tgoop.com/hasankhojaBlog/1536
Last Update:
SAODAT
“Today” gazetasi tarixda eng uzoq vaqt davom etgan tadqiqot haqida xabar tarqatdi. Bu tadqiqot 85 yil davom etgan. Tadqiqotni Garvard universiteti olib borgan. Mavzu "haqiqiy baxt nimada?", degan mavzu edi!
Bu tadqiqotda yuzlab tadqiqotchilar ishtirok qilishdi. Minglab kishilarning hayot yo‘lini kuzatishdi. Yuzlab tahqiqlar va solishtirishlar olib borishdi. Ota-o‘g‘illarni, er-xotinlarni, bobo va nabiralarni, boylar va faqirlarni, mashhurlar va oddiy insonlarni o‘rgarishdi. Oxirida xulosa quyidagicha bo‘ldi:
"Saodat rohat va hordiq chiqarishda emas, saodat mol-davlatda emas, saodat ishdagi yutuqda emas ekan. Haqiqiy saodat o‘zaro aloqalarni shakllantirish, rohatbahsh do‘stlik va sevilish va sevishdadir!".
Atrofida ahboblari bo‘lgan kishilar omonlikdadirlar. Modomiki, xonadoningiz muhabbatla iliq ekan, tashqi sovuq aloqalar uni buza olmaydi!
Modomiki, oila mustahkam ekan, tashqaridan uni hech kim vayron qila olmaydi!
Modomiki, uyingiz jannat ekan, tashqi olamning do‘zaxligi unga ta’sir qila olmaydi!
Buning aksi ham bo‘lishi mumkin!
Oilangizda e’tiboringiz bo‘lmasa, butun olam sizni qadrlashining nima foydasi bor?!
Yaxshi shirkatingiz bo‘lsa-yu, uyingiz bir uyum tosh bo‘lsa bundan nima foyda?!
To‘g‘ri, mol juda muhim. Buni aqlli inson inkor qilmaydi. Diplom kerak bo‘ladi. Ishda muvaffaqiyat kerak. Ammo saodat bularga erishishda emas, ularni qanday ishlatishda!
Saodat senga ikki ko‘zini fido qila oladigan ayoling borligidadir!
Saodat tikanning qalbiga kirishiga rozi, ammo sening oyog‘ingga kirishiga rozi bo‘lmagan turmush o‘rtog‘ing borligidadir!
Saodat seni o‘ziga o‘rnak deb biladigan farzandlaring borligidandir!
Saodat senga tayanch bo‘la oladigan, dunyo yuz o‘girganda senga aso bo‘la oladigan do‘stlarning borligidadir!
Saodat bu sendan rozi otang va onangning borligida!
Saodat bu biringiz yurak, boshqa biringiz uning urishi kabi aka-ukalaringizning borligidadir!
Saodat muhabbat asosida jamlanadigan, bir-birining qo‘lidan tutadigan qo‘shnilaringizning borligidadir!
Saodat bu sizni o’z ota-onasidek yaxshi ko’rib, yoningizda yosh boladek turadigan shogirlaringiz borligidadir!
Saodat bu baxtli bo‘lish va baxtli qilishda, sevish va sevilishda, yoqtirish va yoqishda hamda bularning bari Alloh rizosi uchun bo‘lishidadir!
BY Hasankhoja Muhammad Sodiq
Share with your friend now:
tgoop.com/hasankhojaBlog/1536