TARMOQ_TIZIM Telegram 339
🌐 O‘zbekistonda xalqaro internet tarmog‘idagi monopoliya nihoyat tugatilishi mumkin

1 aprelgacha provayderlarga xalqaro internet tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatini taqdim etish reja qilinmoqda. 2020 yilda bunday monopoliyani bekor qilish maqsad qilingandi, ammo bu haligacha amalga oshmagan. Telekommunikatsiya sektori bo‘yicha mustaqil regulyator 1 sentyabrgacha paydo bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar sektorida mustaqil regulyator tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Bu 13 fevral kuni O‘zbekiston prezidentiga taqdim etilgan, 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy strategik islohotlarga bag‘ishlangan taqdimotda nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, islohotlar beshta asosiy yo‘nalish — transport, urbanizatsiya va uy-joy qurilishi, tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va energetikani qamrab oladi.

So‘nggi 10 yilda telekommunikatsiya sohasida xizmatlar hajmi 6,5 barobar, mobil internet qamrovi 98 foizga oshgan.

Yil oxiriga qadar 1 milliard dollarlik investitsiyalarni jalb qilish va raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 3 foizdan 6 foizga oshirish rejalashtirilgan.

1 iyulga qadar amaldagi «Aloqa to‘g‘risida»gi qonunni o‘z ichiga oladigan yangi tahrirdagi (hozirgi 1999 yilda qabul qilingan) «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini Oliy Majlisga kiritish rejalashtirilmoqda.

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktori Bahodir Rahmatov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida mazkur o‘zgarishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad sohani liberallashtirish va xususiy sektor uchun bozorga keng yo‘l ochish ekanini taÊŒkidladi.

1 aprelga qadar provayderlarga xalqaro internet tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatini taqdim etish rejalashtirilgan. Telekommunikatsiya sektori bo‘yicha mustaqil regulyator 1 sentyabrgacha tashkil etilishi kerak.

1 mayga qadar «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi ijrosini tahlil qilish uchun vazirlik va idoralarning maÊŒlumotlar bazalariga to‘siqsiz ulanish rejalashtirilgan.

Xalqaro internet tarmog‘idagi monopoliya

Bugungi kunda mamlakatdagi deyarli barcha provayderlar “O‘zbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali internet tarmog‘iga ulangan. 2018 yilda 2019−2021 yillarda O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasi qabul qilingan bo‘lib, unda 2020 yil 1 yanvardan tashqi internet tarmog‘ida monopoliyaga barham berish ko‘zda tutilgan.

2019 yil avgust oyida tadbirkorlar mutasaddilar bilan uchrashuvda O‘zbekistonda startaplar rivojlanishidagi muammolardan biri sifatida tashqi internet tarmog‘idagi monopoliyani tilga olgandi. Jahon banki tahlilchilari ushbu sohadagi monopoliya tezlikni oshirish va narxlarni pasaytirishga imkon bermayotgani, bu esa raqamli iqtisodiyotni yaratish saÊŒy-harakatlarini orqaga surayotganini taÊŒkidlagan.

Internetga ulanish xizmati (ulgurji darajada) hozircha “O‘zbektelekom”da qolmoqda.

@tarmoq_tizim
👍6đŸ”„2

tgoop.com/tarmoq_tizim/339
Create:
Last Update:

BY Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi

Share with your friend now:
tgoop.com/tarmoq_tizim/339

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Commenting about the court's concerns about the spread of false information related to the elections, Minister Fachin noted Brazil is "facing circumstances that could put Brazil's democracy at risk." During the meeting, the information technology secretary at the TSE, Julio Valente, put forward a list of requests the court believes will disinformation. The visual aspect of channels is very critical. In fact, design is the first thing that a potential subscriber pays attention to, even though unconsciously. Add the logo from your device. Adjust the visible area of your image. Congratulations! Now your Telegram channel has a face Click “Save”.! In the next window, choose the type of your channel. If you want your channel to be public, you need to develop a link for it. In the screenshot below, it’s ”/catmarketing.” If your selected link is unavailable, you’ll need to suggest another option. Telegram Android app: Open the chats list, click the menu icon and select “New Channel.”
from us

Telegram Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi
FROM American