tgoop.com/millionuzbekcoders/176
Last Update:
🧐Dasturchilarning qanday darajalari mavjud va ular O‘zbekistonda qancha daromad topishadi?
1️⃣Junior – dasturlash sohasiga endi kirib kelgan dasturchi. U dasturlash tilining sintaksisini o‘zlashtirgan va eng oddiy dasturlarni/skriptlarni yoza oladi.
O‘rtacha ish haqi 4,000,000 so‘mdan boshlanadi
2️⃣Middle – dasturlash sohasida allaqachon tajribaga ega bo‘lgan dasturchi. U allaqachon murakkab vazifalarni o‘zi bajara oladi, lekin unga yo‘nalish ko‘rsatib turish kerak.
O‘rtacha ish haqi 6,000,000 so‘mdan boshlanadi
3️⃣Senior – keng dunyoqarashga ega dasturchi. Senior-dasturchi bir nechta dasturlash tillarini biladi, loyihaning arxitekturasini noldan ishlab chiqa oladi, yangi loyiha rivojlanishini hisobga olgan holda texnik vazifaga mos tushadigan texnologik to‘plamni tanlay oladi.
O‘rtacha ish haqi 10,000,000 so‘mdan boshlanadi
Bir darajadan ikkinchisiga o‘tish vaqt talab etadi. Dasturchi faqat rivojlanishga harakat qilishi kerak. Yangi tillar va texnologiyalarni o‘rganish orqali dasturchi o‘z texnik tajribasini oshirib boradi va bu esa unga boshqa darajaga ko‘tarilishiga imkon beradi.
🤩Siz qanday dasturchisiz? Javoblaringiz bilan izohlarda bo‘lishing
BY One Million Uzbek Coders

Share with your friend now:
tgoop.com/millionuzbekcoders/176