Telegram Web
Qaysi jarayonda ma’lumot almashish tezligi yuqori hisoblanadi?
Anonymous Quiz
64%
Marshrutizatsiya
36%
Kommutatsiya
👍162
#ccna #basic
Ommaviy tarqatiluvchi (broadcast) kadrda (frame) jo‘natiluvchining (destination) MAC manzili qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Anonymous Quiz
17%
00:00:0c:07:ac:01
50%
ff:ff:ff:ff:ff:ff
20%
43:2e:08:00:00:0c
9%
00:00:0c:43:2e:08
4%
00:00:0c:fH:0f:ff
👍16
🌐 O‘zbekistonda xalqaro internet tarmog‘idagi monopoliya nihoyat tugatilishi mumkin

1 aprelgacha provayderlarga xalqaro internet tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatini taqdim etish reja qilinmoqda. 2020 yilda bunday monopoliyani bekor qilish maqsad qilingandi, ammo bu haligacha amalga oshmagan. Telekommunikatsiya sektori bo‘yicha mustaqil regulyator 1 sentyabrgacha paydo bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar sektorida mustaqil regulyator tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Bu 13 fevral kuni O‘zbekiston prezidentiga taqdim etilgan, 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy strategik islohotlarga bag‘ishlangan taqdimotda nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, islohotlar beshta asosiy yo‘nalish — transport, urbanizatsiya va uy-joy qurilishi, tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va energetikani qamrab oladi.

So‘nggi 10 yilda telekommunikatsiya sohasida xizmatlar hajmi 6,5 barobar, mobil internet qamrovi 98 foizga oshgan.

Yil oxiriga qadar 1 milliard dollarlik investitsiyalarni jalb qilish va raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 3 foizdan 6 foizga oshirish rejalashtirilgan.

1 iyulga qadar amaldagi «Aloqa to‘g‘risida»gi qonunni o‘z ichiga oladigan yangi tahrirdagi (hozirgi 1999 yilda qabul qilingan) «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini Oliy Majlisga kiritish rejalashtirilmoqda.

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktori Bahodir Rahmatov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida mazkur o‘zgarishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad sohani liberallashtirish va xususiy sektor uchun bozorga keng yo‘l ochish ekanini taʼkidladi.

1 aprelga qadar provayderlarga xalqaro internet tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatini taqdim etish rejalashtirilgan. Telekommunikatsiya sektori bo‘yicha mustaqil regulyator 1 sentyabrgacha tashkil etilishi kerak.

1 mayga qadar «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi ijrosini tahlil qilish uchun vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalariga to‘siqsiz ulanish rejalashtirilgan.

Xalqaro internet tarmog‘idagi monopoliya

Bugungi kunda mamlakatdagi deyarli barcha provayderlar “O‘zbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali internet tarmog‘iga ulangan. 2018 yilda 2019−2021 yillarda O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasi qabul qilingan bo‘lib, unda 2020 yil 1 yanvardan tashqi internet tarmog‘ida monopoliyaga barham berish ko‘zda tutilgan.

2019 yil avgust oyida tadbirkorlar mutasaddilar bilan uchrashuvda O‘zbekistonda startaplar rivojlanishidagi muammolardan biri sifatida tashqi internet tarmog‘idagi monopoliyani tilga olgandi. Jahon banki tahlilchilari ushbu sohadagi monopoliya tezlikni oshirish va narxlarni pasaytirishga imkon bermayotgani, bu esa raqamli iqtisodiyotni yaratish saʼy-harakatlarini orqaga surayotganini taʼkidlagan.

Internetga ulanish xizmati (ulgurji darajada) hozircha “O‘zbektelekom”da qolmoqda.

@tarmoq_tizim
👍6🔥2
🎲 Quiz 'CCNA'
CCNA
🖊 20 questions · 30 sec
👍63
Facebook va Instagramda katta uzilishlar qayd etilmoqda

Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, shuningdek, Twitter, YouTube, Google xizmatlari, WhatsApp, TikTok va boshqa mashhur xizmatlar ham butun dunyo bo‘ylab ishlamay qolmoqda.

Avvalroq Sky News tomonidan Qizil dengizda global internet kabellari uzilgani haqida xabar berilgandi.

Qizil dengiz orqali Afrika, Osiyo va Yaqin Sharqqa ma'lumotlarni olib o'tuvchi liniyalarda o‘tadigan trafikning 25 foizi ta'sir ko‘rsatadi.

Suv osti kabellari orqali o'tuvchi aloqa liniyalari haqida quyida tanishib olishingiz mumkin.

@tarmoq_tizim
👍5
👍36🔥131
Ish joyidagi monitor

@tarmoq_tizim
🤣60👍29😁7🔥5
Charchab siqilganda chakish yoki ichish emas masalalarni yechish kerak, buni kaypi boshqa ☺️🏝

Hammasi birda: NAT + BGP + RIP + OSPF + ACL (standard & extended) + tunneling

@tarmoq_tizim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥47👍17🤩8🎉3
Ilmni o‘g‘irlash joizmi?

Sunʼiy intellektning bergan javobi albatta ko‘pchiligimizning qarashlarimizdan farq qiladi. Jamiyatning rivojlanmasligiga ham asosiy sabablaridan biri ham mana shu omil aslida
👍26🔥5🤣4😁3
📄 Cisco сертификатлари ҳақида қисқача ва фойдали маълумот

Cisco сертификатлари тармоқ технологиялари соҳасидаги энг нуфузли сертификатлардан бири ҳисобланиб, ахборот технологиялари мутахассислари учун тармоқ, хавфсизлик, дастурий таъминот ва бошқа соҳаларда малака ошириш ва ўз билимларини тасдиқлаш имконини беради.

1993 йилда Cisco биринчи сертификация дастурини ишга туширган бўлиб, Cisco Certified Internetwork Expert (CCIE) биринчи ва энг юқори даражадаги сертификат ҳисобланади.

CCNA (Cisco Certified Network Associate) ва CCNP (Cisco Certified Network Professional) сертификатлари 1998 йилда жорий этилган. Ва бу сертификатлар илғор ва профессионал даражадаги билим кўникмаларини қамраб олади.

2001 ва 2013 йиллардан бошлаб ушбу соҳада ихтисослик ва тармоқ архитектураси бўйича сертификация тизимлари жорий қилиш бошланди.

2020 йилда сертификация тизимлари модернизация қилиниб, вертикал даражадаги сертикация (Entry, Associate, Professional, Expert, Architest) тизимлари кўпайтирилди. Devnet (дастурлаш ва тармоқларни автоматлаштириш) бўйича ихтисослик сертификатлари ҳам жорий этилди. 2023 йилда сертификация тизимларига жиддий ўзгартиришлар киритилди.

Ўзбекистонда халқаро IT-сертификатларни олиш харажатларини қоплаш бўйича дастурлар мавжуд бўлиб, 2023 йил 1 октябрдан бошлаб, B2 ва ундан юқори даражадаги хорижий тил билимига эга фуқароларга халқаро IT-сертификатларни олиш ва ўқиш харажатларининг 100% қисмини қоплаш тизими жорий этилди*.

Бу турдаги сертификатлар рўйхатида қуйидаги Cisco сертификатлари мавжуд:

✔️ CCT
✔️ CCNA
✔️ CyberOps Associate
✔️ DevNet Associate
✔️ CCNP Enterprise
✔️ CCNP Collaboration
✔️ CCNP Data Center
✔️ CCNP Security
✔️ CCNP Service Provider
✔️ CyberOps Professional
✔️ DevNet Professional
✔️ CCDE
✔️ CCIE Enterprise Infrastructure
✔️ CCIE Enterprise Wireless
✔️ CCIE Collaboration
✔️ CCIE Data Center
✔️ CCIE Security
✔️ CCIE Service Provider
✔️ Cisco Certified Specialist – Enterprise Core
✔️ Certified DevOps Engineer


* Фақат халқаро IT-сертификат мавжуд бўлган тақдирда фақатгина IT-сертификат учун имтиҳон тўлов пулининг 60 фоиз қисми тўланади.

Шунингдек, давлат органлари ва бошқа бюджет ташкилотларининг ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш учун масъул ходимларнинг лавозим маошига қўшимча устама тўлашга асос бўлувчи IT сертификатлар рўйхатида ҳам Cisco сертификатлари (CCNP Security, CyberOps Professional, CCIE Security) келтириб ўтилган.

@tarmoq_tizim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17👍10🎉2🤩2
#CCNA_new_questions
A network engineer starts to implement a new wireless LAN by configuring the authentication server and creating the dynamic interface. What must be performed next to complete the basic configuration?
Anonymous Quiz
32%
Install the management interface and add the management IP
29%
Configure high availability and redundancy for the access points
17%
Enable Telnet and RADIUS access on the management interface
23%
Create the new WLAN and bind the dynamic interface to it
👍3🔥2🤩1
🇺🇸 AQShning sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari sohasidagi global gegemonlikni saqlab qolishga qaratilgan siyosati yangi bosqichga o‘tmoqda.

2025-yil 13-yanvar kuni SI texnologiyalari uchun zarur bo‘lgan yuqori texnologik chiplarning eksportiga yangi va yanada qattiq cheklovlar kiritdi.

AQSh 18 ta yaqin ittifoqchisini, jumladan Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Yaponiya va Janubiy Koreyani bu cheklovlardan istisno qildi.

Boshqa davlatlarga ilg‘or grafik protsessorlarning yillik sotilishi 50 ming dona bilan chegaralanadi. Ammo ba’zi davlatlar yoki kompaniyalar maxsus ruxsatnomalar orqali bu limitdan oshib chip xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Isroil, Polsha, Shveytsariya, Portugaliya va Meksika kabi davlatlar ham ushbu cheklovlarga duch kelmoqda.

Ushbu qadam asosan Xitoyning ilg‘or SI chiplariga kirish imkoniyatini cheklashga qaratilgan bo‘lsa-da, boshqa davlatlar ham bu cheklov ta'sirini sezadi.

Shu bilan birga, AQSh texnologik kompaniyalari uchun o‘z ma’lumot markazlarini faqat ittifoqchi davlatlar hududida joylashtirish rag‘batini kuchaytirmoqda.

NVIDIA kabi yetakchi kompaniyalar ushbu cheklovlarni “misli ko‘rilmagan va xato” deb baholab, ular global innovatsiyalar va iqtisodiy o‘sishga zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidladi.

AQShning texnologik gigantlari bu siyosat o‘zlarining savdo daromadlariga hamda yuqori texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

@tarmoq_tizim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2🤩2🎉1
Kiberxavfsizlik – bu kompyuterlar, tarmoqlar, dasturlar va maʼlumotlarni raqamli hujumlar, zararlanish yoki ruxsatsiz kirishdan himoya qilish amaliyotidir. Bu sohada axborot tizimlari va maʼlumotlarning yaxlitligi, maxfiyligi va mavjudligini taʼminlash uchun turli texnikalar va vositalardan foydalaniladi.

Dunyo bo‘ylab odamlar sonidan ham ko‘proq bog‘langan qurilmalar (IoT) mavjud bo‘lgani sababli, kiberxavfsizlik landshafti juda keng. Tashkilotlarni himoya qila oladigan va ularga tahdidlarning oldini oladigan kiberxavfsizlik mutaxassislari katta talabga ega.

Cisco o‘quv platformasida ko‘nikmalaringizni oshirish orqali qanday cho‘qqilarga erishishingizni kashf qiling!

@tarmoq_tizim
🔥6👍3🤩2🎉1
Vazirlar_Mahkamasining_qarori,31_01_2025_yildagi_54_son.pdf
1.4 MB
❗️Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari yagona platformaga o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 31 yanvardagi "Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 54-sonli qarori tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

☑️ Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari yagona platformada yuritiladi.

☑️ 2025 yil 1 martdan boshlab barcha davlat organlarining veb-saytlari ushbu platformaga o‘tkaziladi.

☑️ UZINFOCOM yagona platforma operatori etib belgilandi.

☑️ Veb-saytlarning texnik qo‘llab-quvvatlash va axborot xavfsizligi yagona tartibda taʼminlanadi.

☑️ Davlat organlari uchun majburiy tartiblar:
▪️Davlat organlari rahbarlari rasmiy veb-saytlarni yagona platformaga o‘tkazish uchun shaxsan masʼul hisoblanadi.
▪️Veb-saytlar yagona platformaga o‘tkazilgandan keyin bir hafta ichida eski saytlar yopiladi yoki ular avtomatik ravishda yangi manzilga yo‘naltiriladi.
▪️Har chorakda (3 oyda bir marta) kiberxavfsizlik ekspertizasi o‘tkazilishi shart.
▪️Davlat tashkilotlarining veb-saytlari uchun texnik xizmatlar yagona platforma operatori tomonidan amalga oshiriladi.

@tarmoq_tizim
🔥5👍4🤩3🤣32🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada xalqaro miqyosda juda katta pul mablag‘larini qo‘lga kiritib kelayotgan jinoiy guruh ushlandi.

@tarmoq_tizim
🤩5👍2🔥2🎉2
Hayotingiz faqat tartibdan iborat bo'lsa, unda betartiblikning achchiq "sarguzashtlarini" hali boshdan kechirmagansiz 😂

@tarmoq_tizim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁22🤣14🔥7👍32
2025/08/25 11:44:14
Back to Top
HTML Embed Code: