tgoop.com/millionuzbekcoders/166
Last Update:
‼️ Oʻqituvchilar uchun tashkil qilingan tanlov natijalari!
✅ Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda umumta’lim maktablarining informatika fani oʻqituvchilari uchun ajoyib tanlovga start berganligi haqida xabar bergan edik.
👇 Tanlov shartlariga koʻra oʻqituvchilar quyidagi talablarni bajarishlari kerak edi:
- oʻqituvchi http://uzbekcoders.uz platformasi dasturlaridan birini tugatgan boʻlishi kerak;
- o'qituvchining oʻquvchilari “One Million Uzbek Coders” kurslarini 20-aprelgacha yakunlagan boʻlishi kerak.
Top-100 talik roʻyxatiga kiritilgan har bir informatika fani oʻqituvchisi 4 900 000 soʻm miqdoridagi pul mukofotiga ega boʻladi!
✨ Yaqin orada gʻolib oʻqituvchilar roʻyxatini e’lon qilamiz.
BY One Million Uzbek Coders

Share with your friend now:
tgoop.com/millionuzbekcoders/166