilarga tashvish, keyinchalik esa hattoki deprissaya olib keladi. Ba'zilar hayotta muvaffaqiyatga erisha olmayotganligiga sabab - muammlari ko'pligi, shu muammolar bo'lmaganda, hayoti ancha yaxshi bo'lishini takidlab charchamaydi.
🕺 Lekin o'ylab ko'ring, hayotingizda hech qanday muammo bo'lmaganda, kuningiz qanday ko'rinishda o'tgan bo'lar edi. Ishlashdan ma'no yo'q. Chunki ota-onangiz sizni milliardlab pul bilan ta'minlaydi. O'qishdan ma'no yo'q. Chunki, o'qishdan maqsad - biron sohada chuqur bilimga ega bo'lib, o'sha sohadagi muammolarga yechim topish. Sizda esa u soha bo'yicha hech qanday muammo yo'q.
🌿 Yetarlicha pul, bo'sh vaqt va maqsadsiz hayotda, qayerdandir qo'lingizga narkotika tushadi va hayotingizda maqsad paydo bo'ladi.
💰 Juda ham ko'pchilik millionerlarning farzandlari aynan shu hayot tarzini tanlaganligi hech kimga sirga emas.
🔨"Xo'sh shunday qilib baxtning siri nimada?" Man uchun baxtning "sir"i va hayotning ma'nosi bu oldimdan chiqadigan muammolardan qochish o'rniga ularni hal qilishda.
🎓 "Chet elda o'qish qimmatligi" muammosini, qanchalik qiyin bo'lsada kerakli pulni ishlab topish yoki chet el universitetidan grand yutish bilan hal qilishda.
🇪🇺 "O'qish va ish tufayli O'zbekistonga borolmas ekanman, ota-onamni ko'rolmas ekanman" muammosini, qanchalik qiyin bo'lsada ota-onami yevropaga olib kelib hal qilisha
💸 "Milliarderlar soliq to'lamas ekan, meni esa yarim oyligim soliqqa ketadi. Nohaq hayotta yashayapmiz." degan muammoni, well, milliarder bo'lib hal qilishda.
🛣 Ko'rayapsizmi, har bir holatda, muammoni hal qilishga harakat qilmasdan, shunchaki aybni boshqa bir narsaga to'nkashim mukin edi. Va bu ham ancha oson ham ancha vaqt tejaydigan qaror bo'lardi. Lekin unday qilmaganligim bugungi kundagi baxtimga sababchi.
BY zokirov.dev
Share with your friend now:
tgoop.com/zokirovdev/384