tgoop.com/oriftolib/3116
Last Update:
Oʻqituvchiga ham, oʻquvchiga ham birday muhim: esse qanday yoziladi?
Soʻnggi paytlarda esse atamasi faol isteʼmolga kirdi. Endi uni yozuvchi yoki publitsistlar emas, oʻqituvchilar va oʻquvchilar ham tez-tez qoʻllay boshladi. Bu Gʻarb taʼlimiga xos boʻlgan esse yozish anʼanasining kirib kelgani va ommalashgani bilan bogʻliq. Rivojlangan mamlakatlar oliy oʻquv yurtlarida oʻqishga kirish uchun yoki IELTS kabi til bilish salohiyatini baholovchi imtihonlarda esse yozish topshiriqlari beriladi.
Bu shakldagi sinov mashqlari Oʻzbekistonda ham ommalashyapti. Masalan, milliy sertifikat olish istagida boʻlgan oʻqituvchilardan esse yozish soʻralyapti.
“Daryo” nashrida ushbu yozma ish turining xususiyatlari, uni yozishda nimalarga eʼtibor berish zarurligi haqida soʻz yuritdim.
Bu mavzuda yozishimni kanal oʻquvchilari ham koʻp soʻragan edi. Marhamat, oʻqing, uqing. Foydasi tegsa, xursand boʻlaman.
Mavzuga qiziqadigan, essega ishi tushadigan tanishlaringizga ham shu xabarni yuborib qoʻying.
👉 https://daryo.uz/2023/10/06/oqituvchiga-ham-oquvchiga-ham-birday-muhim-esse-qanday-yoziladi/
@oriftolib
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/3116