Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Optimizm – sotuv gapidek eshitiladi,
Pessimizm – yordam bermoqchi bo‘layotganning so‘zidek.

© Psychology of Money
--------------------
Pessimizm aqlliroq va ishonarliroq tuyuladi, lekin ehtiyot bo‘l - unga ergashib, oxir-oqibat faqat harakatsizlikka tushib qolishing mumkin.
Brend kuchining tanlovga ta'siri.

WhatsApp dagi chatlar Telegramdan ko'ra himoyalanganroq ekan. Lekin, ko'pchilik menga o'xshab teskari o'ylaydi.

#gopractice #activation
Obyektiv qiymat bilan foydalanuvchi tushunadigan qiymat o'rtasida farq bo'lishi mumkin, va tanlov har doim ham ratsional bo'lmaydi. Obyektiv qaralsa, samolyotda uchish eng xavfsiz bo'lishi mumkin, lekin eng xavflisi deb barbir nimagadir shu transportdan qo'rqamiz.

Buni to'g'ri anglab, amalda qo'llash mahsulotning deyarli barcha ko'rsatkichlariga katta foyda beradi.

Ya'ni, "nimaga shunday zo'r qulaylikdan foydalanishmaydi?" deb emas, "o'zi bu funksionalni qanday tushunishadi?" deb savol beramiz.

#gopractice #activation
Noaniqliklar ichida (Anthropic jamoasidagi Nodir akaning postidan erkin tarjima)

Har birimiz ba’zan yanglishamiz. Bir kutuving noto‘g‘ri chiqqanda, bu xatoni o'z dunyo modelinga qayta kiritib, “nimani e’tibordan chetda qoldirdim?” deb o‘ylab ko'rish, keyin esa bu xatodan olingan dars bilan oldinga yangidan nazar solib “yana qaysi narsalar haqida men noto'g'ri o'ylagan bo'lishim mumkin?” deb tahlil qilish foydali mashq. Odatda bu katta muammo bo'lmaydi. Ko‘pincha noto‘g‘ri faraz yoki yondashuv bo‘lib, bir nechtagina narsaga ta’sir qiladi xolos. O'z dunyo modelingni yangilaysan va yo‘lda davom etaverasan.

Bugungi sun'iy intellekt (AI) bir necha yil avval hayoliy narsa edi. Men “nimani ko‘rmay qoldik?” deb izlandim, lekin LLM’larni tushuntiruvchi barcha nazariyalar shuni ko‘rsatadiki, biz juda fundamental bir narsani o‘tkazib yuborganmiz. Bu esa juda chuqur oqibatlarga ega. O'z dunyo modelimni yangilash variantlarida aynan bu o‘zgarish juda katta o'rin egallaydi (the rabbit hole is deep), lekin nazariyalarning qaysi biri to‘g‘riroq ekaniga o‘zimning ham ishonchim komil emas. Masalan, LLM’lar kod yozishda kuchli bo‘lib borayotganini tushuntiradigan, ammo ularning oxir-oqibat hamma narsada yaxshiroq bo‘lishini inkor qiloladigan nazariya borligini bilmayman.

Qo'shimchasiga, bu jarayon tez o‘zgaruvchan. O‘tgan yili sun'iy intellektga so'rovlar yozish haqida gaplashar edik. Bu yil - sun'iy idrok asosidagi agentlar haqida. Kelasi yil boshqa mavzu bo‘ladi deb o'ylayman. Umuman olganda, rivojlanish davom etadi: yangi imkoniyatlar tug'iladi, ko‘proq ish avtomatlashtiriladi, ko‘proq odam uyg‘onadi.

Bunday yashash qiyin bo'lishi mumkin: axir biz aniqlik, "stabillik"ni (tarjimondan qo'shimcha) yoqtiramiz. Katta ehtimol bilan, siz hayotiy reja tuzishga o‘rgangansiz (aytaylik, talaba sifatida yo‘nalish tanlayapsiz). Har qanday reja rejalash paytidagi haqiqatlar keyinchalik ham saqlanib qoladi deb hisoblaydi. Ha, balki sizda o'zgarmay turadigan reja emas o'zgaruvchan strategiyangiz bordir - holatga qarab moslasha olarsiz. Lekin bu yondashuv ham aslida “nimalar ishlaydi, nimalar ishlamaydi” degan avvaldan yig'ilgan bilim ustiga qurilgan, xolos. Bu bilim ham dunyo o‘zgargan sari eskirishi mumkin.

Aniqlik, "stabillik" - bu hashamat. U kamayishda davom etadi, deb o‘ylayman. Hatto hayotimiz davomida avvalgi darajasiga qaytadimi-yo‘qmi, bunga ham ishonchim yo‘q. Shuning uchun tobora ko‘proq narsaga amin bo'lib bo'lmaydigan dunyoga ko‘nikishni boshlash kerak. Bu ayniqsa ko‘p hollarda haq bo'lib o'rganib qolgan aqlli odamlar uchun og‘ir bo'ladi.

Faqat bir maslahat bera olaman: kamtar bo‘ling (hamma, ayniqsa, siz ham ko'p adashishingiz mumkinligini qabul qiling - tarjimondan qo'shimcha), o'zgarishlarga ochiq bo‘ling va ko'z o'ngimizda o‘zgarib turgan dunyoga uzluksiz moslashishga tayyor bo‘ling.
---------------
Noaniqlikni keltiradigan o'zgarishlar bo'lishi aniqdir (tarjimondan).
Sun'iy intellektning qo'llanishi (eng kuchlisini bo'lsa ham), asli arzimaydigan biznesni ko'tarib qo'ymaydi, bugun venchur fondlar va investorlarga bu moyday yoqayotgan bo'lsa ham.

Shu sababli, avval aynan qaysi ish, qaysi biznes yechim uchun sun'iy intellektni qo'llashni bilish yaxshiroq.
Yangi eng zo'r dasturlash tili bu - ingliz tili.

Andrey Karpati, 2023 yilgi tvit.
-------------
Ya'ni, endi dasturlash uchun maxsus dasturlash tillarini bilish tobora kamroq shart bo'lib boryapti. Bu muhim, va imkoniyatlarning katta eshiklarini ochadi. Ko'ramiz
Metroda kiosklar joyladik.
Yangi mega bozor

Qo'yliqda hozir eski bozor buzilyapti, oziq-ovqatning katta qismi Food cityga o'tdi, qolgani ham sekin-sekin Yangi Qo'yliq bozoriga o'tyapti.

Raqamli bozorlar ham bor, kichikroq masshtabda bu - onlayn marketpleyslar, ularda tovarlar sotiladi. alif shop, uzum market, yandex ularga misol.

Shuningdek, mega bozorlar ham bor. Ularda ma'lumotlar, tovarlar, xizmatlar, hatto biznes va infrastrukturalar sotiladi. Masshtabni tushunish uchun - boyagi marketplayslar bu bozorlarda o'zlari tovar va sotuvchilarga aylanadi. Bu mega bozorlardan eng kattalari - Google (browser), Play Market, App Store.

Bugun yangi mega bozor shakllanashi oldida turibmiz - ChatGPT da. Ko'p tovarlar, ma'lumotlar, xizmatlar va hatto bizneslar sotuvi bu bozor orqali avj olishi kutilyapti. Bu haqida yaqinda bu yerda ham gapirishibdi. Bu bozorga tezroq kirish organik o'sishda, taniqlilikda katta yordam beradi.
Bu ko'rsatmalar intiluvchan, serg'ayrat odamlar uchun:

Buyuk ishlar qanday amalga oshadi?

https://www.paulgraham.com/greatwork.html
Bu g'alati avlod nimalarga qiymat berishini bilib bo'lmaydi).
--------
Durov kanalidan, emoji/stickerlar uchun talab ortgani ko'rsatilgan.
Dunyo juda tez o'zgaryapti
--------------
Ta'limdagi juda kerak o'zgarish. Inson tabiatiga va qobiliyatlariga ham ayni keraklisi.

Buni kutgandim, chunki ilm olishning eng yaxshi usuli ustoz orqali edi va ayni holatga kerak va qiziq bo'lgan ilmni olishda, qachondir kerak bo'lib qolar deb standard darslarni o'rganishda emas. O'tgan 2 asrda har bir o'quvchiga yo'nalish beradigan alohida ustoz olish, yoki o'quvchiga moslashgan darslik ishlab chiqib bo'lmasdi. Endi esa hammamizdan ko'p ma'lumotlarni qabul qilgan sun'iy intellekt bilan buning qisman imkoniyati paydo bo'lyapti.

Bu ilm olish osonlashgani sababidan xursand qiladi, lekin AI asosan ma'lum bir doiralar qo'lida rivojlanayotgani sababidan havotirga ham soladi. Nima bo'lganda ham bugun endi bu voqelik, unga moslashish kerak.
Mufti-Taqi-Post-Credit-Crunch-Article1.pdf
304.8 KB
2008 yilgi jahon moliyaviy inqirozining tahlili. E'tiborga loyiq bir qancha fikrlar.

- Bozor iqtisodiyoti va adolatli taqsimot;
- Foyda ortidan intilish va ochko'zlik;
- Pul tabiati (va nega ribo taqiqlanganligi haqida);
- Spekulyatsiya;
- Savdoning asoslari;
- Shaffoflik;
- Inqiroz qanday sodir bo'lgani;
- Sabablar va yechimlar;
- Islom moliyasi tashkilotlari inqirozni qanday boshdan kechirgani haqida.

Moliya va iqtisodga qiziquvchilar uchun juda foydali bo'ladi deb o'ylayman.
Manguberdi Lapasov | blog
Mufti-Taqi-Post-Credit-Crunch-Article1.pdf
Pul - savdo vositasi, savdo obyekti, tovar emas - uning o'zida ichki qiymat yo'q. Shuning uchun ham u bilan savdo qilganda (qarzga berganda, almashtirganda) uning ko'payishi iqtisodiy xato. Pulning bu tarzda ko'payishi ribo ning eng katta misoli bo'ladi.
Manguberdi Lapasov | blog
Mufti-Taqi-Post-Credit-Crunch-Article1.pdf
Ribo (foizga qarz berish) insonlarni haqiqiy iqtisodiy faollikka rag'batini keskin kamaytiradi. Puli bor odam iqtisodiy risklarga kirmay, pulini qarzga berib, yana uning ustidan qo'shimcha daromad olib borishi mumkin bo'lib qoladi. Bunaqa holatda, real iqtisodiy faoliyatning og'riqlarini boshidan o'tkazgisi kelmaydi hech kimning.

Ribo bilan qarz oladigan tarafga esa og'irlik ikki karra ko'proq bo'lib qoladi - ham tadbirkorlik riski, ham o'sib boradigan qarz.

Haqiqiy iqtisodiy faoliyat (ishlab chiqarish, qurilish, ekinlar va ixtirolar) bo'lmasa, insoniyat ham ildamlamaydi. Imom al-G'azzoliyga ko'ra, ribo man qilinganligining sabablaridan biri shunda.
Forwarded from MM "MUFEED MOLIYA"
Haqiqat, ong va o‘ziga bo‘lgan ishonch haqida

Ko‘p fikrlarim kuzatuvlardan tug‘iladi.

Yaqinda “qahvaning zarari” haqida maqolaga ko‘zim tushdi. Biroz o‘qib, qiziqib Google’da izladim. Natijada qahva zararligi to'g'risda sano'qsiz maqolalar chiqti ! Shundan so‘ng men “qahvaning foydasi” deb izladim va qarangki, bu safar ham sano'qsiz maqolalar, ammo endi qarama-qarshi dalillar bilan.

Shunda men ikki narsani o‘ylab qoldim.

Birinchidan
Bu dunyoda real haqiqatni topish deyarli imkonsiz.
Har kim o‘ziga qulay va ma'qul “haqiqatni” topadi.
Ammo yagona absolyut haqiqat - bu bizga Yaratgan tomonidan berilgan haqiqatdir (garchi ko'pchiligimiz real hayotimizda bu haqiqatni e'tiborsiz qoldirsak ham).

Ikkinchidan
O‘zingizni bir narsaga erisha olmasligingizga osonlikcha ishontira olasiz.
Miya sizga nega bir ish imkonsizligini isbotlab o‘nlab sabablar topib beradi.
Lekin siz chin dildan o'zingizni qobiliyatingizga ishonsangiz, xuddi o‘sha miya endi bahonalar emas, yechimlar izlab topadi.

Hammasi siz ongingizni qayerga yo‘naltirasiz - shunga bog‘liq:
Qanday qilib uni "sozlaysiz", o‘sha narsa sizning haqiqatingizga aylanadi.

O‘zingizni/ongizni ma’noli haqiqiy maqsadlarga yo‘naltiring.
Harakatni boshlang, va ishonch keladi. (aksincha emas, garchi ko‘pchilik buning teskarisini aytsa ham)

Va unutmang:
miya — ajoyib "asbob".
Unga “yo‘q” desangiz, u o'nlab sabablar topadi.
“Ha” desangiz, u sizga yo‘l ochadi.

@chiroylimoliya mag'rur miyya
2025/10/16 08:54:23
Back to Top
HTML Embed Code: