Telegram Web
“Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining maslahatchisi K.Xudoyberdiyev tomonidan Qoraxon va Sabzipoya mahallalari hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida monitoring ishlari olib borildi.

Tadbir davomida noqonuniy o‘rnatilgan reklamalar, xorijiy tilda yozilgan hamda yaroqsiz reklama bannerlari aniqlanib, ularni qonun talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan tadbirkorlarga tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Shuningdek, kirill yozuvidagi reklama matnlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tiliga o‘zgartirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilanganidek, reklama vositalarida davlat tilidan to‘g‘ri va me’yoriy foydalanish har bir tadbirkorlik subyekti uchun majburiy hisoblanadi. Ushbu talablarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha izchil nazorat ishlari davom ettiriladi.

Veb sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
📙VATANPARVARLIK..!
Vatanparvarlik deganda
— insonning qilayotgan mehnati, kasbi yoki faoliyatida o‘z Vatan manfaatini ko‘zlashi tushuniladi. Respublikamizning barcha tuman va shahar hokimliklarida davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi va davlat tili fidoiylaridan tarkib topgan ishchi guruhlar shakllantirilgan.
Ushbu ishchi guruhlar tomonidan doimiy Ona tilimizni hurmat qilish va uni asrab-avaylash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchi ekanligini yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borilmoqda.
Joriy yilning 19-sentabr kuni Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi va ishchi guruh tomonidan tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga o‘z faoliyat va xizmatlarini targ‘ib qilishda reklama yozuvlari va peshlavhalarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida va o‘zbekona so‘zlardan foydalanishlari lozimligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
✍️Sh.Bobonazarov -
Qumqo‘rg‘on tumani hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi.


Telegram
1
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Matn sarlavhasi».

✔️Aksariyat hujjatlar uchun uning mazmunini aks ettiruvchi qisqa va aniq sarlavha bo‘lishi kerak.

✔️Tashkilot nomidan so‘ng katta harflar bilan yoziladi. Masalan: «QOMUSLAR BOSH TAHRIRIYATI» NOMINI VA TUZILMASINI QAYTA TASHKIL ETISH HAQIDA». Hujjatning chap tomonidagi yuqori burchakda (ba’zi hollarda o‘rtaga) blanka rekvizitlaridan so‘ng qo‘yiladi.

✔️A 5 (148x210) o‘lchamidagi hujjatlarda va telegrammalarda matnga sarlavha qo‘yilmasligi mumkin.

Kanalga ulanish 👉 https://www.tgoop.com/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Jadid” gazetasining 2025-yil 19-sentyabrdagi 38-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

🔘Abdulla QAHHOR:
TO‘YLAR MUBORAK...
🔘Ibrohim GʻAFUROV:
OY TO‘LIN BO‘LGANDA SHUNDAY OQARSA KERAK...
🔘Jamoliddin BADALOV:
PAXTA – KECHAGI AZOB, BUGUNGI IMKONIYAT: OQ VA QORA
🔘Sh.MUSTAFAYEV:
OGOH BO‘LING: “INTERNETOMANIYA”
🔘Hamidjon RAHIMOV:
ENDI USTOZ QADRI HAM AVVALGILARGA O‘XSHAMAS
🔘Billura IKROMOVA:
EL-YURTIM MENGA “TANKA” BO‘LDI
🔘Jaloliddin AZIMOV:
FAN MILLAT TANLAMAYDI
🔘Ro‘zimboy HASAN:
QODIRIYDAN QOLG‘ON QAYG‘U
🔘Bekzod SAYFIYEV:
VORISLIK MAS’ULIYATI YOXUD QASHQADARYO VILOYATIDAGI YODGORLIKLAR HAQIDA
🔘Rustambek SHAMSUTDINOV:
RO‘YXATDAGI 9-MAHBUS
🔘Mulla XUNOB:
BUYAM BIR ASHULA
🔘Eshqobil SHUKUR:
“O‘T-O‘LAN”DAGI O‘LAN NIMA?
🔘Zohidjon OLOV:
DUNYONING JANNATI
🔘Abduvali BO‘RIYEV:
QACHON TO‘G‘RI YOZAMIZ?



Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

O‘zbek tili, ma’naviyat va hayotiy qadriyatlar haqida chuqur mulohazalar.


Abdukarim Mirzayevning suhbatidan parcha.

Kanalga ulanish 👉 https://www.tgoop.com/dtrdep
👍41
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
14%
Xayrihohlik
27%
Hayrixohlik
49%
Xayrixohlik
10%
Hayrihohlik
🔥4
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 279-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Abdulla Oripov “Bir qarasam” she'ri

2. Yulduz Usmonova "Hech kimga bermaymiz seni O’zbekiston” qo'shig'i

3. Chingiz Aytmayov “Asrga tatigulik kun” asari

Kanalga ulanish 👉 https://www.tgoop.com/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
2
Forwarded from OTFIV RASMIY
📣 O‘zbek tilini o‘rganish endi yanada oson, qulay va bepul!

👍 “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan “O‘zbekistonlikmiz” mobil ilovasi ishga tushirildi.

Bu — o’zbek tilini yanada mukammal o’rganishga ko’maklashuvchi, ko’plab darslik va o’quv materiallarini o’z ichiga olgan bepul mobil ilova. Undan barcha vatandoshlarimiz istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin. Ilova yuqori malakali pedagog va ekspertlar tomonidan tayyorlangan, sodda va tushunarli tarzda ma’lumot berilgan.


Ona tilimizni birgalikda o‘rganamiz!

Ilovani yuklab olish:
📱 Play market 👈
📱 App store 👈

🌐 Platforma orqali o‘rganish 👉 https://onatilim.vatandoshlar.uz

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
2025/10/09 10:03:29
Back to Top
HTML Embed Code: