Telegram Web
Tong yulduzi | Rasmiy kanal
Photo
“RAQAMLI AVLOD QIZLARI-2025”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 24-29 aprel kunlari “Raqamli avlod qizlari-2025” IT haftaligi tashkil etilmoqda. TadbirToshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Renessans” bolalar oromgohida bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad — ayol-qizlarning axborot texnologiyalar sohasidagi rolini oshirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda ishlab chiqilgan g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Bu yilgi “Raqamli avlod qizlari” tadbirida Ta’lim, sun’iy intellekt, yashil iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishi kabi yo‘nalishlarda darslar bo‘lib o‘tmoqda. Mashg‘ulotlar doirasida malakali xorijlik va mahalliy spikerlar ishtirokida davra suhbatlari ham tashkil etilgan.

Shuningdek, haftalik doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokchi qizlar bilan ochiq muloqot qildi. Unda qizlarning takliflari tinglanib, barcha savollariga batafsil javob berildi.

Mashg‘ulotlarga 150 nafardan ortiq (shundan 30 nafardan ortiqroq ozarbayjonlik, iordaniyalik va xitoylik qizlar) qatnashishmoqda. Loyihaning xorijlik ishtirokchilari tadbir doirasida Samarqandning diqqatga sazovor joylarida ham bo‘lishdi. Ular "Raqamli avlod qizlari-2025"da o‘z loyiha ishlari bilan qatnashishmoqda.

Mashg‘ulotlar musobaqalar tarzida tashkil etilgan. Unda ishtirokchi qizlar o‘z startap loyihalarini ishlab chiqishadi hamda taqdimot qilishadi.

G‘oliblar tadbirning tantanali yopilish marosimida qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, g‘olib ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasini yutib olishadi.

Ma’lumot o‘rnida: mazkur loyiha 2021 yildan buyon doimiy ravishda o‘tkazib kelinadi. Hozirga qadar unda 7 ming nafardan ortiq qizlar ishtirok etishdi.

Bizni kuzating👉@tongyulduz

📱 Telegram | 📱 Facebook| Veb-sayt | 📱 Mobil ilova
Forwarded from Jurnalistlar.uz
Феруза Одилова – 60 ёшда!

Бугун “Тонг юлдузи” газетаси бош муҳаррири Феруза Одилова ўзининг 60 ёшини қарши олди.

Шу муносабат билан “Тонг юлдузи” газетаси таҳририятига Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси масъуллари ташриф буюриб, Ф. Одиловани таваллуд топган куни билан қутлади.

Тадбирда қатнашган Уюшма раиси в.б. Холмурод Салимов давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг 2022 йил 27 июндаги “Оммавий ахборот воситаларини қўллаб-қувватлаш ва журналистика соҳасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори ижроси доирасида устоз журналистларни, ўзининг юбилей ёшини қарши олаётган медиа соҳа вакилларини ҳар жиҳатдан рағбатлантиришга алоҳида эътибор қаратиб келинаётганини таъкидлади.

✍️ Батафсил: Ўзбек (кирилл) | Oʻzbek (lotin)

Бизни кузатиб боринг
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
👍10👏21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💐 TUGʻILGAN KUNINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!💐

🌺 Assalomu alaykum biz uchun qadrli va muhtaram boʻlgan jonkuyar ustozimiz FERUZAXON ustoz!

🌺 Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin 😘Mana shunday tugʻilgan kunlarni juda juda koʻpini koʻring!

🌺 Hamisha elimiz ardogʻida boʻling🤲🤲🤲

Sizga cheksiz hurmat va ehtirom ila Fargʻona viloyati Rishton tumani MMTB tasarrufidagi 49 umumiy oʻrta taʼlim maktabi MMIBDOʻ Abdurahmonova Dilfuzaxon
7👍2
«Тонг юлдузи» Бухорога йўл олди

Бугун «Тонг юлдузи» газетаси таҳририяти ижодий жамоаси Бухоро сари йўлга чиқди. Бу сафар бежиз эмас — таниқли шоир, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими Ғулом Шомурод хотирасига бағишлаб ўтказилган «Буюк аждодларга муносиб авлодлар»  танлови ғолибларини тақдирлаш маросими айнан шу гўзал масканда бўлиб ўтади.

Бухоро вилояти, Жондор тумани ҳокимлиги ва шоирнинг ўғли Ғайрат Шомуродов билан ҳамкорликда ташкил этилган ушбу танлов адибнинг бой ижодини кенг тарғиб қилиш мақсадида ўтказилган эди.

Энди эса, «Хотира ва Қадрлаш» куни арафасида танлов якунига етиб, энг муносиб иштирокчилар эътироф этилади. Олдинда ижодий учрашувлар, адабий мулоқотлар, унутилмас дақиқалар кутмоқда.

Бухоро, биз йўлдамиз!


@tongyulduz

#TongYulduzi #Buxoro #Tanlov  #IjodiySafar
👍12🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo'limi rahbari Shodmon SULAYMON O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi G‘ulom Shomurod xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Buyuk ajdodlarga munosib avlodlar» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Tadbir davomida u G‘ulom Shomurod ijodining yoshlar qalbida milliy g‘urur va badiiy didni shakllantirishdagi o‘rni, kitobxonlik haqida iliq fikrlar bildirdi.

Shuningdek, bu kabi tanlovlarning yosh avlod tarbiyasida beqiyos ahamiyatini ta’kidladi.

U, shuningdek, “Tong yulduzi” gazetasi tomonidan bunday ma’naviy-ma’rifiy loyihalarning amalga oshirilayotgani, yosh qalam sohiblarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida tizimli ishlar olib borilayotganini e’tirof etib, tahririyat jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

@tongyulduz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jamol ASHUROV, “Nuroniy” jamg‘armasi Jondor tuman bo‘limi boshlig‘i, «Buyuk ajdodlarga munosib avlodlar» tanlovi doirasida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etib, G‘ulom Shomurod ijodiga bo‘lgan chuqur hurmatini izhor qildi.

G'ulom Shomurodning xalqchil, yurakka yaqin she’rlari bugun ham insonni ezgulikka chorlashini, yoshlar tarbiyasida bunday ma’naviy merosning ahamiyati beqiyos ekanini e'tirof etdi. U G‘ulom Shomuroddek ma’rifatparvar ijodkorlar xotirasini e’zozlash, ularning asarlarini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Jamol Ashurov, shuningdek, “Tong yulduzi” gazetasi tomonidan tashkil etilayotgan bunday ezgu tashabbuslar — yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, ularni buyuk ajdodlarimizga munosib qilib tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri ekanini alohida e’tirof etdi.

@tongyulduz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bu safar hayotimdagi eng unutilmas voqealardan biri bo‘ldi.”

«Buyuk ajdodlarga munosib avlodlar» tanlovi g‘olibi sifatida Buxoroga safar qilgan Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 274-maktab o'quvchisi Farzona Bahodirova o‘z taassurotlarini samimiy so‘zlar bilan ifoda etdi.

Yurakdan chiqqan so‘z — yurakka yetadi. Mana shunday ilhomli yoshlar — bizning ertamiz!

@tongyulduz
👍5🔥3
Buxoroda bo‘lib o‘tgan «Buyuk ajdodlarga munosib avlodlar» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi nihoyatda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ilhom, quvonch va minnatdorlik hislariga boy bo‘lgan ushbu tadbirda g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi, ularning mehnati qadrlangani yuraklarni to‘lqinlantirdi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng «Tong yulduzi» gazetasi ijodiy jamoasi Buxoroning mehmondo‘st zaminida ehson dasturxonida ishtirok etdi. Bu uchrashuvlar iliq samimiyat, qadriyatlar va do‘stona muloqotga boy bo‘ldi.

Shundan so‘ng ichki turizm targ‘iboti doirasida qadimiy va azim Buxoro shahrini ziyorat qilish uchun yo‘lga chiqdik. Sayohat ichki turizm sohasi mutasaddilari boshchiligida, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining hamrohligida (сопровождение)tashkil etildi.

Buxoro bizni qadimiy tarix, betakror me’morchilik va ma’naviy olam bilan qarshi olmoqda.

Oldinda esa — ziyorat, taassurot va ilhomga to‘la kun kutmoqda.

@tongyulduz
👍11🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Gazetalar sharhi
«TONG YULDUZI» gazetasining 2025-yil 19-sonida:

♦️«BUYUK AJDODLARGA MUNOSIB AVLODLAR»
tanlovi g‘oliblari taqdirlandi;

♦️ «BOLALIK KUNLARIMDA…» ruknida «Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i, «Shuhrat» medali sohibasi, jurnalist Feruza Jalilova bolalik xotiralarini yodga oldi;

♦️ «BOBOM VASIYATI» – «Iqlim o‘zgarishi va ekologiya bolalar nigohida» tanloviga;

♦️ «ABDULLA ZO‘R» KIM BO‘LGAN? – Ozoda Tursunboyevadan yangi hikoya;

♦️ «TIL BILMAGANIMDAN AFSUSLANDIM» – Tengdoshimgiz Mehriniso safar taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi;

♦️ «SHOIRNING YANGI KITOBI» – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Turob Niyozning bolalar uchun yozilgan yangi kitobi chop etildi.

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.greatsoft.uz.tong_yulduzi

〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇

https://www.tgoop.com/gazetalar_sharhi
https://www.tgoop.com/tongyulduz
👍9
2025/07/13 08:14:10
Back to Top
HTML Embed Code: