Nimaga Uill Smit sahnaga chiqib, boshlovchiga shapaloq tushirdi?
— Hozirda hamma muhokama qilayotgan 2022-yilgi Oskar taqdirlash marosimida aktyor Uill Smit jonli efirda tadbir boshlovchisi, komik Kris Rokga tarsaki tushirganini sababini koʻpchilik tushunishmayapti.
— Barchasiga boshlovchining Uill Smitning rafiqasi, aktrisa Jada Pinkett Smit haqida hazillashgani sabab boʻlgan. U "Jada, men seni yaxshi ko'raman. Men "Askar Jeyn 2" chiqishini kuta olmayman”, degan va Jadaning kalta “askarlarnikidek” soch turmagini mazax qilgan. Uill Smit bu kulgiga chiday olmadi va hazilkashga mushti bilan javob berishga qaror qilgan.
— Uill Smitning ayoli o'tgan yili depressiya bilan bog'liq muammo sababli sochini oldirgani keyinchalik maʼlum boʻldi.
P.S. Notoʻgʻri vaqtda hazil qiladigan oʻrtoqlaringizga yuboring 😁
👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!

👍64😁14👎3🔥3😱3
Nimaga roʻzador saharlik qilishi kerak?
— Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Saharlik qilinglar, chunki saharlikda baraka bor», dedilar». (Muslim rivoyati)
— Yuqoridagi hadisi sharifdan saharlik qilishda baraka bor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ulamolar saharlikdagi baraka bir necha jihatdan bo‘lishi mumkinligini aytishgan:
1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buyruqlarini bajarish orqali sunnatga ergashish va ajrga ega bo‘lish;
2. Ahli kitoblarning ro‘zasiga xilof qilish. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: «Bizning ro‘zamiz va ahli kitoblarning ro‘zasi o‘rtasidagi farq saharlik taomidir», deya marhamat qilganlar;
3. Saharlik bilan ibodatga kuch-quvvat to‘plash va tetiklikni ziyoda qilish;
4. Kunduzi ochlik sababli yuz beradigan asabiylik kabi yomon xulqlardan himoyalanish;
5. Saharlikning duolar ijobat bo‘ladigan kechaning oxirgi qismida zikr va duolarga sabab bo‘lishi;
6. Uxlab qolmasdan ro‘za niyatini yangilab olish;
© Iysoxon Yahyo

👍38😁3🔥2😱2
Nimaga ko'pchilik kartoshka fri va chipslarni yaxshi ko'rishadi?
— Lids universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqot @nimaga odamlar bu mahsulotlarni yaxshi ko'rishini aniqladi. Olimlar kartoshkani gazli xromatograf deb ataladigan qurilmada tekshirishdi.
— Natijada hayratlanarli, yaʼni yogʻda qovurilgan kartoshkada 1 emas, 2 emas, naqd 9 ta ishtahani qoʻzgʻatuvchi mahsulotlar hidi paydo bo'lishi aniqlandi. Masalan ular orasida, pishloq, karamel, piyoz va hatto gulkaramning hidi ham bor.
P.S. Qovurilgan kartoshka yoki chipslarni sevadigan tanishlaringizga yuboring 😉

👍90😁10😱8👎5🔥5❤1
Nimaga smartfonlar – bolalar uchun zararli?
— Smartfonlarning asosiy zarari bu bosh miya to‘qimalarining zararlanishi. Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bu zarar natijasi birdaniga emas, balki oradan 15-20 yil o‘tgachgina aniq namoyon bo‘ladi.
— Shu sababli ular yaqin kelajakda bosh miya o‘smasi bilan xastalangan yoshlar soni keskin oshib ketadi, deb hisoblashmoqda. Negaki, har kuni atigi 15 daqiqa mobil telefonda gaplashishning o‘zi miyada saraton o‘smasi hosil bo‘lishi uchun yetarlidir.
P.S. Barcha farzandi bor ota-ona tanishlaringizga yuboring, ular ham ogoh boʻlishsin!

👍41😱24👎7😁5🔥2
Nimaga suvni ikki marta qaynatib ichish zararli?
— Maʼlumki, suv tarkibida turli minerallar, oz miqdorda xilma-xil moddalar boʻlib, ushbu moddalar suv 2 marta va undan ortiq qaynatilsa, oʻzaro kimyoviy reaksiyaga kirishadi va natijada oʻta zaharli birikmalar paydo boʻladi.
— Ushbu birikmalar insonni oddiy kasallikdan tortib, saraton xastaligigacha zararlash ehtimoli mavjud. Shu sababli suvni takror-takror qaynatmang! Sogʻligʻingiz yanqinlaringiz uchun zarur 😊
P.S. Iltimos, barcha yaqinlaringizga (ayniqsa musofirlikda yurgan tanishlaringizga) ushbu postni yuboring. Bilib-bilmasdan oʻzlarini zaharlamasinlar, ogoh boʻlishsin!

👍63😱12🔥7👎5
Nimaga tish orasida qolgan narsalarni yutsa roʻza ochilish xavfi bor?
— Ramazon oyida roʻzaga aloqador savollar anchagina koʻpayadi. Shular ichidagi bir savol — tish orasidagi narsalarni yutsa, roʻza ochiladimi?
— Javob quyidagicha: agarda yutilayotgan narsa noʻxatdan kattaroq boʻlsa, uni yutishlik bilan roʻza ochiladi. Agarda noʻxatdan kichik boʻlsa, roʻza ochilmaydi, sababi – bu kattalikdagi narsa oshqozongacha bormaydi.
© Hasan domla Qodirov
P.S. Roʻzador yaqinlaringizga yuborib qoʻying 😊

👍75👎5🔥3😁3😱3
Nimaga farzandni "hozir kuchukka berib yuboraman" deb qoʻrqitib boʻlmaydi?
— Koʻpchilik ota-onalar sabrsizlik yoki bilimsizlik natijasida farzandlarini qoʻrqitadilar. Iltimos, bolangizni nima qilishidan qatʼiy nazar qoʻrqitmang, sabrli boʻling!
— Ayniqsa "Hozir kuchuklarga berib yuboraman" deb hech qachon qoʻrqitmang. Bu bolangizning ruhiyatini buzilishiga olib keladi va kuchuklarga nisbatan qoʻrquv hosil boʻladi. Bu holatda ong osti "kuchuk", "it" soʻzlarini xavf uygʻotuvchi sifatida qabul qiladi, vaqt oʻtgandan soʻng esa aynan shu soʻzlarni eshitganida bolangizda avtomatik ravishda qoʻrquv hissi uygʻonadi.
— Eng yomoni – farzandingiz katta boʻlganida ovozi yoʻgʻon kishilar bilan hadiksirab, qoʻrquv aralash gaplashadigan boʻlib qoladi. Demak, farzandingizni qoʻrqoq boʻlib yetishmasligini xohlasangiz, bunday (va boshqa istalgan turdagi) qoʻrqitishdan tiyilganingiz maʼqul!
© Anvar Abduqayum
P.S. Farzandi bor tanishlaringizga albatta ushbu postni ulashing 😊

👍104👎11😁4😱4👏1
Nimaga brendlarda ® belgisi ishlatiladi?
— Bilasimi, ® belgisi roʻyxatdan oʻtgan tovar belgisining tipografik belgisi boʻlib, u birinchi marta 1946-yilda AQShning savdo belgisi toʻgʻrisidagi qonunida paydo boʻlgan. U inglizcha “registered” soʻzidan olingan boʻlib, “roʻyxatdan oʻtgan” degan maʼnoni anglatadi. Yaʼni ushbu belgini ishlatayotgan brendlar davlatning maʼlum muassasalaridan roʻyxatdan oʻtgan.
— Ushbu belgini "R" harfi shaklida yoki "savdo belgisi" soʻzlari shaklida ham uchratish mumkin.
P.S. Katta kompaniya qurishni maqsad qilgan yaqinlaringizga yuboring! Ularning brendlari ham TOP darajaga chiqishi tilakdoshimiz! 😊

👍93😁9🔥6👎5😱3
Nimaga nomofobiya kasalligiga chalinganlar borgan sari koʻpayib bormoqda?
— Nomofobiya — telefonsiz qolish qoʻrquvi boʻlib, yildan yilga bu psixologik kasallikka chalinganlar koʻpayib bormoqda. Bu kasallik 2010-yilda rasman tan olingan boʻlib, atama "No mobile phone phobia" iborasining qisqartmasi hisoblanadi.
— Statistik maʼlumotlarga qaraganda odamlarning qariyb 10%i telefonga qaram boʻlib, sayyoramizdagi smartfoni bor insonlarning 70%i "sotka"laridan deyarli ajralishmaydilar. Buning sababi oddiy, zamon talabi, koʻpchilik smartfonsiz ishlay olishmaydi.
P.S. Smartfonini sevadigan va yigʻilishlarda ham undan ajralgisi kelmaydigan oʻrtoqlaringizga yuboring! Ular yolgʻiz emaslar! 😁

👍126😁28😱13👎7
Nimaga nutqimizda parazit pauzalar mavjud?
— Bilasizmi, nutqimizdagi "ааа", "ыыы", "ымм" kabi parazit pauzalar paydo boʻlishining asosiy sababi soʻz boyligimizning kamligi va muloqot tajribasining yetarli emasligi hisoblanadi.
— Ushbu muammodan tezroq qutilish uchun har kuni kamida 30 bet badiiy kitob oʻqishingiz va oʻz nutqingizni tasvirga olib, tahlil qilishingiz kerak. Agarda shu mashqlarni 1 oy davomida bajarsangiz, oʻzingizda boʻlgan oʻzgarishdan hayratga tushasiz.
© Najot Nur
P.S. Suhbatlarda koʻp adashadigan va nutqini rivojlantirmoqchi boʻlgan tanishlaringizga ushbu postni yuboring!

👍348😁34👎11🔥11😱9
Nimaga roʻzaning soʻngi 10 kunligi roʻzadorlarning doʻzaxdan ozod qilinadigan kunlar deb ataladi?
— Ramazonning oxirgi o‘n kunining bir nechta fazilatlari bor bo‘lib, ulardan biri quyidagichadir: Bu kunlarning fazilati sababli Alloh taolo bandalarini do‘zaxga kirishdan ozod qiladi.
— Bu haqida Salmon al-Forisiy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “...U (Ramazon) uning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat, oxiri do‘zaxdan ozod qilish bo‘lgan oydir....”, deganlar. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
— Ro‘zadorlar birinchi o‘n kunlikda Allohning rahmatiga sazovor bo‘lib, ikkinchi o‘n kunlikda gunohlari mag‘firat qilinib, uchinchi o‘n kunlikda esa, do‘zaxdan ozod qilinadi. Shuning uchun, har kim bu ulug‘ kunlarni g‘animat bilib, foydalanib qolish lozim.
© Madaminov Shokirjon (“Ko‘kaldosh” Toshkent o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi)
P.S. Yaqinlaringizga ushbu postni ulashing, eslating va savob oling!

👍361🔥8👎7😁7😱5
Nimaga biz oʻz obunachilarimiz bilan tanishmasligimiz kerak? Sabab yoʻq, demak tanishib olishga nima deysiz? 😊
Yoshingiz nechada?
Yoshingiz nechada?
Anonymous Poll
30%
18 dan kichik
36%
18-24 oraligʻida
18%
25-30 oraligʻida
16%
30 dan katta
👍495🔥60😁57😱33👎29❤1👏1
Nima bilan shugʻullanasiz?
Anonymous Poll
55%
Talaba/Oʻquvchiman
14%
Uy bekasi/Vaqtincha ishsizman
18%
Davlat idorasida ishlayman
13%
Mustaqil tadbirkorman
👍360😁63🔥42👎32😱9❤2
Qanday mavzularga qiziqasiz?
Anonymous Poll
30%
Koʻngilochar mavzular (kinolar, kliplar, musiqa, komediya...)
33%
Ilmiy mavzular (faktlar, tadqiqodlar...)
18%
Tarixiy mavzular (qiziqarli, hayratlanarli voqealar...)
13%
IT mavzulari (zamonaviy texnologiyalarga oid barcha maʼlumotlar...)
5%
Badiiy mavzular (ertaklar, qissalar, sheʼrlar, kitoblar...)
👍564🔥83😁63👎42😱32🤩1
Nimaga qushlarni tok urmaydi?
— Bu bolalar beradigan va javob topish istalgan yoshdagi kishini qiynab qoʻyadigan savollardan biri hisoblanadi. Xoʻsh, bu holatni qisqa qilib qanday tushuntirish mumkin?
— Gap kabellarda turgan qushlarning faqat kabel boʻylab turishi va oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi boʻlib qolishidir. Qushlarning oyoqlari orqali oʻtadigan tok katta qarshilikka uchramaydi va bu qushga zarar yetkazmaydi. Agarda qush shu holatda metallga yoki yerga tegsa bir zumda kulga aylanishi hech gap emas.
P.S. Barcha yaqinlaringizga yuboring, zero istalgan yosh bolachalar istagan kishisiga bundan kuchli savollar berib qolishi mumkin 😅

👍308😁75🔥29👎24😱21🤩2
Nimaga odamlar yolgʻon gapirishadi?
— Yolgʻon gapirish – bolalikdan shakllanadigan ijtimoiy "mahorat" hisoblanadi. Yaʼni hech kim yolgʻon gapirish qobiliyati bilan tugʻilmaydi, balki bolalikdan atrofidagi odamlarga taqlid qilib buni oʻrganadi.
— Yolgʻon gapirishning asosiy sabablaridan biri – odam oʻzini boshqalarda yaxshi taassurot uygʻotishga harakat hisoblanadi. Psixolog Robert Feldman tadqiqotlariga koʻra insonga yolgʻonchilik odati shu qadar moslashib oladiki, inson baʼzida nutqi davomida yolgʻon ishlatayotganini hatto anglamaydi.
P.S. «Albatta, Alloh haddan oshuvchi, yolg‘onchi kimsalarni hidoyat qilmas» (Gʻofir surasi, 28). Yaqinlaringizga ulashing, eslating va savob oling!

👍453🔥39😱29😁18👎13🤩1
Nimaga biz har safar narsalarni qayerga qoʻyganimizni unutib qoʻyaveramiz?
— Miyamizda shunday mehnatsevar hujayralar borki, ular doimo maxsus gormon ishlab chiqarib, keraksiz xotiralarni tozalab turishadi. Ushbu gormon nisbatan koʻp ishlab chiqilishi uyqu vaqtiga toʻgʻri kelar ekan. Shu sababli ham koʻp tushlarimizni eslay olmaymiz.
— Tadqiqotlar shuni isbotladiki, miyamiz zavq beruvchi signallar bilan hosil boʻlgan xotiralarni yaxshi eslab qolar ekan. Demak, qandaydir narsangizni qayergadir qoʻysangiz, oʻsha vaqtda nimadir bilan oʻzingizni xursand qilib qoʻying, boʻlmasa 2 soat oʻsha narsani qidirishingizga toʻgʻri keladi.
P.S. Hayoli parishon tanishlaringizga yuboring 😁

👍389😁190🔥18😱16👎14🤩1
Nimaga Arafa kuni eng fazilatli kunlardan biri hisoblanadi?
— Arafa kunidan ko‘ra do‘zaxdan ko‘p ozod bo‘ladigan kun yo‘q. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kuni, Alloh bandalarni do‘zaxdan ko‘p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo‘q!” (Imom Muslim rivoyati).
— Bu kun qilingan duolar eng afzal duodir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning yaxshisi arafa kunidagi, men va mendan oldingi nabiylarning “Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr”, deb aytgan duosidir”, dedilar.
— Ma’nosi: “Yakkayu yolg‘iz Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q.Mulk Unikidir. Unga hamd bo‘lsin. U har bir narsaga Qodirdir” (Imom Termiziy rivoyati).
P.S. Allohim sizlarni, ota-onalaringizni, farzandlaringizni, do‘st-u birodarlaringizni va barcha mo‘min-musulmonlarni jahannam olovidan asrasin 🤲

👍314🔥20👎11😱8😁4❤1
Nimaga yaqinlaringizga ushbu postni hoziroq ulashishingiz shart?
— Ushbu post Ramazon hayiti kuni qilinadiganlar amallarni eslatish uchun maxsus tayyorlangan boʻlib, bu amallarni yaqinlaringizga ulashib, savob olishingizni ixtiyor etdik! Bilasizki, hayit buyuk ne'mat beruvchi zotga shukr qilinadigan, cheksiz fazlini e'tirof qilib, ne'matlarni izhor qilinadigan kundir.
— Hayit kuni quyidagi ishlar haqida muslim.uz sayti yozmoqda.
• g‘usl qilish;
• misvok ishlatish;
• xushbo‘ylik surish;
• chiroyli yangi kiyim kiyish (yangisi bo‘lmasa, yuvilganini kiyish);
• masjidga chiqishdan oldin fitr sadaqasini berish;
• masjidga chiqishdan oldin biror narsa tanovul qilish;
• masjidga bir yo‘ldan borib, uyga boshqa yo‘ldan qaytish;
• masjidga ketishda jahriy takbir aytmaslik (ya'ni Abu Hanifa (rahmatullohi alayh) qurbon hayitiga ketishda, ko‘chada jahriy (ovoz chiqarib) takbir aytilganidek, ro‘za hayitida aytilmaydi, deb ta'kidlaydilar);
• hayit namozidan oldin masjidda nafl namoz o‘qimaslik;
• namozdan keyin ota-ona, qarindosh-urug‘lar va yaqinlarni ziyorat qilish;
• yetimlar, miskinlar, faqirlar hamda muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, ularning holidan xabar olish va mehr ko‘rsatish;

👍269🔥14👎10😁4😱4❤1
Nimaga inson yurganida va yugurganida qoʻllari harakatga keladi?
— Amerikalik mashhur genetik olim, biolog Stiven Kollinz biologik muhandislikning eng so'nggi usullaridan foydalangan holda, insonning yurishi juda murakkab jismoniy modelga ega ekanligini aniqlay oldi. Bu juda koʻpchilik olimlarning hayratiga sazovor boʻlgan hodisa edi.
— Yurish vaqtida qo'llar dinamik muvozanatni saqlovchi og'irliklar rolini o'ynaydi, bu esa odamning tik turgan holda harakatlanishiga imkon beradi. Shu bilan birga, ma'lum bo'lishicha, qo'llarning ritmik harakati – harakatni osonlashtiradi va energiya sarfini 12% ga kamaytiradi.
— Atletlar ham eng avvalo qoʻllarni toʻgʻri harakatlantirib yugurishni oʻrganishadi. Agar insonda qoʻllar boʻlmaganida, yugurish boʻyicha qoʻyilgan rekordlar ham bu qadar boʻlmas edi!
P.S. Insonning har bir tana aʼzosini oʻnlab vazifani bajara oladigan qilib yaratgan Allohga hamdlar boʻlsin!

👍813🔥61😱21😁12👎9❤1🤩1