tgoop.com/temur_pm_blog/318
Last Update:
Alif Product managerlar uchun 3 oylik bepul kurs ochibdi. Bu manimcha shu sohaga qiziqayotganlar uchun juda zo'r yangilik, Alif uchun esa iqtidorli bollarni o'ziga saralab olish uchun juda zo'r imkoniyat.
Kompaniyaning bir necha xodimlarini yaxshi taniyman, eshitishimcha aynan produktoviy podxodni ancha yo'lga qo'yib olishgan deyishadi, lekin o'zim ichiga kirib ko'rmaganman :)
Click da ham shunaqa tajriba bor, faqat u yerda 3 oylik kurs emas balki 2 oylik stajirovka, stajirovkadan o'tkanlarning eng iqtidorlilariga Click ish taklif qiladi. Maqtanib qo'yi, o'zim ham 2 ta shogird shiqarishga ulgurdim Click da😂
O'zim shu sohaga kirayotganimda juda qiynalganman, na stajirovka bor, na bizda kurs bor, Rossiyadan kurs sotib olib o'qiganman. Omadimga u vaqtlarda Qozog'istonning yirik AyTi kompaniyasi Kolesa Groupda "Kolesa Upgrade" loyihasi boridi, shu loyiha doirasida Product managerlikka o'qib olganman. O'sha vaqtlarda (2018 yillar) Kolesa Groupda ham stajirovka loyihasi bor edi, O'zbekistonda ham shu yo'nalish ishga tushsa zo'r bo'lardi deb havas bilan qarirdim.
Xullas, kimda-kim real keyslar bilan ishlab ko'rmoqchi bo'lsa, uyalmasdan, tortinmasdan kursga yozilsin. Kursga yozilish xavolasi.
Kurs yakuni bo'yicha Junior Product manager bo'lib chiqasiz.
@temur_pm_blog
BY Temurning PM Blogi

Share with your friend now:
tgoop.com/temur_pm_blog/318