tgoop.com/Nimaga/1256
Last Update:
Nimaga Arafa kuni eng fazilatli kunlardan biri hisoblanadi?
— Arafa kunidan ko‘ra do‘zaxdan ko‘p ozod bo‘ladigan kun yo‘q. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kuni, Alloh bandalarni do‘zaxdan ko‘p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo‘q!” (Imom Muslim rivoyati).
— Bu kun qilingan duolar eng afzal duodir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning yaxshisi arafa kunidagi, men va mendan oldingi nabiylarning “Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr”, deb aytgan duosidir”, dedilar.
— Ma’nosi: “Yakkayu yolg‘iz Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q.Mulk Unikidir. Unga hamd bo‘lsin. U har bir narsaga Qodirdir” (Imom Termiziy rivoyati).
P.S. Allohim sizlarni, ota-onalaringizni, farzandlaringizni, do‘st-u birodarlaringizni va barcha mo‘min-musulmonlarni jahannam olovidan asrasin 🤲
👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
BY NIMAGA?

Share with your friend now:
tgoop.com/Nimaga/1256
