tgoop.com/z_amirqulov/201
Last Update:
❗️Muddat uzaytirildi! Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha 30-sentyabrgacha ariza berishlari mumkin
Davlat komissiyasi bayoni bilan, 2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari — mandat tasdiqlandi. Unga ko‘ra,
1️⃣ Umumiy kvota doirasida jami 17 278 nafar:
➖ kunduzgi taʼlim shakliga – 16 286 nafar;
➖ kechki taʼlim shakliga – 657 nafar;
➖ masofaviy taʼlim shakliga – 335 nafar;
2️⃣ Qoʻshimcha imtiyoz bilan jami 998 nafar:
➖ kunduzgi taʼlim shakliga – 987 nafar;
➖ kechki taʼlim shakliga – 7 nafar;
➖ masofaviy taʼlim shakliga – 4 nafar talabgor talabalikka tavsiya etildi.
✅ Tanlov natijasi qaydnomalari uch kun muddatda respublika oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
Shuningdek, ushbu bayon bilan magistraturaga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi yuzasidan oliygoh rektori (yoki filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etish muddati uzaytirildi.
📆 Ariza topshirishning so‘nggi muddati – 2025-yil 30-sentyabr.
ℹ️ Batafsil ma’lumot olish uchun oliygohning Registrator ofisi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
👉 @z_amirqulov
BY Zafarshoh Amirqulov | Ta’lim eksperti
Share with your friend now:
tgoop.com/z_amirqulov/201