tgoop.com/notesofabdullah/380
Last Update:
Farovonlik yo'li qanday?
Kitobdan olgan xulosalarim bir nechta:
1. Farovonlik uchun markazlashish va inklyuziv tizimlar bo'lishi o'ta muhim -
a. Qisqa rivojlanishga ekstraktiv tizimlar bilan ham erishsa bo'ladi (Sobiq Sovet Ittifoqi), lekin markazlashmagan tizimlarda buning imkoni yo'q (Kongo, Somali, Afg'oniston). Ya'ni, tarqoqlik faqat zararga ishlaydi; Markazlashish - bir yoqadan bosh chiqaramiz degani.
b. Farovonlik inklyuziv tizimlar bilan boshlanadi va barqaror davom etadi. Inklyuziv tizimlar ishlaganda - faqat bir guruh emas, hammaning manfaatlari hisobga olinadi. Imkoniyatlar teng va adolatli taqsimlanadi.
2. Eng katta chaqiriq esa inklyuziv tizimlarni barpo etilishi va ularning o'rnini muhim jabhalarda mustahkamlashda -
a. Farovonlik yo'li bir kunlik yoki 1 oylik emas. Bu bir necha yil davom etadigan va kerakli tizimlar qurilganidan so'ng doimiy sergaklik talab qilinadigan yo'l. Hech bir katta o'zgarish kichik muddatlarda amalga oshmagan, jumladan, eng muvaffaqiyatli misolga ham 23 yil kerak bo'lgan.
b. Ko'pchilik haqqi va talablarini muvofiqlashtirishga qodir vatandoshlik jamiyati tizimlari qurilishi kerak. Ular ham yana bir oligarxiyaga aylanib ketmasligi yoki mavjud ekstraktiv tizimlar tomonidan yutib yuborilmasligi uchun kuchli va o'z-o'zini nazorat qiladigan bo'lishi lozim. Braziliyada bu Ishchilar Partiyasi qurilishi bilan bo'lgan, masalan.
с. Mana shu tizimlarni va inklyuzivlikni himoya qilish uchun har bir kishidan harakat/e'tibor talab qilinadi. Biror misolni ko'rmadim-ki, o'z-o'zidan inklyuzivlikka erishilgan bo'lsa. Angliyada ham (baronlar qiroldan huquqlarini so'rab olgan, masalan), AQShda ham, Botsvanada ham, va eng muvaffaqiyatli misolda ham shunday harakat kerak bo'lgan.
d. Inklyuziv tizimlar atrofida uyushganlik bo'lishi zarur. Angliya, Fransiya, Yaponiya, AQSh, Botsvana va Braziliya misollarining barida uyushmalar muhim rol o'ynagan. Angliyada bu baronlar koalitsiyasi bilan, Braziliyada esa ishchilar uyushmasi bilan boshlangan.
e. Boshboshdoqlik va qonunsizlikka aylanib ketmasligi uchun bu uyushmalar/tizimlar markazlashgan hokimiyatning biror darajasiga chiqishi kerak.
f. Va bu harakatlar jamiyatda to'g'ri aks-sado topib borishi uchun OAV ning harakatlari benazirdir. Angliya va Fransiya muvaffaqiyatida pamflet va kitoblar o'ta muhim rol o'ynagan.
BY Manguberdi Lapasov | blog
Share with your friend now:
tgoop.com/notesofabdullah/380