Telegram Web
Alisa endi o‘zbek tilida gapiradi: bu raqamli taraqqiyot uchun nima beradi?

🤖Yandex Uzbekistan o‘zining yangilangan AI-yordamchi — Alisani (https://alice.yandex.uz/uz/index) taqdim etdi. Endi u o‘zbek tilida ham muloqot qilish imkoniyatiga ega. Alisa “aqlli ovoz qurilma”lariga integratsiya qilingan va so‘rov qaysi tilda bo‘lishiga qarab o‘zbek va rus tillari orasida erkin almashish qobiliyatiga ega. Yangi tilni «Dom s Alisoy» ilovasida, «Virtualniy assistent» bo‘limi orqali faollashtirish mumkin.

Alisani o‘zbek tilida so‘zlashishga o‘rgatish uchun jamoa minglab dialoglar va yuzlab soat audiomateriallardan foydalandi. Loyihada professional muharrirlar, filologlar ishtirok etdi va sinov jarayonida O‘zbekistonning 13 ta hududidan 300 nafar foydalanuvchi qatnashdi. Hozirda ham Yandex Uzbekistan jamoasi Alisani yanada takomillashtirish ustida izchil ish olib bormoqda.

Alisa turli mavzularda suhbatlasha oladi va quyidagi vazifalarni bajaradi: ob-havo haqida ma’lumot beradi, ovqat tayyorlash uchun retsept taklif qiladi, o‘qishda yordam beradi, kundalik vazifalarni eslatadi, “aqlli uy” tizimini boshqaradi,  musiqa qo‘yadi,

bolalarga ertak aytib beradi — va endi bularning barchasini o‘zbek tilida amalga oshiradi. Bu o‘z navbatida, texnologiya va xizmatlarning mahalliy reallikka moslashishi qanday amalga oshirilayotganining yaqqol namunasidir.

⚙️ Alisani o‘zbek tilida ishlatish imkoni yangi va avval sotib olingan aqlli ovoz qurilmalarida mavjud.

Tilni faollashtirish uchun: «Dom s Alisoy» ilovasiga kiring → «Virtualniy assistent» → «Yazik assistenta» → «O‘zbekcha + Russkiy»ni tanlang.
1
#maqola

BMT minbarida Davlatimiz rahbari davlat tilida nutq qildilar


Milliy g‘ururimiz va ma’naviy yuksalishimiz ramzi

Yaqinda dunyo hamjamiyati diqqati markazida bo‘lgan muhim voqea yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan o‘z nutqlarini ona tilimizda — o‘zbek tilida so‘zladilar. Bu voqea xalqimiz uchun ulkan g‘urur, milliy iftixor va beqiyos ma’naviy kuch manbai bo‘ldi.

Tilning qudrati va millatning sharafi BMT kabi nufuzli xalqaro minbarda o‘zbek tili yangrashi — yurtimizning dunyo siyosiy maydonidagi nufuzini, xalqimizning milliy qadriyatlarga sadoqatini va davlatimiz rahbarining ma’naviy jasoratini yaqqol namoyon etdi. Ona tilida nutq so‘zlanishi orqali butun dunyo yana bir bor o‘zbek tilining boy imkoniyatlari, ifoda va ma’nolarga yo‘g‘rilgan qudratiga guvoh bo‘ldi.

Bu voqea nafaqat xalqimiz, balki kelajak avlod uchun ham katta ibratdir. Chunki davlat tilida nutq so‘zlash orqali Vatanga muhabbat, millatga hurmat va tarixiy merosga sadoqat ifodalandi.

Davlat tili sohasi va mas’uliyat, ayniqsa, davlat tilida ish yuritish sohasida faoliyat olib borayotganlar uchun bu voqea cheksiz g‘urur va yuksak mas’uliyat tuyg‘usini uyg‘otdi. Chunki biz yurtimizda davlat tilining amaldagi qudratini mustahkamlash, uning hayotning barcha jabhalarida to‘laqonli qo‘llanishini ta’minlash yo‘lida mehnat qilar ekanmiz, o‘zbek tilining BMT minbaridan yangrashi barcha sa’y-harakatlarimiz behuda emasligini anglatdi.

Davlatimiz rahbarining BMTdagi “o‘zbekcha nutq”lari tarixiy voqea sifatida xalqimizning xotirasidan hech qachon o‘chmaydi. Bu xalqimizning milliy o‘zligi va ma’naviy qudrati ramzi sifatida avloddan avlodga o‘tadi.

Biz bundan juda faxrlanamiz!

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sobirova Gulnoza Azimjonovna

Kanalga ulanish 👉  https://www.tgoop.com/dtrdep
37
#bilib_oling

📜Xizmat safari guvohnomasi

✔️Xodim zimmasiga safar
vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beradigan hujjatdir. Uning zaruriy qismlari:|

1. Hujjat nomi (Xizmat safari guvohnomasi).
2. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otaismi.
3. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi.
4. Boriladigan joylar (shahar yoki boshqa aholi manzillari)
va tashkilotlar nomlari.
5. Xizmat safari muddati (necha kunligi ko‘rsatiladi, dam
olish kunlari, borish va kelish kunlari ham shu muddatga kiritiladi).
6. Xizmat safariga asos bo‘lgan buyruq yoki farmoyishning tartib raqami, sanasi.
7. Guvohnomaning orqa tomonida: xizmat safarida bo‘lgan
joylar (shahar va muassasa nomlari) va u yerdan jo‘nab ketilgan vaqtlar qaydi (muhr va imzo bilan tasdiqlanadi).

📖"DAVLAT TILIDA
ISH YURITISH"
kitobidan

Kanalga ulanish 👉https://www.tgoop.com/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
6
#xalqaro_hamkorlik🟢

🗣Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida Turkiyaning Yunus Emre instituti professori, Turk tilini o‘qitish va baholash bo‘limi boshlig‘i Nursel Elmas bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Markaz va Yunus Emre instituti bilan tinglovchilarga testologiya va ta'limda sun'iy intellekt fanlaridan ma'ruzalar o‘qish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, markazlararo xodimlar almashish va malaka oshirish masalalarida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

🌎Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
❤️💗🧡💙💚🖤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Buvam gohida “xumpar” deb urishishardi. Ko’pchilik bunday dakkilardan nasibasini olgan bo’lsa kerak! “Xumpar” nimaning bolasi?

@shevashunos
Anonymous Poll
16%
Eshshakning bolasi
10%
İtning bolasi
53%
Mushukning bolasi
3%
Sigirning bolasi
9%
Qushning bolasi
8%
Bilmayamn
"O‘zbek tili" kursi tinglovchilari uchun navbatdagi imtihon bo‘lib o‘tdi 🟢

✍️ Ba'zi bir tashkilotda o‘zbek tilida muloqot qilishga, davlat tilida ish yuritishga qiynaluvchi mutaxassislar bor. Markaz tomonidan tashkil etilgan o‘zbek tili kurslari ular uchun ayni muddaodir.

📝 Kursning navbatdagi ishtirokchilari Gidrometeorologiya xizmati agentligining 15 nafar xodimlari edi. Ular uch oy mobaynida o‘zbek tilida gapirish, yozish, o‘qib tushunish hamda tinglab tushunish ko‘nikmalarini oshirdilar.
Markazning hay'at komissiyasi kurs yakunida ularning yuqoridagi ko‘nikmalarni qanchalik egallaganini sinovdan o‘tkazdi.

Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga davlat tilini bilish to‘g'risidagi sertifikatlar beriladi.

🌎Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
❤️💗🧡💙💚🖤
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
​​ARIZA

✔️Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga
biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat.

⚠️Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi
asosida tuziladi.

✔️Arizaning zaruriy qismlari:
1. Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.
2. Ariza yozuvchining turarjoyi, vazifasi, ismi, otaismi va
familiyasi.
3. Hujjatning nomi (Ariza).
4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb
topilsa).
6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otaismi bosh harflari, familiyasi.
7. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).

⚠️Shuni eslatib o‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari
barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan,
xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya.

✔️Shuningdek, ko‘pchilik arizalar
uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi.

✔️Yuqorida sanab o‘tilgan zaruriy qismlarning odatdagi joylashuvi 1-ilovada ko‘rsatildi.

⚠️Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan tushunarli qilib yozilishi kerak.

📖"DAVLAT TILIDA
ISH YURITISH"
kitobidan

Kanalga ulanish 👉https://www.tgoop.com/UZTRJ
1
Forwarded from Orif Tolib
Esse imtihoniga tayyorgarlik koʻrayotganlar uchun maxsus

Milliy sertifikat imtihonining esse sinoviga tayyorgarlik koʻrayotganlar uchun foydali boʻladigan maqolalarni yigʻib chiqdim. Marhamat, foydalaning.

••• Kanaldagi soʻz qoʻllash, tahrir va imloga oid boshqa maqolalarni oʻqib chiqish ham yozish koʻnikmangizni oʻstirishda asqatadi.


🔹 Oʻqituvchiga ham, oʻquvchiga ham birday muhim: esse qanday yoziladi?
🔹 Esse uchun mavzular
🔹 Insho va uning rejasi
🔹 Koʻpchilikning muammosi: savodxonlikni qanday oshirish mumkin?
🔹 Xatosiz yozishni mustaqil oʻrganing: eng foydali 5 usul
🔹 “Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik darslari
🔹 Yaxshi yozay desangiz
🔹 Tahrirni qanday oʻrganish mumkin – eng muhim 8 tavsiya
🔹 Tahrirga oid maqolalar

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

⚠️O‘zbek tili haqida qisqacha...

👉Video foydali bolgan bolsa YOQTIRMA (👍)ni bosib qoying va ulashing!

Kanalga ulanish 👉  https://www.tgoop.com/dtrdep
👍10
2025/10/04 22:53:43
Back to Top
HTML Embed Code: