tgoop.com/tongyulduz/5090
Last Update:
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo'limi rahbari Shodmon SULAYMON O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi G‘ulom Shomurod xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Buyuk ajdodlarga munosib avlodlar» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Tadbir davomida u G‘ulom Shomurod ijodining yoshlar qalbida milliy g‘urur va badiiy didni shakllantirishdagi o‘rni, kitobxonlik haqida iliq fikrlar bildirdi.
Shuningdek, bu kabi tanlovlarning yosh avlod tarbiyasida beqiyos ahamiyatini ta’kidladi.
U, shuningdek, “Tong yulduzi” gazetasi tomonidan bunday ma’naviy-ma’rifiy loyihalarning amalga oshirilayotgani, yosh qalam sohiblarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida tizimli ishlar olib borilayotganini e’tirof etib, tahririyat jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
@tongyulduz
BY Tong yulduzi | Rasmiy kanal
Share with your friend now:
tgoop.com/tongyulduz/5090