tgoop.com/tarmoq_tizim/356
Last Update:
❗️Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari yagona platformaga o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 31 yanvardagi "Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 54-sonli qarori tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
☑️ Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari yagona platformada yuritiladi.
☑️ 2025 yil 1 martdan boshlab barcha davlat organlarining veb-saytlari ushbu platformaga o‘tkaziladi.
☑️ UZINFOCOM yagona platforma operatori etib belgilandi.
☑️ Veb-saytlarning texnik qo‘llab-quvvatlash va axborot xavfsizligi yagona tartibda taʼminlanadi.
☑️ Davlat organlari uchun majburiy tartiblar:
▪️Davlat organlari rahbarlari rasmiy veb-saytlarni yagona platformaga o‘tkazish uchun shaxsan masʼul hisoblanadi.
▪️Veb-saytlar yagona platformaga o‘tkazilgandan keyin bir hafta ichida eski saytlar yopiladi yoki ular avtomatik ravishda yangi manzilga yo‘naltiriladi.
▪️Har chorakda (3 oyda bir marta) kiberxavfsizlik ekspertizasi o‘tkazilishi shart.
▪️Davlat tashkilotlarining veb-saytlari uchun texnik xizmatlar yagona platforma operatori tomonidan amalga oshiriladi.
@tarmoq_tizim
BY Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi
Share with your friend now:
tgoop.com/tarmoq_tizim/356