tgoop.com/Nimaga/1239
Last Update:
Nimaga Uill Smit sahnaga chiqib, boshlovchiga shapaloq tushirdi?
— Hozirda hamma muhokama qilayotgan 2022-yilgi Oskar taqdirlash marosimida aktyor Uill Smit jonli efirda tadbir boshlovchisi, komik Kris Rokga tarsaki tushirganini sababini koʻpchilik tushunishmayapti.
— Barchasiga boshlovchining Uill Smitning rafiqasi, aktrisa Jada Pinkett Smit haqida hazillashgani sabab boʻlgan. U "Jada, men seni yaxshi ko'raman. Men "Askar Jeyn 2" chiqishini kuta olmayman”, degan va Jadaning kalta “askarlarnikidek” soch turmagini mazax qilgan. Uill Smit bu kulgiga chiday olmadi va hazilkashga mushti bilan javob berishga qaror qilgan.
— Uill Smitning ayoli o'tgan yili depressiya bilan bog'liq muammo sababli sochini oldirgani keyinchalik maʼlum boʻldi.
P.S. Notoʻgʻri vaqtda hazil qiladigan oʻrtoqlaringizga yuboring 😁
👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
BY NIMAGA?

Share with your friend now:
tgoop.com/Nimaga/1239
