tgoop.com/teamwork_uz/2146
Last Update:
“Pul jamg‘arolmayman”, “qarzlarim ko‘payib bormoqda” – odam o‘zida moliyaviy savodxonlikni qanday rivojlantirishi mumkin?
Hech kimda patalogik moliyaviy savodxonlik yo‘q, lekin inson uni o‘zida amaliy bilim sifatida rivojlantirib borishi mumkin.
Istalgan moliyaviy maqsadlarga erishish (uy, mashina sotib olish yoki biznes faoliyatini boshlash, pul jamg‘arish) uchun sizda daromad topish, sarflash, tejash, qarz olish va berish ko’nikmalari yaxshi rivojlangan bo‘lishi lozim.
Moliyaviy farovonlik sizning to‘lovlaringizni to‘lash yoki turmushingizni yaxshiroq qilish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lish, favqulodda vaziyatlarga pul jamg‘armasining bo‘lishi, qarz olishga ehtiyoj bo‘lmasligi kerakligini anglatadi.
Moliyaviy savodxonlik darajangizni o‘zingizga quyidagi savollarni berish orqali aniqlab olishingiz mumkin:
1. Qarzlaringiz va kredit bo‘yicha majburiyatlaringizni qisqartirishga intilasizmi?
2. Kredit reytingizni bilasizmi?
3. Аsosiy darodmadlaringiz va xarajatingiz aks etadigan oylik byudjet hisobini yuritib borasimi?
4. 3-6 oylik hayotingiz uchun qancha mablag‘ sarflashingizni hisoblaysizmi?
5. Moliyaviy himoya yostig‘ingiz bormi?
6. Kommunal to‘lovlarni o'z vaqtida to‘lab borasizmi?
7. Sarmoya kiritish va sug‘urta o‘rtasidagi farq nimada ekanini tushunasizmi?
8. Qanday sug‘urta turlari jamg‘arma va sarmoyalaringiz xavfsizligini kafolatlashini bilasizmi?
9. Soliqlar hisoblanishi mexanizmidan xabardormizsiz?
10. Murakkab foizlar qanday tartibda ishlashi va ularning sarmoyangiz ko'payishidagi ahamiyati haqida bilasizmi?
Ekspertlarning fikricha, inson moliyaviy farovonlikda yashashi uchun olti tamoyilga amal qilishi kerak.
1. Oilaviy byudjetning bo‘lishi. Har oydagi kirim va chiqimlarni inobatga olib oldindan byudjet shakllantirish maqsadga muvofiq. Katta xarajatlaringiz uchun oldindan reja tuzish va shunga qarab pulni yo‘naltirish arzonroq va mavjud versiyada emas, balki o‘zingiz xohlagan shaklda katta xaridni amalga oshirish uchun imkon beradi. Yana bir tavsiya, qimmat narsalarni olishni chegirma kompaniyalari, turli xil aksiyalar davrida amalga oshirish maqsadga muvofiq.
2. Qarzlarni boshqarish. Mutaxassislarning fikricha, inson moliyaviy mustaqilikka erishmasdan oldin qarz olmasligi kerak. Chunki qarz moliyaviy barqarorlikka erishishda eng katta to’siqlardan biridir. Albatta, hamma “nol qarz” ga yetishishni xohlaydi, lekin ko’pchilikda kredit bor. Aynan shu vaziyatda kredit to’lovlarini o’z vaqtida, oyma-oy to’lab borish vaziyatni chigallashtirmaydi.
3. Omonat va investitsiyalarga ega bo‘lish. Buning uchun sizda chiqimdan kirim miqdori ko‘p bo‘lishi kerak. Shundagina bankda omonat puli saqlashingiz yoki o‘zingiz ishongan istiqbolli loyihalarga investitsiya kiritishingiz mumkin.
4. Sug‘urta qilish. Siz o’z hayotingizni ehtimoliy falokatlardan sug’urta qilishingiz ham foydadan holi emas. Chunki ertaga nima bo’lishini hech kim bilmaydi.
5. “Xavfsizlik yostig’i” ga ega bo’lish. Mutaxassislarning fikricha, bu jamg’arma 3 yoki 6 oylik ish haqiga teng miqdorda bo’lishi kerak.Iqtisodchilar mablag'ning bir qismini milliy valyutada, yana bir qismini esa dollarda saqlashni maslahat berishadi. Bu bilan o‘zingizni to‘satdan yuz beradigan inflyatsiyalar va moddiy tanglikdan asragan bo‘lasiz. Аgar imkoni bo‘lsa, pulingizni bankda foizli omonat tarzida saqlang. Birinchi usul pensiyangizga qo‘shimcha jamg‘arma va muhim ehtiyojlar (masalan, kutilmagan tibbiy xarajatlar) uchun zaxira yaratishga imkon bersa, ikkinchi usul — kafolatlangan daromad jamlanishini kafolatlaydi. Shunchaki ko‘ngilxushlik keltiruvchi xaridlar uchun jamg‘armangizdan pul sarflamang, sarflanganlari o'rnini tezroq to‘ldirishga intiling.
6. Xaridlarga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartiring.
Ba’zan hatto byujdetni mayda-chuydasigacha rejalashtirib qo’ygan bo'lsak-da, beixtiyor yuz beradigan xaridlardan o’zimizni tiyolmay qolamizmiz — bunga reklama, marketing, ruhiy holatimiz va boshqa omillar sabab bo’ladi. Biroq, har qanday qoyilmaqom brend reklamasi va miyamizdagi oniy xohishlarimizga bandi bo‘lishdan asraydigan bir nechta usullar ham bor.
BY Teamwork.uz (фриланс площадка)
Share with your friend now:
tgoop.com/teamwork_uz/2146