tgoop.com/millionuzbekcoders/168
Last Update:
🤓Dasturchilarning 5 ta zararli odati
1️⃣Kodga berilgan tanqidni ko‘tara olmaslik
Yaxshi dasturchilar har doim o‘zlari yozgan kod haqida ochiq muloqotga tayyor bo‘lishadi va tanqidlarni yaxshi qabul qilib, yozayotgan kodlarini yana ham yaxshilashga urinishadi.
2️⃣Erta taslim bo‘lish
Ko‘p dasturchilar muammolarga yechimni topishga bir oz qolganda, so‘nggi daqiqalarga kelib, taslim bo‘lishadi.
3️⃣Boshqa dasturchilarning fikrlarini e’tiborga olmaslik
Rivojlanishning eng yaxshi usullaridan biri – bu boshqa tajribali dasturchilar bilan ishlashdir. Boshqa dasturchilarning fikrlariga e’tiboringizni qarating.
4️⃣Oddiy masalalarning yechimini murakkablashtirish
Oddiy vazifalar uchun chalkash yechimlarni o‘ylab topmang
5️⃣Ishlashda noto‘g‘ri vositalardan foydalanish
Shuni esda tutish joizki, siz turli xil muammolarni yechish uchun bir xil vositalardan foydalana olmaysiz. Turli xil texnologiyalar, tillar va freymvorklardan foydalanishga tayyor bo‘lishingiz kerak.
🎯Ushbu odatlardan xalos bo‘lish va to’g’ri odatlarni rivojlantirish, dasturchilar uchun professional yo’lida katta rol oynaydi.
BY One Million Uzbek Coders

Share with your friend now:
tgoop.com/millionuzbekcoders/168