Holda: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Holda -gan qoʻshimchali feʼl bilan qoʻllanib, biror harakat-holatning shu soʻz bildirgan holatda yuz berishi, bajarilishini bildiradi. Bunday oʻrinlarda vergul ishlatish amaliyotda juda koʻp uchraydi. Lekin bu xato. Chunki vergul ishlatishga sabab boʻladigan jihat yoʻq:
Said sipogarlikni qoʻldan bermagan holda ularni erkalagan boʻladi.
X. Sultonov, “Bir oqshom ertagi”.
Qamchini tishlagan holda otga mindi.
H. Shams, “Dushman”.
Ularning soʻzi shu yerga yetganda roʻmolda tuguklik bir narsa koʻtargan holda Sayfi kirib keldi.
A. Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”.
🟢 Nega vergul kerak emas? Chunki yuqoridagi jumlalarda holda soʻzi bilan kelgan feʼl harakatni sifatlayapti va jarayon bir paytda sodir boʻlyapti. Harakat birin-ketin emas.
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Holda -gan qoʻshimchali feʼl bilan qoʻllanib, biror harakat-holatning shu soʻz bildirgan holatda yuz berishi, bajarilishini bildiradi. Bunday oʻrinlarda vergul ishlatish amaliyotda juda koʻp uchraydi. Lekin bu xato. Chunki vergul ishlatishga sabab boʻladigan jihat yoʻq:
Said sipogarlikni qoʻldan bermagan holda ularni erkalagan boʻladi.
X. Sultonov, “Bir oqshom ertagi”.
Qamchini tishlagan holda otga mindi.
H. Shams, “Dushman”.
Ularning soʻzi shu yerga yetganda roʻmolda tuguklik bir narsa koʻtargan holda Sayfi kirib keldi.
A. Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”.
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
“Muhim ahamiyatga ega” – xato ifoda
Turli matnlarda muhim ahamiyatga ega, muhim ahamiyat kasb etadi kabi birikmalarga koʻzingiz tushgan boʻlsa kerak. Men bu kabi iboralarni albatta tahrir qilaman. Nega? Chunki muhim soʻzi ahamiyatli, alohida ahamiyatga ega, ahamiyat jihatidan birinchi darajali maʼnolarini anglatsa, ahamiyat soʻzi muhimlikni bildiradi.
Misol qilingan iboralarda pleonazm bor. Ularni qoʻllasak, ahamiyatli ahamiyatga ega, ahamiyatli ahamiyat kasb etadi deganday ifoda yuzaga keladi.
🟢 Bu kabi iboralarni mana bu shaklda tahrirlash mumkin:
Taʼlim sohasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega. ❌
Taʼlim sohasidagi hamkorlik katta ahamiyatga ega. ✅
Taʼlim sohasidagi hamkorlik alohida ahamiyatga ega. ✅
Taʼlim sohasidagi hamkorlik muhim. ✅
Tahrir jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi birikmasini ham katta ahamiyat kasb etadi, alohida ahamiyat kasb etadi, muhim iboralari bilan almashtirish kerak.
#Soʻragan_edingiz

Loʻndalik sari: -ganligi emas, -gani
Tahrirda loʻndalik prinsipi bor. Mazmun-mohiyatga taʼsir qilmaydigan har qanday qisqartirish maʼqullanadi. Qoʻshimchadan tortib butun boshli abzaslarni qisqartirish mumkin.
Bugun qoʻshimchalar tahririga oid bir jihat bilan tanishamiz. -ganligi qoʻshimchalar birikuvini aksariyat oʻrinlarda -gani shakliga almashtirish zarur:
Qor koʻp yogʻganligi tufayli dovon yoʻli berkitildi. ❌
Qor koʻp yogʻgani tufayli dovon yoʻli berkitildi. ✅
Doktorlar amaliyot ogʻir kechganligini aytdi. ❌
Doktorlar amaliyot ogʻir kechganini aytdi. ✅
-lik qoʻshimchasini qisqartirish imkonsiz boʻlgan oʻrinlar ham bor:
Fikrlash doirasining kengligi – koʻp oʻqiganlik belgisi.
Bu jumlada oʻqiganlik soʻzini oʻqigan shaklida bera olmaymiz. Shunday ekan, u tahrirga muhtoj ham emas. Loʻndalikni juda xohlagan kishi qoʻshimchani oʻzgartirishi mumkin:
Fikrlash doirasining kengligi – koʻp oʻqish belgisi.
🟢 -ganligi shakli koʻplikda ham uchraydi: oʻqiganliklari, bilganliklari, kelganliklari. Bunday soʻzlarni ham oʻqigani, bilgani, kelgani tarzida bergan maʼqul. Koʻplikni yoki hurmatni taʼkidlash juda zarur boʻlsa, oʻqiganlari, bilganlari, kelganlari tarzida ifodalash kerak.
Toʻgʻri, qoʻshimchalarning -ganligi, -ganlik, -ganliklari shaklida qoʻllanishi toʻla-toʻkis xato emas. Lekin tahrir nuqtayi nazaridan nuqsonli. Bu xuddi oʻqish, bilish, kelish soʻzlarini oʻqishlik, bilishlik, kelishlik tarzida ishlatishga oʻxshaydi.
Semizlikni tahrir emas, qoʻy koʻtaradi 😉

Zidlov bogʻlovchisi va esa: bittasini ishlating
Baʼzan zidlov bogʻlovchisi bilan boshlangan gapda esa ham qoʻllanadi. Bu xatodir. Chunki zidlov bogʻlovchilari zamiridagi nisbatlash, ajratish maʼnolari esa soʻzida ham bor. Mazmunni takrorlash gʻalizlik keltirib chiqaradi:
Oʻtgan gal tortishuv boʻlgandi, ammo bugun esa unday emas. ❌
Ikkovidan birini ishlatish kerak:
Oʻtgan gal tortishuv boʻlgandi, ammo bugun unday emas. ✅
Oʻtgan gal tortishuv boʻlgandi, bugun esa unday emas. ✅
Boshqa misol:
Men unga rosa tushuntirdim, biroq u esa tushunmadi. ❌
Men unga rosa tushuntirdim, biroq u tushunmadi. ✅
Men unga rosa tushuntirdim, u esa tushunmadi. ✅

Milliy sertifikatga tayyorlanayotganlar uchun qulaylik
“Mutolaa” ilovasi milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotganlar uchun alohida toʻplam tayyorladi.
Oʻqituvchilar yaxshi bilsa kerak, Bilimni baholash agentligi oʻzbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik koʻrish uchun adabiyotlar roʻyxatini eʼlon qilgandi. Ana shu roʻyxatdagi kitoblarni endi bir joydan topa olasiz.
Yana bir afzallik: kitoblarning koʻpi ovozlashtirilgan. Mabodo biror yumush bilan ovora boʻlsangiz, audio variantini eshitishingiz mumkin. Bu ish-tashvishi koʻp ustozlar uchun ayni muddao.
Ilovaga kirgandan soʻng pastga tushsangiz, “Toʻplamlar” rukni bor. Toʻplamni chapga varaqlaysiz, “Yosh kitobxon – 2024” toʻplamining oʻng tomonida “Milliy sertifikat uchun adabiyotlar” toʻplami keladi.
Maroqli “Mutolaa”!

Dahanaki jang bu – ...
Anonymous Quiz
6%
Shapaloq tushirish
72%
Ogʻzaki janjal qilish
22%
Mayib qiladigan darajada urishish
“Tish qoqqan”: iboraning maʼnosi nima?
Bu ibora biror ishda yoki masalada tajribaga ega, koʻp narsani koʻrgan va bilimi keng odamni tasvirlash uchun ishlatiladi. Asosan Surxondaryo viloyatining ayrim tumanlarida qoʻllanadi:
Ramazonboy tish qoqqan odam, maslahatda u ham qatnashsa, yaxshi boʻladi.
Furqat Alimardon

Qayta taqsimot.pdf
817.9 KB
Doktorantura, tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka qoʻshimcha qabul
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga tasdiqlangan qabul kvotalaridan ortib qolgan oʻrinlar hisobiga ixtisosliklar kesimida qabul kvotasi qayta taqsimlangan ilmiy va taʼlim tashkilotlar roʻyxati eʼlon qilindi.
Tushuntirish: ortib qolgan oʻrinlar hisobiga baʼzi ilmiy dargohlar uchun qoʻshimcha kvota ajratilgan. Sizning yoʻnalishingizga kvota qoʻshilgan-qoʻshilmaganini aniqlash uchun eski kvota bilan solishtirasiz. Agar eski kvotadagi 4 ta oʻrin hozirgisida 6 ga aylanib qolgan boʻlsa, demak, 2 ta oʻrin qoʻshilibdi. Qiymat eskisidan ozaygan boʻlsa, aksincha, kvota kamaygan. Raqamda oʻzgarish boʻlmagan boʻlsa, kvotada ham oʻzgarish yoʻq.
👉 Ushbu roʻyxatga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 10-dekabrdagi 462-son buyrugʻi asos sifatida koʻrsatilgan.

Uning sochlari jingila-jingila, yuz va koʻzlari doʻnduq, ustida yashil baxmaldan burma qilib tikilgan chiroyli delvagay kiyimi bor edi. (A. Qodiriy, “Jinlar bazmi”.)
Jumladagi “delvagay kiyim”ning maʼnosi nima?
Jumladagi “delvagay kiyim”ning maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
52%
Keng va katta ust kiyim
21%
Qalin va tor ust kiyim
27%
Yengil va yupqa ust kiyim
Doʻstmuhammad meshkobchi oʻrta boʻyli, sariq moʻylov, bikir yigit boʻlib... boshqa meshkobchilardan koʻproq mehnat qilar edi. (S. Abdulla, “Mavlono Muqimiy”.)
Jumladagi “bikr” soʻzining maʼnosi nima?
Jumladagi “bikr” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
68%
Pishiq, baquvvat
23%
Ozgʻin, nimjon
9%
Qorindor, semiz
Sababi: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Sababi alohida soʻz sifatida izohli lugʻatga kiritilmagan. Lekin amaliyotda alohida soʻz sifatida ishlatiladi – baʼzan sabab bogʻlovchisi oʻrnida keladi. Ikki sodda gapni bogʻlagan payti xuddi sabab bogʻlovchilari kabi undan oldin vergul qoʻyiladi:
Chaqimchilik – illat, sababi u tufayli odamlar oʻrtasi buziladi.
Sababi bogʻlovchi oʻrnida kelgan, ammo ikki sodda gap alohida yozilgan holatlar ham uchrab turadi. Sababi qoʻshma gap tarkibida yoki sodda gap boshida kelishidan qatʼi nazar, undan soʻng vergul qoʻyilmaydi:
Chaqimchilik – illat. Sababi u tufayli odamlar oʻrtasi buziladi.
Solishtiring:
Chaqimchilik – illat, chunki u tufayli odamlar oʻrtasi buziladi.
Chaqimchilik – illat. Chunki u tufayli odamlar oʻrtasi buziladi.

Orif Tolib
Sababi: vergul kerakmi yoki yoʻq? Sababi alohida soʻz sifatida izohli lugʻatga kiritilmagan. Lekin amaliyotda alohida soʻz sifatida ishlatiladi – baʼzan sabab bogʻlovchisi oʻrnida keladi. Ikki sodda gapni bogʻlagan payti xuddi sabab bogʻlovchilari kabi undan…
Sababi shuki: vergul va tahrir
Sababi shuki birligidan keyin esa vergul qoʻyish kerak. Chunki u jumlani qoʻshma gapga aylantiradi:
Kitobga bunday nom berilishining sababi shuki, u oʻzini izlayotgan inson haqida hikoya qiladi.
Sababi shuki, harakatsizlik alaloqibat kasallikka olib boradi.
Men sababi shuki birligini ishlatmayman. Boisibunaqa gap qurilishi oʻzbekcha ifoda tarziga mos emas . Sababi shuki oʻrnida sababi, chunki soʻzlarini ishlatish yoki jumlani tahrirlash kerak:
Kitob oʻzini izlayotgan inson haqida hikoya qiladi, shu sababli unga shunday nom berilgan.
Oʻzini izlayotgan inson haqida hikoya qilgani sababli kitobga shunday nom berilgan.
Chunki harakatsizlik alaloqibat kasallikka olib boradi.
Sababi harakatsizlik alaloqibat kasallikka olib boradi.
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Sababi shuki birligidan keyin esa vergul qoʻyish kerak. Chunki u jumlani qoʻshma gapga aylantiradi:
Kitobga bunday nom berilishining sababi shuki, u oʻzini izlayotgan inson haqida hikoya qiladi.
Sababi shuki, harakatsizlik alaloqibat kasallikka olib boradi.
Men sababi shuki birligini ishlatmayman. Boisi
Kitob oʻzini izlayotgan inson haqida hikoya qiladi, shu sababli unga shunday nom berilgan.
Oʻzini izlayotgan inson haqida hikoya qilgani sababli kitobga shunday nom berilgan.
Chunki harakatsizlik alaloqibat kasallikka olib boradi.
Sababi harakatsizlik alaloqibat kasallikka olib boradi.
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Ayrimlar oʻqimaslik uchun ming xil bahona topib yurgan bir paytda baʼzi yosh onalar olti oylik goʻdagi bilan onlayn darslardan til oʻrganib, sertifikat olib, tayanch doktoranturaga kiryapti ekan. Oʻrnak olsa arziydi.
Turk tilini mustaqil oʻrganuvchilarga Gʻulomjon Sobirovning “Ibrat farzandlari” loyihasidagi darslarini tavsiya qilaman. Turkchani oʻzbekchada noldan boshlab oʻrganish mumkin.
Koʻring, oʻrganing, izlaning. Istagan odam imkon topadi:
👉 Onlayn darslar

Hammaga quloq tutadigan odamning holiga voy, hech kimni eshitmaydigan odamning holiga esa ikki karra voy.
Bolgar maqoli
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Bolgar maqoli
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Negaki: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Negaki soʻzidan keyin vergul qoʻyish koʻp uchraydi. Soʻz -ki bogʻlovchisi bilan tugayapti, demak, vergul qoʻyish kerak degan mantiqqa asoslanishsa kerak. Lekin bu yerda -ki bogʻlovchilik xususiyatini yoʻqotgan, chunki, toki, modomiki soʻzlarida boʻlgani kabi soʻz tarkibiga singib ketgan.
Boshqa sabab bogʻlovchilariga oʻxshab qoʻshma gaplarda negaki soʻzidan oldin vergul qoʻyish kerak. U qoʻshma gap tarkibida kelganda ham, sodda gap boshida kelganda ham oʻzidan keyin vergul talab qilmaydi:
Haydovchilar ogohlantirildi, negaki qalin qor yogʻishi kutilyapti.
Haydovchilar ogohlantirildi. Negaki qalin qor yogʻishi kutilyapti.
Men bu bogʻlovchidan koʻra chunki soʻzini afzal bilaman. Sababi u jonli tilda nisbatan koʻp qoʻllanadi, ifodasi tabiiyroq. Biroq bu negaki bogʻlovchisini umuman ishlatmaslikni anglatmaydi. Masalan, qaytariq boʻlmasligi uchun chunki oʻrnida sinonimlarini ishlataman.Ikkita oldingi gapda ham shunday qildim 😉
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Negaki soʻzidan keyin vergul qoʻyish koʻp uchraydi. Soʻz -ki bogʻlovchisi bilan tugayapti, demak, vergul qoʻyish kerak degan mantiqqa asoslanishsa kerak. Lekin bu yerda -ki bogʻlovchilik xususiyatini yoʻqotgan, chunki, toki, modomiki soʻzlarida boʻlgani kabi soʻz tarkibiga singib ketgan.
Boshqa sabab bogʻlovchilariga oʻxshab qoʻshma gaplarda negaki soʻzidan oldin vergul qoʻyish kerak. U qoʻshma gap tarkibida kelganda ham, sodda gap boshida kelganda ham oʻzidan keyin vergul talab qilmaydi:
Haydovchilar ogohlantirildi, negaki qalin qor yogʻishi kutilyapti.
Haydovchilar ogohlantirildi. Negaki qalin qor yogʻishi kutilyapti.
Men bu bogʻlovchidan koʻra chunki soʻzini afzal bilaman. Sababi u jonli tilda nisbatan koʻp qoʻllanadi, ifodasi tabiiyroq. Biroq bu negaki bogʻlovchisini umuman ishlatmaslikni anglatmaydi. Masalan, qaytariq boʻlmasligi uchun chunki oʻrnida sinonimlarini ishlataman.
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Oʻsha gap
Rus tilida ulugʻ mutafakkirlar ijod qilgan va bu tilning qudratini koʻrsatib bera olgan. Rus tili – axborot olishimda muhim yordamchi. Unga hurmatim baland. Ammo mana bunaqa toʻqimtabiatlarga, oʻzbek tilini mensimaydigan toifalarga aslo toqatim yoʻq.
Gʻulomjon ustoz, bunaqalar koʻp.
Ularga samimiy qilib “Pashoʻl tiy na Havayi” deb qolamiz.