tgoop.com/oriftolib/4432
Create:
Last Update:
Last Update:
Rasul HAMZATOV
***
Ulkan bir kitobga o‘xshaydi dunyo,
Unga qadam qo‘ygan har bitta odam
Yozmog‘i kerakdir dildan, beriyo
Hamma-hammasini qadam-baqadam.
Bu dunyo misoli katta bir o‘choq:
Ajdodlari kabi har bitta erkak
Unga o‘tin qalab ozroq yo ko‘proq,
Yonib turgan o‘tni asrashi kerak.
Qo‘limda qattiqroq siqilar qalam,
Yuragimga esa umid to‘ladi:
Hayot kitobida bitta bo‘lsa ham
Halol va samimiy satrim qoladi.
Oy – chirog‘i yoniq dunyoga faqat
Yog‘ilsin mehr va muhabbat nuri.
Bu ko‘hna o‘choqqa qo‘shsin harorat
Mening bitiklarim – qalbimning qo‘ri.
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/4432