Telegram Web
#Jarayon

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida davlat tili talablariga rioya etish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2024-yil 14-oktabrda o‘tkazilgan rayosat majlisining 171-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida reja asosida  tuman hokimligi tizimi va hududda faoliyat yurituvchi tashkilotlarda “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini o‘rganish va tanqidiy ko‘rib chiqish belgilangan.

Navbatdagi o'rganish To‘raqo‘rg‘on tumani Saroy mahalla fuqarolar yig‘inida o'tkazildi.

O‘rganish jarayonida mahalla xodimlarining ish rejalari, meʼyoriy hujjatlari, tashqi va ichki targ‘ibot vositalari o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👉  https://www.tgoop.com/dtrdep
⚡️Samarqand viloyatida bayram shukuhi...

🔰 "21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni”  hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 36 yil to‘lishi munosabati bilan viloyatning Toyloq va Pastdarg'om tumanlari markaziy ko‘chalariga, aholi gavjum joylarga ona tilimizni ulug‘lovchi targ‘ibot materiallari joylashtirildi. Bu kabi targ'ibot materiallari viloyatdagi barcha tuman (shahar)larga o'rnatiladi.

🔵 Qadring baland bo’lsin, ona tilim!

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Olmazor tumanidagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida

🗺 Olmazor tumani bo‘yicha jami 203 ta geografik obyektlarlar, ulardan:
- 4 ta mavze;
- 61 ta ko‘cha;
- 68 ta tor ko‘cha;
- 70 ta berk ko‘cha nomlari qayta ko‘rib chiqilgan va nomi o‘zgartirilgan ko‘cha nomlari tasdiqlanib, xulosa olishga erishildi hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2025-yil 25-sentabrdagi “Olmazor tumanidagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida”gi VII-15-148-14-0-K/25-sonli qarori bilan tasdiqlandi

BATAFSIL 👉 bu yerda

Kanalga ulanish 👉  https://www.tgoop.com/dtrdep
Olmazor tumani hokimligi Ishchi guruh a’zolari tomonidan tumanda noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot konstruktsiyalari, noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalar, stellolar, noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalaridan tozalash ishlari olib borilmoqda.

Natijada noqonuniy o‘rnatilgan bir nechta reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, tashqi reklama va axborot konstruktsiyalari, bannerlar demontaj qilindi.

Hurmatli tadbirkorlar Sizdan, tashqi axborot yozuvlarni, e’lonlarni, peshlavhalarni, reklama qurilmalardagi yozuvlarni tayyorlash “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.


Kanalga ulanish 👉  https://www.tgoop.com/dtrdep
2025/10/09 00:18:13
Back to Top
HTML Embed Code: