Telegram Web
‼️ Oʻqituvchilar uchun tashkil qilingan tanlov natijalari!

Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda umumta’lim maktablarining informatika fani oʻqituvchilari uchun ajoyib tanlovga start berganligi haqida xabar bergan edik.

👇 Tanlov shartlariga koʻra oʻqituvchilar quyidagi talablarni bajarishlari kerak edi:
- oʻqituvchi http://uzbekcoders.uz platformasi dasturlaridan birini tugatgan boʻlishi kerak;
- o'qituvchining oʻquvchilari “One Million Uzbek Coders” kurslarini 20-aprelgacha yakunlagan boʻlishi kerak.

Top-100 talik roʻyxatiga kiritilgan har bir informatika fani oʻqituvchisi 4 900 000 soʻm miqdoridagi pul mukofotiga ega boʻladi!

Yaqin orada gʻolib oʻqituvchilar roʻyxatini e’lon qilamiz.
‼️ Итоги конкурса для учителей!

Ранее мы объявляли о запуске конкурса для учителей информатики в общеобразовательных школах, организованного Министерством по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан совместно с Министерством народного образования.

👇 По условиям конкурса учителя должны были выполнить следующие требования:
- завершить одну из программ платформы uzbekcoders.uz;
- а также ученики преподавателя должны были завершить курсы One Million Uzbek Coders до 20 апреля.

Каждый преподаватель информатики, попавший в список топ-100, получит денежное вознаграждение в размере 4 900 000 сумов!

Уже совсем скоро объявим список учителей победителей.
🤓Dasturchilarning 5 ta zararli odati

1️⃣Kodga berilgan tanqidni ko‘tara olmaslik
Yaxshi dasturchilar har doim o‘zlari yozgan kod haqida ochiq muloqotga tayyor bo‘lishadi va tanqidlarni yaxshi qabul qilib, yozayotgan kodlarini yana ham yaxshilashga urinishadi.

2️⃣Erta taslim bo‘lish
Ko‘p dasturchilar muammolarga yechimni topishga bir oz qolganda, so‘nggi daqiqalarga kelib, taslim bo‘lishadi.

3️⃣Boshqa dasturchilarning fikrlarini e’tiborga olmaslik
Rivojlanishning eng yaxshi usullaridan biri – bu boshqa tajribali dasturchilar bilan ishlashdir. Boshqa dasturchilarning fikrlariga e’tiboringizni qarating.

4️⃣Oddiy masalalarning yechimini murakkablashtirish
Oddiy vazifalar uchun chalkash yechimlarni o‘ylab topmang

5️⃣Ishlashda noto‘g‘ri vositalardan foydalanish
Shuni esda tutish joizki, siz turli xil muammolarni yechish uchun bir xil vositalardan foydalana olmaysiz. Turli xil texnologiyalar, tillar va freymvorklardan foydalanishga tayyor bo‘lishingiz kerak.

🎯Ushbu odatlardan xalos bo‘lish va to’g’ri odatlarni rivojlantirish, dasturchilar uchun professional yo’lida katta rol oynaydi.
🤓5 вредных привычек программистов

1️⃣Неадекватно реагировать на критику вашего кода.
Лучшие программисты всегда готовы на простой и открытый диалог по поводу написанного ими кода и всегда готовы улучшить его.

2️⃣Слишком рано сдаваться
Очень многие программисты подходят настолько близко к решению проблемы, но в последний момент опускают руки, так и не решив проблему.

3️⃣Игнорирование мнения других разработчиков
Одним из наилучших способов развития считается парное программирование с более опытным разработчиком. Обращайте внимание на мнение других разработчиков.

4️⃣Усложнение решения несложных задач
Не создавайте сбивающих с толку решений для несложных задач.

5️⃣Использование неверных инструментов для работы
Важно помнить, что нельзя применять одни и те же инструменты для решения разных задач. Следует быть готовым к использованию различных технологий, языков и фреймворков.

🎯Избавление от этих привычек и развитие полезных привычек, сыграют важную роль на профессиональном пути программистов.
🏋🏼Dasturlash — bu sport! Sizchi, buni bilarmidingiz?

⁉️Sport dasturlash — bu tezlikka kubik rubik yig‘ish yoki shaxmat o‘ynashga o‘xshagan intellektual o‘yinlarning bir turi hisoblanadi. “Sportchi”ning maqsadi – raqiblarini ortda qoldirib, berilgan vazifalarni tez va xatosiz bajarishdir. Ko‘pincha dasturchilar 3 kishilik jamoada ishlashadi, ammo baʼzida yakkalik turnirlari ham bo‘lib turadi.

Sport dasturchilari kamdan-kam uchraydi — ular dunyodagi barcha dasturchilar umumiy sonining taxminan 4,5 foizini tashkil qiladi. Murakkab vazifalarni qisqa vaqt ichida ishlash, nostandart yechimlar topish, jamoada ishlash va murakkab vositalardan foydalanish — ko‘p ish beruvchilar tomonidan qadrlanadigan ko‘nikmalardir.

📌Sport dasturchisi bo‘lish uchun universal qoidalar mavjud emas, albatta quyidagi ikkalasidan tashqari: doimiy ravishda o‘z ustida ishlash va dasturlash jarayonning o‘zidan bahra olish.
🏋🏼Программирование- это спорт! А вы знали это?

⁉️Спортивное программирование — это одна из разновидностей интеллектуальных игр, которая стоит в одном ряду с шахматами или сборкой кубика Рубика на скорость. Цель «спортсмена» — быстро и безошибочно найти решение проблемы, обойдя конкурентов. Обычно программисты работают в команде по три человека, но бывают и одиночные турниры.

Спортивные программисты встречаются редко — их примерно 4,5% от общего числа разработчиков в мире. Умение быстро решать комплексные задачи, находить нестандартные ответы, работать в команде и пользоваться сложными инструментами- именно эти навыки ценят большинство работодателей.

📌Универсальных правил становления спортивным программистом нет, за исключением двух: постоянно практикуйтесь и находите радость в самом процессе.
👀Community Uzbek Coders platformasi haqida bilasizmi?

Community Uzbek Coders- bu blog platformasi bo'lib, unda har bir kishi
ro’yxatdan o’tib, o’z mualliflik maqolalarini nashr etishlari mumkin.

Foydalanuvchilar dasturlash, marketing, dizayn va menejment kabi bir qator mavzulardagi maqolalarini nashr etadilar.

Platformada siz xabarlarga sharh berishingiz va baho berishingiz mumkin. Shuningdek, platforma foydalanuvchilari ma'lum bir muallifga obuna bo'lish yoki ma'lum bir nashrning obunachisi bo'lish imkoniyatiga ega.

👇🏻Platforma bilan tanishish uchun havolani bosib o'ting: https://community.uzbekcoders.uz
👀А вы знаете про платформу Community Uzbek Coders?

Community Uzbek Coders- это блог-платформа, где каждый желающий может зарегистрироваться и опубликовать авторскую статью или пост.

Пользователи публикуют статьи на ряд тем, как программирование, маркетинг, дизайн и менеджмент.

На платформе можно комментировать записи и оценивать. Также пользователи платформы имеют возможность подписаться на того или иного автора, или же стать подписчиком конкретной публикации.

👇🏻Переходите по ссылке, чтобы ознакомиться с платформой: https://community.uzbekcoders.uz
💙One Million Uzbek Coders jamoasi barcha jajji bolajonlarni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan chin qalbdan tabriklaydi!

Dunyodagi barcha bolalar mehr va g‘amxo‘rlik qurshovida, har doim xavfsizlikda va zararli narsalardan uzoqda bo‘lishsin.

Biz esa, kattalar, bolajonlarimizni baxtli va quvonchli ko‘rish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz!

🎈 Bayramingiz muborak bo‘lsin!
💙Команда One Million Uzbek Coders от всей души поздравляет самых маленьких с Днём защиты детей!

Пусть дети всего мира будут окружены заботой и теплом, а также будут в безопасности и вдали от всего, что может навредить.

А мы, взрослые, постараемся сделать все, чтобы видеть детишек счастливыми и радостными!

🎈 С праздником!
🧐Dasturchilarning qanday darajalari mavjud va ular O‘zbekistonda qancha daromad topishadi?

1️⃣Junior – dasturlash sohasiga endi kirib kelgan dasturchi. U dasturlash tilining sintaksisini o‘zlashtirgan va eng oddiy dasturlarni/skriptlarni yoza oladi.

O‘rtacha ish haqi 4,000,000 so‘mdan boshlanadi

2️⃣Middle – dasturlash sohasida allaqachon tajribaga ega bo‘lgan dasturchi. U allaqachon murakkab vazifalarni o‘zi bajara oladi, lekin unga yo‘nalish ko‘rsatib turish kerak.

O‘rtacha ish haqi 6,000,000 so‘mdan boshlanadi

3️⃣Senior – keng dunyoqarashga ega dasturchi. Senior-dasturchi bir nechta dasturlash tillarini biladi, loyihaning arxitekturasini noldan ishlab chiqa oladi, yangi loyiha rivojlanishini hisobga olgan holda texnik vazifaga mos tushadigan texnologik to‘plamni tanlay oladi.

O‘rtacha ish haqi 10,000,000 so‘mdan boshlanadi

Bir darajadan ikkinchisiga o‘tish vaqt talab etadi. Dasturchi faqat rivojlanishga harakat qilishi kerak. Yangi tillar va texnologiyalarni o‘rganish orqali dasturchi o‘z texnik tajribasini oshirib boradi va bu esa unga boshqa darajaga ko‘tarilishiga imkon beradi.

🤩Siz qanday dasturchisiz? Javoblaringiz bilan izohlarda bo‘lishing
🧐Какие бывают грейды разработчиков и сколько они получают в Узбекистане?

1️⃣Junior — разработчик, который только начал свой путь в программировании. Человек освоил синтаксис языка и может писать простейшие программы/скрипты.

Средняя зарплата от 4,000,000 млн сум

2️⃣Middle — разработчик, который уже имеет некоторый опыт в программировании. Он уже может самостоятельно выполнять сложные задачи, но ему необходимо указать направление.

Средняя зарплата от 6,000,000 млн сум

3️⃣Senior — разработчик с широким кругозором. Такой специалист знает несколько языков программирования, может с нуля реализовать архитектуру проекта, выбрать стек технологий, подходящий под техническое задание с учетом будущего развития проекта.

Средняя зарплата от 10,000,000 млн сум

Переход между уровнями происходит со временем, если разработчик стремится к постоянному развитию. При изучении новых языков и технологий технический бэкграунд программиста растет и этот переход становится возможным.

🤩Поделитесь в комментариях какой вы разработчик
📚Dasturchilar o'qishi kerak bo'lgan biografiya kitoblari to'plami.

💡Dasturlashni yangi boshlaganlarda ko'pincha: vaqtni qanday boshqarish, o’zini motivatsiya qilish, xavf-xatarlardan qanday qochish, muammolarni hal qilish kabi savollar mavjud bo’ladi. Ushbu savollarga javoblarni kitoblardan topish mumkin.

🤩 Karuselda biz siz uchun IT sohasidagi qiziqarli va taniqli shaxslar biografiya kitoblari to'plamini tayyorladik.

——

📚Сборник биографий, которые следует прочесть программистам.

💡 У новичков часто возникают такие вопросы, как: как управлять временем, как мотивировать себя, как избегать рисков, как решать проблемы. Ответы на эти вопросы можно найти в книгах.

🤩 В карусели подготовили для вас сборник биографических книг интересных и известных людей в сфере IT.
🤳🏻Hard skills va Soft skills: dasturchi qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak?

Hard skills – bu maktab va OTM, kurslarda, ish joyingizda o‘rganiladigan ko‘nikma. Ko‘pincha ular intervyudan oldin test yordamida tekshiriladi.

Soft skills- sizning emotsional intellekt, mas’uliyat, boshqalar bilan chiqishib ketish hamda jamoada ishlash qobiliyatingizni aniqlaydi.

LinkedIn taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, eng kerakli hard skills quyidagilardir:
- bulutli hisoblash;
- ma’lumotlar tahlili;
- sun’iy intellekt bilan ishlash;
- UX dizayn;
- biznes-anlitika;


Katta talabga ega soft skills:
- ijodkorlik;
- emotsional intellekt;
- jamoada ishlash qobiliyati;
- natijaga intilish;
- tez moslashib ketish qobiliyati;


🤓IT sohasida samarali faoliyat yuritish uchun doimiy ravishda hard va soft skillaringizni oshirib borishingiz kerak.
🤳🏻Hard skills и Soft skills: какие навыки нужны программисту?

Hard skills — это навыки, которые получают в школе и вузе, на курсах, на рабочем месте и так далее. Часто их проверяют перед собеседованием с помощью тестовых заданий.

Soft skills определяют уровень эмоционального интеллекта, ответственность, умение общаться с людьми и работать в команде

По данным LinkedIn, самые востребованные hard skills сегодня:
- облачные вычисления;
- анализ данных;
- работа с искусственным интеллектом;
- UX-дизайн
- бизнес-аналитика;


Самые востребованные soft skills:
- креативность;
- эмоциональный интеллект;
- умение работать в команде;
- нацеленность на результат;
- умение адаптироваться;


🤓Чтобы построить успешную карьеру в IT, необходимо регулярно прокачивать гибкие и жёсткие навыки.
Forwarded from IT Park Uzbekistan
‼️ Oʻqituvchilar tanlovi natijalari!

Doʻstlar, biz tanlov gʻolibi bo'lgan TOP-100 informatika oʻqituvchilari roʻyxatini va 4 900 000 soʻm miqdoridagi (soliq toʻlovlari bilan) pul mukofotlari egalarini eʼlon qilishga tayyormiz!

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan umumtaʼlim maktablarida informatika oʻqituvchilari tanlovi boshlangani haqida xabar bergan edik.

➡️ Oʻqituvchilar roʻyxati bilan havolada tanishishingiz mumkin: https://clck.ru/VuFkL
2025/06/28 13:58:19
Back to Top
HTML Embed Code: