Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Forwarded from Jurnalistlar.uz
🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича ўн етти ёшгача бўлган Ўзбекистон терма жамоаси аъзоларига табриги:
✅ Бизни кузатиб боринг
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Азиз фарзандларим!
Ўн етти ёшгача бўлган ўсмирлар ўртасида Cаудия Арабистони майдонларида бўлиб ўтган нуфузли мусобақада муваффақиятли иштирок этиб, юксак соврин – Осиё кубогини қўлга киритганингиз билан халқимиз номидан, ўз номимдан чин қалбимдан самимий муборакбод этаман.
Сизлар каби навқирон, азму шижоатли ёшларимизнинг бутун турнир давомида биронта ҳам мағлубиятга учрамасдан, рекорд натижа кўрсатиб, жонажон Ватанимиз шарафини мардона ҳимоя қилганлари, ҳеч шубҳасиз, миллий футболимиз тарихига олтин ҳарфлар билан ёзиладиган шонли воқеа, десак, тўғри бўлади.
Айниқса, финалда мусобақа мезбони – Саудия Арабистони каби ғоят кучли жамоага қарши кескин беллашувда турли босимларга қарамасдан, ўн бир ўйинчига қарши тўққиз футболчи шиддатли кураш олиб борганингиз чинакам жасорат ва матонат намунаси бўлди. Сизлар намоён этган юксак мардлик ва маҳорат ҳар қандай таҳсинга сазовордир.
Мусобақа якунига кўра, уч нафар истеъдодли ва моҳир спортчимиз якка тартибдаги совринлар эгаси бўлгани, жумладан, Неъматуллоҳ Рустамжонов – турнирнинг энг яхши дарвозабони, Асилбек Алиев – энг яхши тўпурари, Садриддин Ҳасанов – энг яхши футболчиси сифатида эътироф этилганини ҳам алоҳида таъкидлаш лозим.
Эл-юртимиз сизларнинг тимсолингизда доимо олдинга интилиб яшайдиган, юксак марраларни забт этишга қодир Янги Ўзбекистон ёшларининг энг ёрқин вакилларини кўради ва сизлар билан ҳақли равишда фахрланади.
Мамлакатимизда спортга, жумладан, футбол ривожига берилаётган юксак эътиборнинг яна бир амалий натижаси бўлган мана шундай тарихий ғалаба учун сизларга, сизларни тарбиялаб вояга етказган ота-оналарингиз ва устоз-мураббийларингизга чин дилдан самимий миннатдорлик билдираман.
Сизлар ушбу ғалабадан руҳланиб, шу йил ноябрь ойида Қатарда бўлиб ўтадиган жаҳон чемпионатида ҳам Осиёнинг ғолиб жамоаси сифатида муносиб иштирок этасиз, деб ишонаман.
Бахт ва зафар сизларга доимо ёр бўлсин, азиз фарзандларим!
Шавкат Мирзиёев,
Ўзбекистон Республикаси Президенти
✅ Бизни кузатиб боринг
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
👍5
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" SIRDARYO RASMIY SAHIFA
#Sirdaryo_viloyati
#Mirzaobod_tumani
"BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG"
TANLOVI G'OLIBI
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi bolalar va o'smirlarning "Tong yulduzi" gazetasi hamkorligida "Boylikni bolalikdan asrang" respublika ijodiy ishlar tanlovida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 1-umumta'lim maktabi 4-B sinf o'quvchisi To'rabek Abduqayumov tasviriy san'at yo'nalishi bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdi. Partiyaning esdalik sovg'alari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Qulmatov, MTDP Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi devoni Tashkiliy-nazorat va kadrlar bo‘limi boshlig‘i R. Karimov hamda viloyati Kengashi deputati N Soatovlar tomonidan topshirildi.
✍️ O'zMTDP Sirdaryo viloyat Kengashi Axborot xizmati.
@UzMTDP_Sirdaryo

👍3
Forwarded from Азизбек Абдумаликов
"BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG"
TANLOVI G'OLIBIGA SOVG'ALAR TOPSHIRILDI
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi bolalar va o'smirlarning "Tong yulduzi" gazetasi hamkorligida "Boylikni bolalikdan asrang" respublika ijodiy ishlar tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritgan
Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanidagi 48-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Asal Abduahadovani taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Milliy tiklanish partiyasi raisi Alisher Qodirov Qarshi shahriga tashrif buyurib, Asal Abduahadovaga kitoblar jamlanmasi, planshet, diplom va esdalik sovgʻalarini taqdim etdi.

👍6
Forwarded from Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Axborot xizmati (Ogʻabek Abdullayev)
Bugun Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 89-sonli umumtaʼlim maktabida "Boylikni bolalikdan asrang!" Respublika ijodiy ishlar tanlovida, she'riyat yo'nalishi bo'yicha g'oliblar safidan joy olgan Sariosiyo tumanidagi 89-sonli umta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi Mavzuna Abdufattohovaga "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi A.Qodirov va "Tong yulduzi" gazetasi bosh muharriri F.Adilovaning diplom va estalik sovgʻalari topshirildi.
Tadbirda, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati G.Samiyeva, Xalq deputati, Sariosiyo tumani kengashi deputatlari S.Qosimov va A.Safarov, Milliy tiklanish demokratik partiyasi markaziy kengash mutaxasisi A.Jumayevlar ishtirok etib oʻquvchilar va oʻqituvchilarni samimiy tabriklashdi.
@sariosiyommtb

👍7